Ko‘prik kechuvlari qidiruvlarida dala ishlari. Reja


— rasm. Daryodan o’tish joyi plani s’yomkasining sxemasi


Download 122.6 Kb.
bet2/3
Sana24.12.2022
Hajmi122.6 Kb.
#1052914
1   2   3
Bog'liq
4.4.KO‘PRIK KECHUVLARI QIDIRUVLARIDA DALA ISHLARI

1 — rasm. Daryodan o’tish joyi plani s’yomkasining sxemasi:
1 —berk poligon; 2 — diagonal yul; 3 —osma yul; 4 — mikrotriangulyatsiya.
Poligon ichida, shu jumladan albatta daryo o’zanining ikkala qirg’og’i bo’ylab, diagonal yo’llar, joylarda tafsiliy s’yomka qilish uchun osma yo’llar o’tkaziladi, chunki bu joylarni asosiy poligondan yoki diogonal yo’llardan turib s’yomka qilib bo’lmaydi.
O’zaning qiyofasi (shakli) planda iloji boricha birmuncha aniqroq tasvirlanishi zarurligi sababli, shuningdek, gidrometrik ishlarda o’zan ko’p martalab o’lchanib, bu o’lchovlar qirg’oqdagi tayanch turga bog’langanligidan, o’zanni s’yomka qilishda ko’pincha mikrotriangulyatsiya qo’llanadi. (1-rasmga 3.).
Trangulyatsiya (uchburchaklar sistemasi bulib, bu orqali geodezik tayanch nuqtalarning plandagi o’rinlari ketma-ket aniqdanadi) bazisi joyning tekis va ochiq qismida barpo qilinadi.
Bazisning uzunligini kamida daryo o’zani kengligiga teng qilib belgilanadi. Bazisni po’lat lenta bilan ikki marta o’lchanadi. Uchburchaklarning uchlarini zirgoqlarda, chuqurliklarni o’lchashda daryoga vizirlash (qaratish) uchun qulay bo’lgan joylarda joylashtiriladi, bunda uchburchaklarning burchaklari 30. . .40° dan kam bo’lmaydigan qilib mo’ljallanadi. Uchburchak uchlarining hamma burchaklari 1 minutlik, yahshisi 30 sekundlik teodolit bilan o’lchanadi. Triangulyatsiya turini planga chizishdan oldin uchburchaklar uchlarini bog’lash bajariladi.
Relef tafsiloti va asosiy konturlari, masofalarni dalnomer bilan o’lchab va azimutlarni belgilab, teodolit-taxeometr bilan s’yomka qilinadi, balanddik belgilari esa vertikal burchaklarini qo’shimcha hisoblab s’yomka qilinadi. Balandlik bo’yicha s’yomka faqat asosiy nuqtalarda: tepaliklarda, qayirlardagi keskin pasaygan joylarda, daryo o’zani chetlarida, harakterli joylardagi daryo tubi belgilarida, suv sathida, eski o’zan cheti va tubida o’tkaziladi. Tafsilot qismlari faqat plandagi konturlar bo’yicha s’yomka qilinadi (o’rmon, butazor, botqoq chetlari, qayirli ko’llardagi suv pasaygan joylar ). 2-rasmda tafsilot planining namunasi ko’ursatilgan bo’lib, unga gidrostvor va suv o’lchash postlarining vaziyatlari, shuningdek, yoyilib oqish chegaralari va gorizontallarda batafsil s’yomka qilinishi mo’ljallangan qayir va o’zan qismlari chizib tasvirlangan.
Gorizontalar bilan chizilgan yirik masshtabli plan batafsil taqqoslanishi lozim bo’lgan daryodan o’tish variantlari bo’yicha, ya’ni taxminan bir xil bo’lgan o’tish joyi variantlari bo’yicha yoki umumiy dastlabki mulohazalarni tuzishda shubhasiz, eng yaxshi deb tanlangan o’tish joyi varianti buyicha s’yomka qilinadi.
Yirik masshtabli gorizontallarda chizilgan batafsil plan ko’pincha tayanch chiziqdan boshlab s’yomka qilinadi, bunday chiziq bo’lib, uzil-kesil yo’l o’tkazish barpo qilingan va nivelirlangan yo’l trassasi xizmat qiladi.

Download 122.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling