Ko‘r dog‘ni aniqlash. Ko‘rish o‘tkirligi va ko‘rish maydonini aniqlash. Harakat analizatorlari fiziologiyasi. Hid bilish analizatori fiziologiyasi Kerakli materiallar va jihozlar


Download 6.86 Kb.
Sana15.06.2023
Hajmi6.86 Kb.
#1484096
Bog'liq
22-amaliy


22-amaliy mashg’ulot
Mavzu: Ko‘r dog‘ni aniqlash. Ko‘rish o‘tkirligi va ko‘rish maydonini aniqlash. Harakat analizatorlari fiziologiyasi. Hid bilish analizatori fiziologiyasi
Kerakli materiallar va jihozlar: (material va jihozlar ikkita talabaga bir komplekt (to‘plam) tayyorlanadi):
1. Mariott jadvali.
2. Doira chizilgan karton.
3. Qoshish belgisi chizilgan karton.
Vazifa - Ko‘r dog‘ni aniqlash.


Ko‘zning to‘r qavatida ko‘r dog‘ borligini isbotlash (Mariott tajribasi)


Nazariy tushuncha. Ko‘zning to‘r qavati murakkab tuzilgan bo‘lib, unda yorug‘likni sezuvchi elementlar - tayoqcha va kolbacha hujayralar bo‘ladi. Tayoqcha va kolbachalar to‘r qavatda bir xil tarqalmagan.

Ko‘rish nervi ko‘z soqqasiga kiradigan joydagi to‘r qavatda fotoretseptorlar bo‘lmaydi. Bu yerga tushgan nurlar ko‘zga ko‘rinmaydi, shuning uchun ham uni ko‘r dog‘ deb ataladi. Mariott tajribasi orqali ko‘r dog borligiga ishonch hosil qilish mumkin.



Ishdan maqsad. Buyumning tasviri ko‘r dog‘ga tushganda shu buyum ko‘rinmasligiga ishonch hosil qilish.

Kerakli jihozlar. Mariott jadvali.

Tajriba o‘tkazish tartibi.

Sinaluvchi odam doira (O) va qo‘shish belgisi (+) chizilgan kartonni oladi. Chap ko‘zini yumib, o‘ng ko‘zi bilan pastga qarab turgan holda rasmni ko‘ziga asta-sekin yaqinlashtiradi. Tekshirish vaqtida sinaluvchi boshining holatini o‘zgartirmasligi zarur. Ko‘zdan ma'lum masofada (20-25 sm) doira tasviri yo‘qoladi. Bu doira tasviri ko‘r dog‘ga tushganini tasdiqlaydi. Chap ko‘zdagi ko‘r dog‘ ham shunday tekshiriladi.



Kuzatilgan xodisa haqida daftaringizga xulosa yozing.
Download 6.86 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling