Ko‘prik qurilishining rivojlanishi. Transport inshootlarini saqlash


Download 229.12 Kb.
bet4/15
Sana26.02.2023
Hajmi229.12 Kb.
#1232128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ma\'ruza 1

Keyinchalik oraliq qurilmalar mukammallasha bordi. Ularda odatda ferma panjaralari oddiy uchburchak va shprengel ko‘rinishida bo‘lib, ularda oldingi fermalarda bo‘lgan yassi elementlar, to‘sinlarni oshiq-moshiq yordamida mahkamlash kabi nuqsonlar bartaraf etilib uloq, bir-biriga mustahkamlash joylari va qatnov qismi konstruksiyasi mukammallashtirilgan edi. Ta’kidlash joizki, 1907 yil me’yorlari asosida loyihalashtirilgan oraliq qurilmalarning yuk ko‘tarish qobiliyati va boshqa talablarning aksariyati hozirgi foydalanishdagi talablarga javob beradi. Oldin qurilgan ko‘priklarning asosiy kamchiligi ularda kuzatish moslamalarining yo‘qligi bo‘lib, bu inshootni saqlashni murakkablashtirardi. Shu sababli, ko‘priklarning zamonaviy me’yorlari va namunaviy loyihalarida mazkur moslamalarni o‘rnatish inobatga olingan. MDH davlatlari Avtomobil yo‘larida 20-yillar oxiridan boshlab kapital tiklash va qurilishning jadallashishi natijasida ko‘pincha fodalaniladigan metall oraliq qurilmalar turlari zamonaviylashtirildi. Bu vaqtga kelib bir necha metall oraliq qurilmalarning namunaviy konstruksiyalari ishlab chiqilgan edi. Keyinchalik 1931 yildan yangi ko‘priklar qurilishida unifikatsiyalashgan deb ataluvchi N7 va N8 yuk ostidagi oraliq qurilmalardan foydalana boshlandi (Po‘lat konstruksiya loyiha 1944 va 1951 y. Giprotransko‘prik 1955 y. va b.).

Urushdan keyingi yillarda Avtomobil yo‘l ko‘priklarini qurishda hisobiy oralig‘i 33,6 dan 66 m gacha bo‘lgan ko‘ndalang yog‘ochda, oxirgi paytda esa ko‘ndalang metall to‘sinlarda yoki temirbeton plita ballastida xarakat qiladigan butun devorli oraliq qurilmalardan keng ko‘lamda foydalana boshlandi. Sovuq sharoitli hududlarda 60-yillardan boshlab ushbu hudud talablarini inobatga olgan holda, tayyorlangan oraliq qurilmalardan foydalana boshlandi. So‘nggi yillarda qurilgan temir oraliq qurilmalarda pishiq po‘lat, zavodda payvandlangan element va bloklar va yuqori sifatli boltlardan keng ko‘lamda foydalana boshlandi. Bu moslamalar foydalanilayotgan ko‘priklarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilishda parchin mixlarni ishlab chiqarishga olib keldi. MDH davlatlaridagi ko‘pgina temirbeton ko‘priklar oraliq qurilmalarida qiyiq shaklli to‘sinlardan foydalanilgan. Temirbeton ko‘priklarning katta oraliqlarida arkasimon, keyinroq yig‘ma temirbeton tizimlaridan foydalanilgan. Birinchi temirbeton ko‘priklardan 1960 yildan boshlab foydalanilgan. 1920 yillargacha temirbeton ko‘priklar oraliq qurilmalar 1907 yil me’yori asosida ko‘tarmaga betonlangan holda, uzunligi 12 metr gacha bo‘lgan qiyiq to‘sinli qilib qurilgan. Ushbu oraliq qurilmalar armaturaning tekis qismini aylana xomut yoki po‘lat bo‘laklarini armatura bilan mustahkamlangan 4 ta (1.1.1-rasm) qovurg‘aga ega edi; beton markasi 200 kg/sm2 oshmagan.


Download 229.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling