Munchoqlar bilan qiz bolalar ko`ylagini bezashni loyihalash va modellashtirish reja. Kirish p I bob Kiyimlarni loyihalash asoslari


Download 373 Kb.
bet1/14
Sana22.06.2023
Hajmi373 Kb.
#1646786
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
MUNCHOQLAR BILAN QIZ BOLALAR KO`YLAGINI BEZASHNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH


MUNCHOQLAR BILAN QIZ BOLALAR KO`YLAGINI BEZASHNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
REJA.
Kirish.p
I bob Kiyimlarni loyihalash asoslari.

  1. Kiyim haqida umumiy ma’lumotlar.

  2. Kiyimlarning loyihalash asoslari. Gavdaning antropometrik chiziqlari va nuqtalari. Kerakli o’lchovlar va ularni gavdadan olish qoidalari.

II bob Libos kompozitsiyasi.

  1. Xalqaro moda ustalari. Libosni badiiy loyihalash — dizayn.

  2. Materiallarning plastik va manzarali xususiyatlari.

III bob
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar


Kirish.
Respublikamizda tikuvchilik korxonalari, qo’shma korxonalar va yakka buyurtma asosida tikish korxonalari ishlab chiqaradigan mahsulotlar aholining kiyimga bo’lgan ehtiyojini qondirishga xizmat qiladi. Shuning uchun Oliy ta’lim yurtlarida, Kasb-hunar kollejlarida, Umumta’lim maktablarida, maktabdan tashqari muassasalarda talaba, yoshlarni tikuvchilik korxonalarda xizmat qilishga tayyorlash hamda ta’lim muassasalarida olgan bilimlarini amalda qo’llashga katta e’tibor berilmoqda.
Sanoat ishi amaliyoti ko‘rsatishicha, hozir mahsulotlar sifatini va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda ijodkor xizmatchilarning roli juda oshgan. Aholini yuqori sifatli, moda talablari va uning ehtiyojlariga javob beruvchi tovarlar bilan ta’minlash uchun modellar ishlab chiqarish muddatlarini qisqartirish, mahsulotlarni loyihalashtirish bosqichida ish tashkil etilishini takomillashtirish zarur.
Hozirgi kunda boshqa iste’mol mahsulotlari kabi kiyimga nisbatan yanada yuqori talablar qo’yilmoqda. Kiyimlarni loyihalash jarayonida ishlab chiqilayotgan kiyimning zamonaviyligi, shakli, detallari, ularning mutanosibligi hamda buyum chizmasini chizishda foydalaniladigan hisoblash formulalari, kiyimning tayyor holda kerakli shaklni ta’minlovchi detallarining grafik usullari yordamida qurish nazarda tutiladi.
Kiyimlarni loyihalash asoslari, gavdaning antropometrik chiziqlari va nuqtalari, kerakli o’lchovlar va ularni gavdadan olish qoidalari, kiyimlarni loyihalash usullari, loyihalashda ishlatiladigan qo’shimchalar, bolalar kiyimlarini asoslari, maktabgacha yoshdagi qiz bolalar va o’g’il bolalar ko’ylagini loyihalash, turli xil yubkalarni loyihalash va texnik modellash, ayollar bluzkasini loyihalash va o’zbek milliy ko’ylaklarini texnik modellashtirish masalalari bilan ishlash dolzarbligicha qolmoqda.
Xalq uchun tovarlar ishlab chiqarishning kengaytirilishi, ular sifatining yaxshilanishi, barcha xizmat turlarining tez rivojlanishi aholi yashash darajasini yangi, ancha yuqori bosqichga ko‘tarishning o‘zgarmas shartlaridan biri sifatida qaraladi. Aholi uchun tovarlarni ishlab chiqarish ilmiy-texnika taraqqiyotidan foydalanishga asoslanishi lozim bo‘lib, ular nafaqat tovar sifatini yangi darajaga ko‘tarish, balki ular assortimentini kengaytirishga ham imkon beradi.
Yengil sanoat oldida aholining sanoat tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini to‘laroq qondirish, bozorni kerakli mahsulot bilan to‘ldirish, mahsulot sifatini yaxshilash va assortimentini kengaytirish, ularning iste’mol madaniyatini oshirish vazifalari turadi.
Hozirgi vaqtda mavsumaro yengillashtirilgan, isituvchi astarli kiyimlar, turli to‘plamlar assortimentini ishlab chiqarilishini kengaytirilishiga alohida e’tibor berilmoqda.
Kiyimning materiali, formasi va bichimiga qarab, kishining turmush tarsi, yashaydigan iqlimiy sharoiti, uning qanday sinf va tabaqaga mansubligi, madaniy saviyasi, moddiy faravonligi to’g’risida fikr yuritish mumkin.
Kiyimning hamma qismlari (pidjak, shim, jiletka) poyabzal va boshqa qo’sgimchalari bilan birga kostyumni tashkil etadi. Kostyum turli mamlakatlar xalqlari va jamiyatlarining o’ziga xos tarzda taraqqiy qilishini, milliy qiyofasini aniq aks ettiradi, shuningdek, kishi shaxsini xarakterlaydi.

«Model» so‘zi lotinchadan tarjima qilinganda namuna (me’yor, o‘lcham) ma’nosini bildiradi. Bizning holimizda model deganda rassom-modeler g‘oyasi asosida amalga oshirilgan kiyimning birinchi (dastlabki) namunasi tushuniladi. Modellashtirish atamasi ostida odatda yangi modelning vazifasi va atrof-muhitni, kishining tashqi va ichki ko‘rinishi, gazlamalar xususiyatini hisobga olgan holda yaratilishining ijodiy-badiiy jarayoni ko‘zda tutiladi.


Kiyimni modellashtirishda ishlab chiqish obyektlari mahsulot shakli va silueti, uning bichilishi, gazlamalarning tanlanishi, shakl hosil bo‘lish usullari, elementlar kompozitsiyasi, ranglar yechimi bo‘ladi. Modellashtirish jarayoni odatda modellarning dastlabki namunalarini tayyorlash bilan yakunlanadi.
Konstruktiv (texnik) modellashtirish deganda, yangi modelning dastlabki namunasi yoki uning grafik tasviri bo‘yicha mahsulotning muvofiq baza asosiga, asosan chizmalar yoki detal lekalolaridan foydalanib chizmalarni yoki mahsulot detallari lekalolarini tayyorlash ko‘zda tutiladi. Ishlangan lekalolar asosida tayyorlangan namuna kiyimni ommaviy tarzda ishlab chiqarish uchun shakl etaloni bo‘lib xizmat qiladi. Kiyimning yangi modeli konstruksiyasini ishlab chiqish jarayoni quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi: modellarni o‘rganish va tahlil qilish; asosni aniqlashtirish yoki o‘zgartirish va unga model xususiyatlarini o‘tkazish (namuna konstruksiyalar bo‘lmasa yangi asos ishlab chiqiladi); model konstruksiyasi ishlanmasi to‘g‘riligini tekshirish.

Download 373 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling