Munchoqlar bilan qiz bolalar ko`ylagini bezashni loyihalash va modellashtirish reja. Kirish p I bob Kiyimlarni loyihalash asoslari


). Mod ava uning jamoatchilik tarzida vujudga kelishi, moda to’g’risida tushuncha


Download 373 Kb.
bet11/14
Sana22.06.2023
Hajmi373 Kb.
#1646786
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
MUNCHOQLAR BILAN QIZ BOLALAR KO`YLAGINI BEZASHNI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISH

2). Mod ava uning jamoatchilik tarzida vujudga kelishi, moda to’g’risida tushuncha. Moda — ancha murakkab hodisa bo‘lib, u jamiyat hayotining qator omillariga bog‘liq va inson faoliyatining ko‘p sohalariga yoyiladi. Moda ostida hayot va madaniyatning biron-bir sohasida ma’lum didlarning uzoq davom etmaydigan hukmronligini tushunish lozim. U odamlar ijtimoiy xulqini tartibga solish tizimi bilan bog‘liq bo‘lgan uslubning shartli u yoki bu darajada o‘zgarishini
tavsiflaydi. Ijtimoiy xulq tizimi o‘zgarishlarining qisqa muddatliligi bilan farq qiladi va boshqa qator tizimlar bilan bog‘liq bo‘lib, ular orasidan etiket, axloq, huquq, odat va hokazolarni ajratib ko‘rsatish mumkin. Moda doimo uning yorqin namoyon bo‘lishi sifatida kostum bilan bog‘liq bo‘lgan, uni bunyod etuvchi
sabablarni esa hayotning ijtimoiy namoyon bo‘lishi, sinfiylik bilan bog‘langan odamlar ustidan ustunlik, atrof-muhitdan ajralib turishga intilish har doim kostumda ifodalangan. Jamiyatning turli qatlamlari unga turlicha qarashadi. Kishilarning ma’lum guruhi modaga nisbatan yuqori ta’sirchan, ular odatda hammadan tezroq eng o‘tkir yangiliklarni qabul qiladi; yangi modaga juda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladigan kishilar ham bor, ular modani qabul qilishi va uning qonunlariga rioya qilgunlaricha ma’lum vaqt o‘tadi, chunki moda ijtimoiy xulq me’yorlarini taklif qiladi va hatto uni aytib turadi. Odatda eng o‘tkir yangiliklar – yoshlar uchun, o‘rta yoshli ayollar ancha barqaror klassik shakllarni afzal ko‘radi. Biroq moda evolyutsiyasining o‘zi iste’molchilar guruhining aynan shunday nisbatini talab etadi, ya’ni kimdir modani ertaroq, kimdir kechroq qabul qilishi, kimdir uning faqat klassik g‘oyalarini qabul qilishi. Shuning uchun har qanday modada ikki-uch moda osti bo‘lib, ular aholining turli ijtimoiy guruhlari talablariga javob beradi.
Modaning boshlanishini ba’zi mualliflar o‘rta asrlarga, boshqalari ancha ertaroq davrlarga tegishli deb hisoblashadi. Biroq to‘liq asos bilan aytish mumkinki, moda – XX asrda kiyimni tayyorlashning industrial-uslubiy paydo bo‘lishidan boshlab juda muhim rol o‘ynaydi. Moda markazi uzoq vaqt Parij bo‘lgan va bo‘lib qolmoqda. Fransuz modasining ustuvorlik sabablaridan biri shuki, u fransuz iqtisodiyotida juda muhim rol o‘ynaydi. Moda xalqaro maydonida o‘z o‘rnini egallagan «Nina Richchi», «Iv Sen Loran», «Pyer Karden», «Andre Kurrej», «Jak Geym», «Madlen Vone», «Lui Bulanj» kabi firmalar bilan bir qatorda keyingi yillarda shuhrat qozongan qator yangi firmalar paydo bo‘ldi. Bu «Jan Pol Gatye», «Karolin Milbani», «Lagerfeld», «Klod», «Montana», «Yamolota»», «Alayya» va boshqalar. Fransuz modelerlarining ba’zi ijodiy xarakteristikalariga to‘xtalib o‘tamiz. 20-yillardan buyon mavjud bo‘lgan eng mashhur firmalardan biri «Shanel». Firma asoschisi Gabriel Shanel XX asr ishbilarmon elegant ayoli timsolini tushuna oldi va o‘z modellarida ifodalay oldi. U mavsumiy yarimpalto-kostumlar, yubkalar va bluzkalar, ko‘ylak, kostum modellarini ishlab chiqdi. Modaning tez-tez almashinuviga qaramay, uning mahsulotlari bir xil uzunlik – tizzadan past bilan farqlangan. Gazlamalar rangini u jonligi tabiat koloritida topgan – bug‘doy dalasi, arpa noni, smorodina, atirgul, siren ranglari va ularga qo‘shimcha qora va oq ranglar. Gazlama fakturalari g‘ovak, siyraklashtirilgan, yo‘l-yo‘l yoki katakchali rasmli, ko‘pincha modellar pe-de-pul va pe-de-kok gazlamadan
bajarilgan. Fransuz tilidan tarjimasi pe-de-pul – o‘rdak panjasi, pe-de-kok – xo‘roz panjasi. Bu juda xarakterli dinamik katakchali rasmlari bo‘lgan gazlamalar. Iv Sen Loran firmasi 50-yillar oxiridan boshlab mavjud. U mashhur Kristian Dior qo‘lida ishlagan va uning o‘limidan keyin o‘zining shaxsiy Modellar Uyini ochgan. 1961 yilda Iv Sen Loran dengiz motivlari asosida yaratilgan o‘zining birinchi modellar to‘plami bilan chiqqan. Modellar yaratishda uning asosiy shiori «ayollar kiyimida erkaklar kiyimi». U ayollar kostumida erkaklar kostumi xususiyatlaridan foydalanishga harakat qilgan (ayol lar smokingi, kvadrat yelkalar, platformada oyoq kiyimi). U Rossiya, Afrika, Ispaniya, Xitoy xalq kostumlaridan ilhomlangan va bu motivlar asosida har yili yangi to‘plamlar yaratgan. 1978-yilda kostumlarda «Brodvey motivlari»ni aks ettiradi, 1979-yili harbiylashtirilgan xarakterdagi jaketlar paydo bo‘ladi. 1980-yili u o‘z to‘plamini shoir va yozuvchilarga, xususan Apoliner, Aragonga bag‘ishlaydi, 1981-yilda esa Matiss polotnolaridan rang va shakllar oladi.
1982-yil Iv Sen Loran zamonaviy to‘plamga hind san’ati motivlarini kiritadi, 1985-yilda esa ayollar kostumida oq va qora ranglar asimmetriyasi va kaltalashtirilgan jaket va shimlarni taklif etadi. Mashhur zamonaviy modelerlardan biri Pyer Karden. Ma’lumoti bo‘yicha u me’mor bo‘lib o‘zining yaxlitlikni ko‘ra
olish, uyg‘unlashuvchi hajmlarni yasay olish malakasini kiyimda namoyon etdi. U kiyim «yasash» bino yoki mebel yasashdek oson, deb aytadi. Pyer Karden – nafaqat kiyim, balki mebel, bolalar o‘yinchoqlari, interyer jihozlari, idishlarni loyihalashtirish va hokazolar bilan shug‘ullanuvchi modelerlardan biri. U
zamonaviylikni yaxshi aks ettiruvchi o‘z uslubini yaratgan. Modellashtirishdagi asosiy prinsip yelkalar va bel nisbatini topish deb hisoblaydi va buni yangi proporsiyalarda aks ettiradi. Uning modellarida qora va oq tonlar uyg‘unlashuvini, kamtarin grim, kostumning asimmetrik yechimi, olinuvchi detallarni ko‘p
uchratish mumkin. Uning modellari geometrik shakllarning keskin uyg‘unligi bilan farq qiladi. «Nina Richi» firmasi 50-yillardan beri mavjud bo‘lib, hozirgi vaqtda modellar to‘plamini yaratilishiga Jerar Pipar boshchilik qiladi, u tomoshabinlar e’tiborini ranglar uyg‘unligiga qaratadi. Bu firma modellarida ayollik nafosati va jozibasini ilgari suradi; tantanali kechalar uchun tayyorlangan kiyimlarida esa beli xipchalangan mahsulotlarning turli faktura va rang ta’sirlaridan foydalanish, shuningdek, klassik tipdagi palto va ko‘ylaklar xarakterlidir. Yetakchi firmalar va modellar uylari jahon modasi yetakchilari obro‘sini saqlab qolishga intilib, yagona noyob mahsulotlarni sotish bilan yashab bo‘lmasligini, ommaviy ishlab chiqarish uchun modellar yaratish kerakligini tushunishadi, chunki, bu firmalarning noyob mahsulotlarini aholining ko‘pchiligi sotib ololmaydi.
Shuning uchun 50-yillarda «Pret-a-porte» firmasi tashkil etiladi, u kichik seriyalarda tayyor modali kiyimlarni ishlab chiqarishga mo‘ljallanadi. Bu yerda o‘rtacha daromadli odamlarga narxi to‘g‘ri keluvchi mahsulotlar ishlab chiqariladi. Moda hatto juda zamonaviy, qiziqarli, biroq murakkab bo‘lmagan mahsulotlarni taklif etadi va kostumda sinflar o‘rtasidagi chegaralarni yo‘qotgandek bo‘ladi. Bu firmalar tomonidan tayyorlanuvchi kiyimlar shakli, rangi va materiali bilan yagona noyob moda mahsulotlaridan kam farq qiladi, biroq u arzonroq. Hozirgi vaqtda «Pret-a-porte» firmalari o‘z shaxsiy taraqqiyot yo‘liga ega va muvaffaqiyat bilan raqobatlashmoqda.

Download 373 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling