Ko‘prik qurilishining rivojlanishi. Transport inshootlarini saqlash


Download 229.12 Kb.
bet2/15
Sana26.02.2023
Hajmi229.12 Kb.
#1232128
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Ma\'ruza 1

Hozirgi kunda O‘zbekistonda foydalanilayotgan sun’iy inshootlar so‘nggi 80 yil mobaynida qurilgan. Ularning yuk ko‘tarish qobiliyati, konstruksiyasi va materiallaring turliligi ham shundan dalolat beradi. Ularning tashqi ko‘rinishi, foydalanilgan materiallarning sifati, qurilishi sezilarli darajada farqlanadi. Avtomobil yo‘l qurilishining rivojlanishi ko‘priklarni loyihalash qoidalari va, birinchi navbatda ularga tushadigan og‘irlik hisobini me’yorlashtirishni taqozo etdi. XX asr boshlarida Avtomobil yo‘l qurilishining ob’ektiv sabablarga ko‘ra rivojlanishi, kelajakni hisobga oluvchi me’yorlar ishlab chiqilmaganligi, metallga tushadigan og‘irlik va zo‘riqishni hisoblashning bir necha bor qayta qo‘rib chiqilishiga sabab bo‘ldi. MDH davlatlarida 1918 yilda N. S. Streleskiy tashabbusi bilan boshlangan ko‘priklarga tushadigan yuklarning dinamik ta’sirini o‘rganish 1921 yilga kelib me’yorlarda uni ta’sirini quyidagicha aniq bir formula yordamida hisoblash imkonini yaratdi:

1 + μ = 1 + 0,625/(1+ 0,02λ).

1930 yillarda harakatdagi tarkibning yanada rivojlanishi, 1931 yildan boshlab yangi me’yorlar qo‘llanishiga zamin yaratdi. Bu me’yorlardan 1962 yilgacha foydalanib kelindi. Ko‘priklarning yuk ko‘tarish qobiliyatini aniqlashda hozirgacha ham foydalanilmoqda. 1931 yildan boshlab birinchi bor me’yorlarda K koeffitsienti bilan xarakterlanadigan yuk guruhi joriy etilib, loyihalanayotgan inshoot kapitalligiga qarab mos ravishda 6, 7 va 8ga teng qilib belgilandi. Loyihalashda K doimiy ko‘priklarga 8 yoki 7, vaqtinchalik (yog‘och) ko‘priklarga 6 qo‘llanila boshlandi. Hisobiy yuklar bir poezd og‘irligi yuki N1 ning K guruhiga bo‘linishi asosida hisoblanadi. 1962 yil qabul qilingan me’yorlarda me’yoriy yuk SK istiqbolini inobatga olib ishlab chiqilgan bo‘lib, harakatdagi tarkibning har xil turi va birikmalari uchun hisoblangan. Kapital inshootlarni loyihalashda K14, vaqtinchalik inshootlarni esa K10 deb olingan. Hisob-kitobda ortilgan yukning g‘ildirakka tushgan yuki 2,5 K teng deb olinadi. Bunda 1962 yildagi S1 birlamchi yuk 1931 yildagi mos N1 birlamchi yukdan kichikligini inobatga olish zarur.


Download 229.12 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling