Koreys tili tarixi va uning rivojlanish bosqichlari


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana04.10.2023
Hajmi0.66 Mb.
#1691604
  1   2   3   4   5
Bog'liq
MMMS0928



MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE
 
International scientific-online conference 
115 
KOREYS TILI TARIXI VA UNING RIVOJLANISH BOSQICHLARI 
Mahmudov Muzaffar 
O‘ZDJTU sharq filologiyasi fkork 2003 talabasi 
https://doi.org/10.5281/zenodo.6786598 
ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada koreys tili tarixi va uning rivojlanish 
bosqichlari haqida ma’lumot berib o‘tiladi.
KALIT SO‘ZLAR: koreys tili, xangul, xitoy ierogliflari, hechelar, grammatika
morfologiya.
Koreys tili eng qadimgi tillardan biri. Bu tilda 80 mln dan ziyod inson 
so‘zlashadi. KXDR ning va Koreya Respublikasining rasmiy tili. Olimlar 
tomonidan uni oltoy tillariga, ba’zan to‘ngusmanjur tillariga kiradi, deb taxmin 
qilinadi. Uning genetik jihatdan boshqa tillar bilan bog‘liqligi aniqlanmagan. 
Koreys tilining shimoli-sharqiy, shimoli-g‘arbiy, markaziy, janubi-sharqiy, 
shimoliy va janubiy shevalari bor. Koreys tilida 40 fonema (19ta undosh 21ta 
unli) mavjud. Morfologik jihatdan agglyutinatsiya rivojlangan. Fe’l zamonlar 
hozirgi, 2ta o‘tgan va 2ta kelasi zamon shakllaridan iborat. Son kategoriyasida 
birlik va ko‘plik shakllari farqlanmaydi. Nisbat kategoriyasi hamma fe’llarga xos 
emas. Leksikada xitoy tilidan, sanskrit, mo‘g‘ul va ba’zan yevropa tillaridan 
o‘zlashgan so‘zlar bor. Koreys tili 1966-yilgacha (munxvao) «madaniy til», 1993-
yildan «standart til» deb atalgan. Bu tilning 2 turi ham KXDR hamda Koreya 
Respublikasida qo‘llanib kelinadi. KXDR da koreys yozuvi, Koreya 
Respublikasida xitoykoreys aralash yozuvi qo‘olinadi. Koreys yozuvi fonetik, 
harfiy, bo‘g‘inli yozuv. 1443-yilda qirol Se Jong davri (1419-1950)da koreys 
olimlari Chon Nin Ji, Sin Suk Chu, Son Sam Mum tomonidan yaratilgan. 15-
asrning 1-yarmigacha esa koreys tilida xitoy ieroglif yozuvidan foydalanilgan. 
Oddiy xalq aholisi uchun xitoy ieroglif yozuvidan foydalanish juda qiyin bo‘lgan. 
Faqatgina boy zodagonlar xat-savodli bo’lgan. Qirol Se Jong ushbu muammoni 
bartaraf qilish uchun yangi koreys alifbosini yaratish tashabbusini ilgari surgan. 
Lekin, bu davrda xitoy tili koreyslarning adabiy tili bo‘lgan uchun, yangi milliy 
alifbo keng tarqalmagan.
19-asr oxiriga kelib koreys tilida yana ieroglif yozuv qo'llana boshlangan. Bu 
yozuv alifbosi 24 fonemani ifodalaydi. Boshqa fonemalar esa harflarni qo‘shish 
yo‘li bilan hosil qilinadi. Hozirgi koreys yozuvida 40 grafema mavjud bo‘lib, 
shundan 24 tasi sodda va 16 tasi murakkabdir. Ammo bu grafemalarning tartibi 
KXDR va Koreya Respublikasida farq qiladi. Ilgari matnlar yuqoridan pastga va 
o‘ngdan chapga qarab yozilardi. Hozirgi vaqtda chapdan o‘ngga qarab yozish 
qoidaga kiritgan. 



Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling