Munchoqlar bilan qiz bolalar ko`ylagini bezashni loyihalash va modellashtirish reja. Kirish p I bob Kiyimlarni loyihalash asoslari
). Gavdaning antropometrik chiziqlari va nuqtalari
Download 373 Kb.
|
MUNCHOQLAR BILAN QIZ BOLALAR KO`YLAGINI BEZASHNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH
2). Gavdaning antropometrik chiziqlari va nuqtalari.
Gavdaning antropometrik nuqtalari va chiziqlari. Ko‘plab ishlab chiqariladigan kiyimlarni loyihalash va asosiy bazalarni ishlab chiqish uchun maishiy xizmat tizimidagi loyihachiga standart jussalar, ya’ni mamlakatning jami aholisiga xos jussalar o‘lchamining mukammal xarakteristikasi kerak bo‘ladi. Bu ma’lumotlarni antropometrik tekshirish, ya’ni kishining gavdasini va uning qismlarini o‘lchash yo‘li bilan hosil qilish mumkin. Bu ish antropometriya deb ataladi. Antropometrik tekshirishlar vaqtida gavdaning muayyan nuqtalari — antropometrik nuqtalar oralig‘i yoki yumshoq gazlamada aniq bilinib, ko‘rinib turadigan chegaralar teridagi o‘ziga xos nuqtalar bo‘yicha o‘lchanadi. O‘lchov belgilarini hosil qilish uchun quyidagi antropometrik nuqtalardan foydalaniladi (9-rasm): a — boshning eng yuqori baland nuqtasi; b — bo‘yindagi 7-bo‘yin umurtqasining holati; v — bo‘yin asosidagi nuqta; g — o‘mrov nuqtasi (bo‘yin asosidan o‘tgan chiziqda old qismda bo‘yin chuqurchasi nuqtasi); d — yelka nuqtasi; e — qo‘ltiq chuqurligining ort burchagi nuqtasi; j — qo‘ltiq chuqurligining old burchagi nuqtasi; 9-rasm. Gavdaning antropometrik nuqtalari. z — ko‘krakning yuqori nuqtasi (ko‘krak bezlarining uchi); i — kurak nuqtasi; k — bel nuqtasi (belning eng ingichka yeridan gorizontal o‘tganda umurtqa pog‘onasining kesishgan nuqtasi); m — qorinning turtib chiqqan nuqtasi; l — dumbaning turtib chiqqan nuqtasi; n — tizza nuqtasi (tizzaning eng yuqoriga ko‘tarilgan markaz nuqtasi); o — to‘piq nuqtasi; p — tirsak nuqtasi (tirsak bukilganda chiqib turgan nuqtasi); r — bilak nuqtasi (bilakning eng ingichka yeridan o‘tgan chiziqda ko‘tarilib turgan nuqtasi). Gavdadan olinadigan barcha o‘lchovlar vertikal va gorizontal tekislikda o‘lchanadi. Shuning uchun gavdada gorizontal va vertikal konstruktiv chiziqlar mavjud. Gorizontal konstruktiv chiziqlarga quyidagilar kiradi (10-rasm): Bn — bo‘yin konstruktiv chizig‘i — bo‘yin o‘yindisi va yoqani shakllantirishda ishtirok etadi. Ye — yelka konstruktiv chizig‘i — yelkali kiyimlarni loyihalashda ishtirok etadi. K — ko‘krak konstruktiv chizig‘i — kiyim kengligi va razmerni aniqlashda ishtirok etadi. 10-rasm. Gavdaning antropometrik chiziqlari. Bl — bel konstruktiv chizig‘i — bel kiyimlarini loyihalash hamda kiyimlarni bel qismida, lif va etak qismiga bo‘linadigan chizig‘I hisoblanadi. Bk — bo‘ksa konstruktiv chizig‘i — kiyimning bo‘ksadagi kengligi va razmerini aniqlashda ishtirok etadi. Т — tizza konstruktiv chizig‘i — kiyimning tizzadagi kengligini aniqlashda ishtirok etadi. Тq — to‘piq konstruktiv chizig‘i — kiyimning pocha qismi kengligini aniqlashda ishtirok etadi. Q — qo‘l konstruktiv chizig‘i — yengning yuqori va etak qismi kengliklarini aniqlashda ishtirok etadi. Vertikal konstruktiv chiziqlarga quyidagilar kiradi: 1 — orqaning o‘rta markazidan o‘tadigan konstruktiv chiziq. 2 — bo‘yin asosi kengligi konstruktiv chizig‘i. 3 — yon konstruktiv chizig‘i. 4 — oldinda o‘rta markaziy konstruktiv chiziq. Gavdani konstruktiv nuqtalari va chiziqlarini belgilash uchun odam gavdasini chizib o‘rganish qulaydir. Download 373 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling