Ko'p yadroli mikroprotsessor arxitekturasi va komponentlari


Fayllar sistemasi strukturasi


Download 58.97 Kb.
bet5/7
Sana18.06.2023
Hajmi58.97 Kb.
#1577724
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
2 UNIX operatsion sistemasi va uning arxitekturasi Copy Copy

Fayllar sistemasi strukturasi.
Fayllar odatda disklarda yoki boshqa tashqi xotira qurilmalarida joylashadi. UNIX muhitida o‘zining tashqi xotira strukturasi bilan bir qancha turli xil fayllar sistemasi mavjud. Bulardan keng tarqalganlari System V (s5) va BSD (ufs) fayllar sistemasidir. S5 fayllar sistemasi to‘rtta seksiyadan tashkil topgan (2.2 a rasm). Ufs fayllar sistemasida mantiqiy diskda (haqiqiy disk bo‘lagiga) fayllar sistemasi seksiyasi ketma-ketligi joylashadi.



  • Boot - UNIX operatsion sistemasini dastlab yuklash uchun xizmat qiladigan programmani saqlaydi. S5 fayllar sistemasida boot bloki faqat ildiz fayllar sistemasida ishlatiladi. Bu Blok qo‘shimcha fayllar sistemasida mavjud, lekin ishlatilmaydi.

  • Superblok fayllar sistemasining muhim qismi hisoblanadi. Superblok bo‘sh bloklar ro‘yxatini va bo‘sh i tugunni (information notes – information tugun) saqlaydi. Ufs fayllar sistemasida mustahkamlikni oshirish maqsadida superblokning birqancha nusxalari saqlanadi. Hab bir nusxa 8129 bayt o‘lchamga yega va faqat bitta nusxa fayllar sistemasini o‘rnatishda foydalaniladi. Lekin agar o‘rnatishda dastlabki nusxaga ziyon yetsa, u holda superblok zahiradagi nusxadan foydalanadi.

2.5. Taqsimlangan fayllar sistemasi.
Taqsimlangan fayllar sistemasining asosiy fazifasi shundan iboratki, u boshqa kompyuterda bajarilayotgan prosess uchun lokal faylar sistemasi fayliga birgalikdagi murojatni (dostupni) ta’minlashi kerak. Bu ideya turli usullar bilan realizatsiya qilingan bo‘lishi mumkin, lekin UNIX operatsion sistemasida barcha ma’lum yondoshuvlar lokal fayllar sistemasi kataloglaridan biriga olislashgan fayllar sistemasini bog‘lashga asoslanadi. Bu fayllar proseduralari bajarilgandan so‘ng olislashgan fayllar sistemasida saqlanayotgan ma’lumotlar lokal kompyuter prosesslariga xuddi lokal disk qurilmalarida saqlanayotgandek taqdim etiladi.
Prinsipda bunday sxema yutuq va kamchiliklarga yega. Yutug‘I shundan iboratki, tarmoqdagi ish vaqtida informatsion resurslardan faqat bitta yegzemplyaridan birgalikda foydalanib, disk maydonini tejash mumkin. Lekin boshqa tarafdan olislashgan fayllar sistemasi foydalanuvchilari lokal fayllar sistemasiga nisbatan sekinroq ishlashlariga to‘g‘ri keladi. Bundan tashqari faylga murojat imkoniyati server va tarmoqning ish qobilyatiga ham bog‘liq. Dunyo bo‘yicha tarqalgan UNIX tarmoq fayllar sistemasi NFS (Network File System) va RFS (Remote File Sharing – olislashgan fayllardan birgalikda oydalanish) etarli darajada puxta proektlashtirilgan va ishonchlidir.



Download 58.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling