Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida resurslar va ulardan samarali foydalanishni boshqarish


Download 1.02 Mb.
Sana09.02.2023
Hajmi1.02 Mb.
#1180577
Bog'liq
Ko\'p tarmoqli fermer xo\'jaliklarida resurslar va ulardan samarali

Ko'p tarmoqli fermer xo'jaliklarida resurslar va ulardan samarali foydalanishni boshqarish

Qxi-121 Guruh talabasi

Abdishukurov Abdulla

Reja:

  • 1. Fermer xo`jaligining tashkiliy-iqtisodiy va huquqiy asoslari
  • 2. Fermer xo`jaligining xususiyatlari
  • Keyingi yillarda qishloq xo`jaligida tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan tadbirkorlik shakllaridan biri fermer xo`jaliklaridir. O`zbekiston Respublikasining 2004-yil 29-avgustda qabul qilingan “Fermer xo`jaligi to`g`risida”gi qonunining 1-bandida Fermer xo`jaligi o`ziga uzoq muddatli ijaraga berilgan yer uchastkalaridan foydalangan holda tovar qishloq xo`jaligi ishlab chiqarishi bilan shug`ullanuvchi fermer xo`jaligi a’zolarining birgalikdagi faoliyatiga asoslangan, yuridik shaxs huquqlariga ega mustaqil xo`jalik yuritish subyektidir”, - deb belgilab berilgan.
  • Fermer xo`jaliklarida mahsulot ishlab chiqarish hajmining o`sish sur’atlari yuqoriligi ahamiyatga molikdir. Xususan, 2002-2008-yillarda paxta maydoni 302,5 foizga, don ekinlari maydoni 314,1 foizga o`sgani holda, paxta ishlab chiqarish hajmi 375,8 foizga va don ishlab chiqarish hajmi 360,1 foizga o`sganini ta’kidlab o`tish joiz. Bulardan tashqari sabzavotlar hajmi 785,8 foizga, poliz hajmi 585,4 foizga, go`sht ishlab chiqarish 189,2 foizga, sut 185,7 foizga, tuxum 336,6 foizga va jun 433,3 foizga oshgan. 2008-yili yaratilgan qishloq xo`jaligi yalpi mahsulotining 32,6 foizi fermer xo`jaliklari hissasiga to`g`ri keldi.
  • Respublikamiz hukumati tomonidan fermer xo`jaliklarini rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan ulkan tadbirlar natijasida yildan-yilga fermer xo`jaliklarining mamlakat agrar tarmog`ida tutgan o`rni mustahkamlanib, yaratilayotgan qishloq xo`jaligi mahsulotlari hajmida ularning salmog`i ortib bormoqda. 2008 yil yakuniga kelib qishloq xo`jaligidagi jami ekin maydonlarining 84,4 foizi, paxta maydonining 98,4 foizi, don ekinlari maydonining 83,4 foizi, sabzavot ekin maydonining 34,8 foizi, poliz ekinlari maydonining 53,8 foizi va yem-xashak ekinlarining 69,7 foizi fermer xo`jaliklari tasarrufida edi.

Fermer xo`jaliklarini rivojlantirish, ularning samaradorligini yuksaltirish oqibatida quyidagi natijalarga erishildi:

  • xususiy mulkchilik rivojlantirilib, fermer xo`jaliklarida mulkka bo`lgan munosabat tubdan o`zgardi, ularda mulk egaligi hissiyoti shakllandi;
  • fermer mulk egasi bo`lib, unga xo`jalikning ustav kapitalini mustaqil shakllantirib, boshqarish imkoniyati berildi;
  • yer ijarasi muddatining 30 yildan 50 yilgacha belgilanishi natijasida fermerlarda yerdan samarali foydalanishga rag`bat shakllantirildi;
  • fermer xo`jaligi yuridik shaxs maqomiga ega bo`lib, tayyorlov, ta’minot va xizmat ko`rsatuvchi tashkilotlar bilan shartnomalarni mustaqil ravishda tuzib, uning bajarilishiga hamkorlar bilan teng huquqda javob berish hissiyoti shakllandi;
  • davlat buyurtmasidan ortiqcha ishlab chiqarilgan mahsulotga erkin narx qo`yish va sotish huquqiga ega bo`ldi;
  • mahsulot ishlab chiqarish va sotishdan kelgan sof foydani mustaqil tasarruf etish imkoniyati shakllandi va boshqa.

Fermer xo`jaligi uni tuzayotgan a’zolar xohishiga ko`ra, ixtiyoriy tashkil etilib, o`z ishlab chiqarishini belgilangan qonunchilik doirasida yuqori foyda olishni ko`zlab tashkil etadi.

  • Fermer xo`jaligi tuman (shahar) hokimligida davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan boshlab yuridik shaxs maqomini oladi va o`z nomidan shartnomalar tuzish, mulkiy va mulkiy tusda bo`lmagan huquq va majburiyatlarga ega bo`lish, shuningdek bank muassasasida hisob raqami ochish, muhr, shtamp va boshqa rekvizitlarga ega bo`lish huquqini oladi, sudda da’vogar va javobgar bo`lishi mumkin.

Fermer xo`jaligi faoliyatining qonun bilan mustahkamlab qo`yilgan asosiy yo`nalishlari quyidagilardan iborat:

  • ustavda nazarda tutilgan doirada va ijara shartnomasida belgilangan ixtisoslashuvga muvofiq o`ziga berilgan yer uchastkasida ishlab chiqarish faoliyatini mustaqil tashkil etish;
  • ajratilgan yer va suv resurslaridan oqilona foydalangan holda mustaqil ravishda qishloq xo`jaligi mahsulotlari yetishtirish, ularni qayta ishlash va sotish, shuningdek xizmatlar ko`rsatish;
  • tijorat faoliyati va marketing tadqiqotlarini tashkil qilish;

Qonunga muvofiq fermer xo`jaligi zimmasiga quyidagi majburiyatlar ham yuklatiladi:

  • yer uchastkasidan ijara shartnomasida belgilangan maqsad va shartlarda maqsadli, samarali va oqilona foydalanilishini ta’minlash;
  • ekologiya talablariga va atrof-muhitni muhofaza qilishning boshqa qoidalariga rioya etish;

E’tiboringiz uchun Rahmat


Download 1.02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling