Ko‘plab mamlakatlarda yoshlarning radikallashuviga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatmoqda


Download 50.23 Kb.
bet1/4
Sana21.06.2023
Hajmi50.23 Kb.
#1638403
  1   2   3   4
Bog'liq
Mustaqil ish


Radikal diniy oqimlar
"Ko‘plab mamlakatlarda yoshlarning radikallashuviga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatmoqda" .
Aslida radikal tushunchasi chegara bilmaydi. Bunga misol, «Otamdan qolgan dalalar» filmida jahli chiqqan ayolning Stalinning suratini oyna-poynasi bilan sindirib tashlaganini ko‘rib qo‘shnisi shaytonlab qoladi, esingizdami? Ana shu, masalan, shovinistik radikalizmga bir misol. Ya’ni radikalizmning aynan islom yoki dindor musulmonlar bilan o‘lchanishi noto‘g‘ri. Sababi, islom to‘laligicha mo‘’tadillikka asoslangan, buning kichik bir isbotini payg‘ambar Muhammad alayhissalomning «o‘rta yo‘lni tutinglar, taassubga ketmanglar» degan ma’nodagi so‘zlarida ham ko‘rish mumkin!
Joriy yilning 13 oktyabr sanasida Qozog‘iston poytaxti Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning VI sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy Osiyo davlatlari barqarorligi, taraqqiyot va farovonligiga raxna solayotgan radikalizmga alohida to‘xtalib, uning yoshlar orasida keng tarqalayotganligi, bunday xavf-xatarlarga qarshi kurashda o‘zaro hamkorlik o‘rnatishga alohida e’tibor qaratdi: «Biz radikal g‘oyalarning keng xurujiga yanada ko‘proq to‘qnash kelmoqdamiz. Buzg‘unchi kuchlar targ‘ibot va mafkuraviy ta’sirning yangi usullaridan foydalangan holda, ekstremistik tashkilotlarga yoshlarni faol jalb etmoqda. Shu munosabat bilan yosh avlodni radikalizmdan asrash, ularning kuch-g‘ayrati va azmi-shijoatini bunyodkorlik sari yo‘naltirish uchun tizimli hamkorlikni o‘rnatishimiz kerak».
Darhaqiqat, dunyoning turli burchaklarida diniy ekstremizm va radikalizmning keng yoyilishi mamlakatlar tinchligi, mintaqalar xavfsizligiga katta raxna solmoqda. 
Diniy ekstremizm, radikalizm va terrorizmga qarshi kurashning xorij tajribasini o‘rganish, ibratli jihatlarini o‘zlashtirish hamda hayotga tatbiq etish mavjud davlatlarning barchasi uchun bir xilda zarur va foydali. Shu bois Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vazirligining Moskva davlat xalqaro munosabatlar instituti professori, Misr tashqi ishlar kengashi a’zosi Xalil Mona Abdul Malik xonim bilan Arab-islom olamida diniy ekstremizm va terrorizm muammosiga birinchilardan bo‘lib duch kelgan Misr Arab Respublikasining bu boradagi boy tajribasi haqida suhbatlashdik.
– Professor Xalil Mona Abdul Malik xonim, bugungi kunda yoshlarning radikallashuviga ta’sir ko‘rsatayotgan ichki va tashqi omillar haqida fikr-mulohazalaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz.
– Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida yoshlarning radikallashuviga bir qancha omillar ta’sir ko‘rsatmoqda, ular orasida men iqtisodiy va aksiologik omillarni ajratib ko‘rsatgan bo‘lardim. Iqtisodiy omilga – turmush darajasining pastligi, ishsizlik, og‘ir mehnat sharoiti, aholining savodsizligi, o‘rta ta’limning keskin past darajasi, sifatsiz tibbiy xizmat kiradi. Bu holatlarning barchasi ijtimoiy adolatsizlik va ichki umidsizlik hissini keltirib chiqarishi mumkin, ayniqsa har doim ehtiros, kuch va hissiyot bilan ajralib turadigan yoshlarda bu holatlar yanada yaqqol namoyon bo‘ladi. O‘z navbatida, radikal diniy oqimlar ijtimoiy adolatsizlikdan haddan tashqari qizib ketgan yoshlarning bu hissiy quvvatidan foydalanib, ularni o‘z saflariga jalb etish uchun ularga global adolatsizlikka qarshi ezgu kurash yo‘lini va’da qilishmoqda va ularning fikricha, bunday adolatsizlik, qoida tariqasida ma’lum bir mamlakat yoki butun mintaqaning davlat rejimlari tomonidan ifodalanadi.
Aksiologik omil haqida gapirganda, shuni ta’kidlash kerakki, yoshligida inson kelajakda uning butun shaxsiyati quriladigan o‘z qadriyat yo‘nalishlarini, borliq haqidagi fikrlarini shakllantirib boradi va bu shakllantirishni tugatadi. Shu sababli, yoshlar ko‘pincha atrofdagi voqelikni oddiy tushuntirishga da’vo qiladigan, go‘yoki, olijanob vazifa va yuqori qiymat salohiyatiga ega bo‘lgan oddiy hayotiy maqsadlarni taklif qiladigan g‘oyalar hamda ta’limotlarga ishtiyoq bilan qarashadi. Bu yerda radikal harakatlar shunday yoshlarning hayot mazmunini topishga bo‘lgan ichki talabini, shuningdek, o‘z ahamiyati va o‘ziga xosligini qondiradi. Eslatib o‘tamanki, go‘yoki, yuksak ideallar bilan birlashtirilgan ma’lum bir guruhga mansublik ko‘pincha yoshlikda psixologik qulaylikni ta’minlaydigan muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.
– Misr hukumatining yoshlar radikallashuviga qarshi hozirgi siyosati haqida qisqacha ma’lumot bersangiz.
– Hozirda Misr hukumatining yoshlar radikallashuviga qarshi siyosati bir necha yo‘nalishda amalga oshirilmoqda. Ulardan birinchisi va ehtimol, eng muhimi — media sohasidir. Bir necha yillardan buyon Misr kinematografiyasi radikal, shu jumladan, terroristik tashkilotlar va ular bilan kurashayotgan mamlakat huquq-tartibot idoralari vakillarining sahna ortidagi hayoti haqida hikoya qiluvchi yuqori professional seriallar va badiiy filmlarni katta muvaffaqiyat bilan yaratmoqda. Qolaversa, ko‘pincha haqiqiy voqealarga asoslangan bunday filmlarning syujetlari nafaqat hayajonli va ishonchli, balki jahon kino yaratish nuqtai nazaridan ham yuqori sifatga ega. Misollar orasida «Tanlov», «Tashkilot», «Qarshi hujum», «Qohira – Kobul» kabi nufuzli seriallar, shuningdek, «Poda» va «Hujayra» filmlari mavjud.
Shu bilan birga, davlat va xususiy telekanallar yoshlarning radikallashuvi va davlat xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilinadigan o‘z dasturlari, tok-shoulari, o‘yinlar va intervyulariga egadirlar.
Ikkinchi yo‘nalish — Misr yoshlari bilan bevosita ishlash bo‘lib, mamlakatda muntazam ravishda xalqaro yoshlar tadbirlari o‘tkaziladi va ulardan eng mashhuri 2017 yilda Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi homiyligida Misrning Sharm ash-Shayx shahrida tashkil etilgan Jahon yoshlar forumidir. Forum shioriga ko‘ra, u «yoshlar tomonidan tinchlik, farovonlik, totuvlik va taraqqiyot xabarini butun dunyoga yetkazadi». Bu forum har yili noyabr oyida bo‘lib o‘tib, Misr yoshlari va dunyoning turli burchaklaridan kelgan yigitlarni birlashtiradi, ularning ekologiya, tadbirkorlik, ijtimoiy adolat, inson huquqlari, texnologiya va raqamlashtirish, jahon energetikasi kelajagi, masofaviy ta’lim hamda boshqa masalalarga bo‘lgan qiziqishini rag‘batlantiradi.
O‘z navbatida, Misr yoshlar va sport vaziri Ashraf Sobhi yaqinda o‘z bo‘limi tomonidan ishlab chiqilgan yoshlarning keyingi ta’limini rivojlantirishga yordam beradigan, shuningdek, ularni munosib ish bilan ta’minlaydigan rahbar yoxud tadbirkor bo‘lish, ya’ni o‘z mamlakati hayotida faol ishtirok etish imkoniyatini beradigan davlatning 2022-2027 yillardagi milliy yoshlar strategiyasi haqida xabar berdi.
Va nihoyat, Misrda yosh misrliklarni rivojlantirish, ularni mavjud loyihalarga kiritish, shuningdek, jamiyat hayotiga faol jalb etishga qaratilgan dunyoviy yoshlar tashkilotlari rivojlanmoqda. Bunday tashkilotlarga «Misr yoshlar va taraqqiyot jamg‘armasi», «Misr yoshlari Federatsiyasi», «Misrni sevadigan yoshlar», «Misr avlodlari» va «Yo‘nalish» kabi tashkilotlar kiradi.
– Zamonaviy Misr tarixidan ma’lumki, mamlakat uzoq yillar davomida radikalizm, diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash olib bormoqda. Ayting-chi, Misrning amaldagi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi davrida davlatning mazkur xavf-xatarlarga qarshi kurash siyosatida qanday muhim o‘zgarishlar yuz berdi?
– Darhaqiqat, Misrning terroristik va radikal harakatlarga qarshi kurashi uzoq tarixga ega. Aslida 1928 yilda «Musulmon birodarlar» harakati paydo bo‘lganidan beri mamlakat rahbariyati ularning faoliyati oldini olish uchun turli xil choralarni ko‘rib kelmoqda. Biroq, 2013 yil 30 iyunda o‘n millionlab misrliklar (dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakat aholisining taxminan 57%) o‘z shaharlari ko‘chalariga chiqib, «Musulmon birodarlar» harakati vakili bo‘lgan Prezident Muhammad Mursiyning zudlik bilan iste’foga chiqishini talab qilgan inqilob umumiy norozilikning avj nuqtasi bo‘ldi. O‘sha kunlarda Misr xalqi armiya rahbariyatiga faqatgina bir yil hokimiyatda bo‘lgan radikal tashkilot hukmronligini tugatish talabi bilan murojaat qildi. Mudofaa vaziri va bo‘lajak Prezident Abdulfattoh as-Sisi keyingi voqealar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga oldi: aynan u mudofaa bo‘limi boshlig‘i sifatida mamlakatda tartibni ta’minlashga qaratilgan, Prezident Mursiyga ultimatum e’lon qilgan, Misr jamiyatining turli siyosiy va ijtimoiy kuchlarini birlashtirishga hissa qo‘shgan, muvaqqat hukumatga hokimiyatni topshirishning tinch natijasini nazorat qilgan.
Abdulfattoh as-Sisi prezident etib saylanganidan so‘ng, Misrda diniy ekstremizm, terrorizm va radikalizmga qarshi kurash choralari sezilarli darajada kuchaytirildi va hokimiyat tomonidan ushbu masalaga yondashuv sifat jihatidan o‘zgardi, jumladan, bir qator yangi qonunlar ishlab chiqildi va qabul qilindi, yoshlar bilan tizimli ishlar boshlandi.
– Ayting-chi, Misrda diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurash milliy strategiya darajasida qabul qilinganmi? 
– Albatta, Misrda terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash milliy strategiya xarakteriga ega. bugungi kunda mamlakatda «Terroristik tashkilotlar va terrorizm», shuningdek, 2015 yildagi «Terrorizmga qarshi kurash to‘g‘risida»gi qonunlar, 2018-2020 yillarda kiritilgan o‘zgartirishlar mavjud bo‘lib, ularga ko‘ra nafaqat terroristik harakatlarning ijrochilari, balki qandaydir tarzda ularni amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lgan barcha shaxslar ham og‘ir jinoyatlarda aybdor deb e’lon qilinadi. Bundan tashqari, terrorchilik harakatini amalga oshirish maqsadida murojaatlarni amalga oshiruvchi, xatti-harakatni namoyish qiluvchi yoki boshqa biron-bir harakatni sodir etgan shaxslar aybdor hisoblanadi.
Shuningdek, 2018 yilda terrorizmga qarshi maxsus mustaqil qo‘mita tuzish to‘g‘risida qaror qabul qilindi va joriy yilning iyul oyida esa terroristik faoliyatni moliyalashtirish uchun pul yuvishga qarshi qaratilgan qonun loyihasi qabul qilindi.
– Misr hukumatining diniy ekstremizmga qarshi kurashda boshqa Arab davlatlari bilan hamkorligi haqida to‘xtalsangiz. Bunday hamkorlik doirasida aniq natijalarga erishilganmi?
– Misr dunyoning ko‘plab mamlakatlari, shu jumladan, Arab davlatlari bilan birgalikda terrorizmga qarshi kurashda faol hamkorlik qilmoqda. Asosan, ushbu hamkorlik qo‘shma harbiy mashqlar shaklida amalga oshiriladi. Shunday qilib, bir necha kun oldin Misr Saudiya Arabistoni, Birlashgan Arab Amirliklari, Gretsiya va Kipr harbiylari bilan «Gerkules-2» qo‘shma harbiy mashqlarini o‘tkazdi. Iordaniya, Amerika Qo‘shma Shtatlari, Kongo demokratik Respublikasi va Bahrayn mashg‘ulotlarda kuzatuvchi sifatida qatnashdi.

Misr Arab Respublikasi muntazam ravishda Rossiya, Fransiya, Gretsiya, Buyuk Britaniya va boshqalar bilan birgalikda terrorizmga qarshi harbiy mashqlarni olib boradi.


Agar biz Arab dunyosidagi terrorizmga qarshi hamkorlik haqida gapiradigan bo‘lsak, unda Arab davlatlari Ligasining ushbu masaladagi faol pozitsiyasini eslatib o‘tish joiz. Masalan, shu yilning iyun oyida ADL (Arab davlatlari ligasi) terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha mutaxassislari Qohirada favqulodda majlis o‘tkazdilar, unda terroristik tahdidlarning oldini olish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ishlab chiqish masalasi ko‘rib chiqildi. Hech kimga sir emaski, Yaqin Sharq mintaqasi xalqaro terrorchilar hujumlarining asosiy nishoni hisoblanadi.
– Misr – arab dunyosida diniy ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashda katta tajribaga ega ekanligi ma’lum. Bu borada Misrning qanday yutuqlarini Markaziy Osiyo hukumatlariga tavsiya qilgan bo‘lardingiz?
– Hamma narsa yoshlikdan boshlanadi va bu yerda vaqtni o‘tkazib yubormaslik muhim: maktabgacha yoshdagi bolalarni tarbiyalash, maktab o‘quvchilari va talabalar bilan ishlashning ahamiyatini ortiqcha baholab bo‘lmaydi. Yuqori sifatli o‘rta ta’lim o‘quvchilari o‘rtasida sog‘lom ruhiyat va yuksak axloqiy ko‘rsatmalarni shakllantirish muhim rol o‘ynashi mumkin. Biroq, bu yerda muhim omil – ta’lim va tarbiya jarayoniga bir tomondan – adabiyot, tarix yoki geografiya kabi an’anaviy gumanitar fanlarni, boshqa tomondan esa zamonaviy ommaviy axborot vositalarini, xususan, Internet-kontent, radio, kino, animatsiya, zamonaviy musiqa va boshqa fanlarni muvozanatlashtirgan holda kiritishdir.
Xulosa qilib aytganda, men yoshlarning dunyoqarashini samarali kengaytirishga hissa qo‘shadigan asosiy vositalardan biri haqida, ya’ni madaniyatlararo layoqat haqida alohida to‘xtalmoqchiman.
Ilmiy tadqiqotlar va akademik o‘qitish tajribamga asoslanib aytishim mumkinki, madaniyatlararo layoqatni o‘qitish yoshlarni dunyoning madaniy xilma-xilligini chuqur qadrlash va tushunishga, «boshqani» (etnik, madaniy yoki diniy jihatdan o‘zimizdan farqli bo‘lgan kishini) chin dildan qabul qilishga, salbiy madaniy, etnik va diniy stereotiplardan xabardor bo‘lish va ularni yengishga, shaxsiy va professional darajada turli e’tiqod, dunyoqarashdagi odamlar bilan muvaffaqiyatli, samarali muloqot qilishga o‘rgatadi. Bularning barchasi madaniyatlararo layoqat predmetini radikal kayfiyatlarning oldini olish va yo‘q qilishda muhim vositaga aylantiradi.
Adabiyotlar ro’yxati.
Karimov I.A. YUksak ma`naviyat- engilmas kuch.- T.: Ma`naviyat, 2008. – 111 b.
Lapkin V.V., Pantin V.I. Geоekоnоmicheskaya pоlitika i glоbalnaya pоliticheskaya istоriya.- M.: Izd-vо: Elita, 2004. – 280 s.
Nurullaev A.A. Prоblemi dialоga religiy v epохu glоbalizatsii. // Vestnik Rоssiyskоgо universiteta drujbi narоdоv. - Ceriya: Pоlitоlоgiya. - 2001. - № 3. - S. 28-35.; Mesheryakоv D.A. Glоbalizatsiya v religiоznоy sfere оbshestvennоgо bi`tiya: Avtоref. diss... kand. filоs. nauk. Оmsk: GОU VPО «Оmskiy gоsudarstvenni`y agrarniy universitet», 2007. – 25 s.
: EREMEEV S.G. VI`ZОVI GLОBALIZATSII: ETNICHESKIY I RELIGIОZNI`Y EKSTREMIZM V SОVREMENNОM MIRE. - HTTP://ANTHROPOLOGY.RU/RU/TEXTS/EREMEEV/TERROR.HTML.
Nоvaya sоtsialnaya realnоst glоbalnоgо mira. /Оtv. red. V.I. Ivanоv. – Krasnоyarsk: Izd-vо “LITERA-print”, 2008. – 214 s.
Оrlоv M. Mestо i rоl religii v glоbalni`х prоtsessaх sоvremennоsti. // Vlast, 2008. № 1. – S 46.
Karimov I.A. YUksak ma`naviyat – engilmas kuch. – T.: Ma`naviyat, 2008. – 111 b.
Karimov I.A. YUksak ma`naviyat – engilmas kuch.- T.: Ma`naviyat, 2008. 119-bet.
Qarang: Dervish R.A., Levteev L.G., Musakaeva A. Pamyatniki istоrii religii i kulturi` v Uzbekistane. – T.: O`qituvchi, 1994. – B. 10-12, 56-60.
71 Karimov I.A. Ma`naviy yuksalish yo`lida. – T.: O`zbekistоn, 1998. – B. 102.


Download 50.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling