Kopyoqlilar va ularga doir masalalar tuzishning ayrim muammolari
Download 415.51 Kb. Pdf ko'rish
|
Kitob 8486 uzsmart.uz
4’
1 ), 5(5, 5'), 5 1 (5 l , 5’ 1 ) nuqtalarni hosil qiladi. Har bir proeksiyada topilgan nuqtalarni alohida-alohida ko`rinar- ko`rinmasligi aniqlanadi va ular o`zaro tutashtirilib kesishish chizig`ining proeksiyalari hosil qilinadi. 40 XULOSA O`zbekiston Respublikasidagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy sohadagi islohotlarning qay darajada amalga oshirilishi kadrlar salohiyatiga bog’liq. Har tomonlama barkamol o`z sohasining bilimdoni, zamonaviy o`zgarishlarga tez moslasha oladigan kadrlargina Vatanimiz istiqbolini ta`minlashga faol qatnasha oladi. Shu sababdan ham uzluksiz ta`lim tizimida ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirish muhim pedagogik muammo hisoblanadi. Ta`lim-tarbiya samaradorligini oshirishdan maqsad o`quvchilarning fanga bo`lgan barqaror qiziqishlarini kuchaytirish, ularning fan asoslarini chuqur va keng egallashlariga erishish orqali komil inson qilib tarbiyalashdan iborat. Ana shu jihatdan qaraganda ushbu bitiruv malakaviy ish ta`lim-tarbiya tizimining dolzarb muammolaridan biri bo`lgan ya`ni talabalarning fazoviy tasavvurini rivojlantirishga, ularda ixtirochilik, kashfiyotchilik va ratsionalizatorlik kabi xislatlarni rivojlantirishga qaratilgan. Chizma geometriya ta`lim jarayoni talabarning fazoviy tasavvurini faol ishlashini talab qiladi. Chunki chizma geometriya kursining aksariyat mavzulari fazoviy jarayonlar bilan bog’liq bo`lib, talaba dars jarayonida ushbu jarayonlarni tasavvur qila olishi va shularga tayanib grafik topshiriqlarni bajara olishi lozim. Bu talaba va o`qituvchi oldida turgan dolzarb muammolardan biridir. Bunga sabab, birinchidan, talabada fazoviy tasavvurning turli darajada shakllanganligi bo`lsa, ikkinchidan qisqa vaqtda o`qituvchi talabalrning fazoviy tasavvurini etarlicha rivojlantirib, ularda fazoviy jarayonni shakllantira olishi kerak. Shuningdek chizma geometriya fani boshqa grafik fanlarning nazariy asosi bo`lib hisoblanadi. SHuning uchun ham makur bitiruv ishida nuqta, to`g’ri chiziq va tekislik kabi tushunchalar, mavzular va ularning dars ishlanmalari ishlab chiqildi. Bitiruv ishi uch bob to`qqiz paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat bo`ldi. Kirish qismida mavzuning dlzarbligi, vazifalari, tadqiqot obekti va predmeti, ilmiy yangiligi kabi ma`lumotlar berildi. 41 Bitiruv ishida asosiy tushunchalardan bo`lgan proektsiyalash usullari, parallel proektsiyalash usuli, qiyshiq burchakli parallel proektsiyalash, to`g’ri burchakli parallel proektsiyalash haqida batafsil gapirib o`tildi. SHuningdek nuqtaning fazodagi o`rnini proektsiyalari bo`yicha aniqlash, son bilan belgilangan proektsiyalar usullari ham mazkur ishda o`z aksini topdi. Birinchi bob “Ko`pyoqlilik” deb nomlanib, unda ko’pyoqlik haqida umumiy ma’lumot, ko’pyoqlikning yoyilmasini yasash usullari va uning ahamiyati atroflicha qaralgan. “Ko’pyoqlikning tekislik, to’g’ri chiziq bilan va o’zaro kesishish hollari” deb nomlangan ikkinchi bobda ko’pyoqlikning tekislik bilan kesishishi, to’g’ri va og’ma prizmaning tekislik bilan kesishishi va uning yoyilmasini yasash, to’g’ri va og’ma piramidaning proyeksiyalovchi tekislik bilan kesishishi va uning yoyilmasini yasash, ko’pyoqlikning to’g’ri chiziq bilan kesishishi, ko’pyoqliklarning o’zaro kesishishi haqida batafsil ma`lumot berildi. kabi mavzular ularga doir misollar va ularni bajarish tartiblari batafsil bayon qilindi. Uchinchi bob “Ko’pyoqlikning tekislik, to’g’ri chiziq bilan va o’zaro kesishish hollariga oid masalalar yaratish usullari” deb nomlanib, unda ko`pyoqlikning tekislik, to`g`ri chiziq bilan va o`zaro kesishishiga oid masalalar mazmuni va masalalarini yechishga oid metodik ko`rsatmalar batafsil yoritilgan. Yaratilgan masala mavzulari maxsus tanlab olingan. Chunki, bu mavzular grafik fanlarning muvaffaqiyatli o`zlashtirilishini ta`minlaydi. Mazkur bitiruv ishdan chizma geometriya fanining nazariy va amaliy darslarida, darsdan tashqari va o`quvchilarning mustaqqil ta`limi jarayonida foydalanish mumkin. Talabalar tomonidan chizma geometriya fanining o`zlashtirilishi, ularda fazoviy tasavvur va texnik ijodkorlik faoliyatining rivojlanishida bu o`z navbatida yosh avlodini ijodkorlik, bunyodkorlik kabi ezgu amallarga etaklaydi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling