Diversifikatsiya – bu korxona faoliyatida har xil shug’ullanishdir, ya’ni korxona bir vaqtda moliyaviy resurslarini har xil faoliyatga yoki har xil xududlarga yo’naltirish tushuniladi. Korxona turli sohalarga yoki turli xududlarga moliyaviy resurslarini yo’naltirganda bir vaqtda hamma sohalardan yoki hamma xududlardan zarar ko’rish ehtimoli juda pasayadi. Bu jarayonda bir soha yoki xududdan ko’rilgan zararni boshqa soha yoki xududdan olgan foyda hisobiga qoplash imkoniyati mavjud.
Axborotlardan foydalanish – bu moliyaviy resurslar xavfsizligini ta’minovchi samarali usullardan biridir. Moliyaviy meneger molyaviy resurslardan foydalanish jarayonida qancha ko’p axborotga ega bo’lsa, moliyaviy resurslar xavfsizligini ta’minlash imkoniyati shuncha yuqori bo’ladi.
Limitlashtirish – bu xarajatlarga, mahsulot sotish hajmiga, debitorlik va kreditorlik qarzlariga chegara, me’yor belgilash usulidir. Limitlashtirish risk darajasini tushirishning eng muhim usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu metod yordamida korxonalar moliyaviy resurslardan samarali foydalanish imkoniyatiga ega bo’ladi. Chunki me’yordan ortiq qilingan xarajatlar o’z samarasini bermaydi.
O’z-o’zini sug’urtalash usuli korxonalar faoliyatida yuqori riskli soha yoki xududga moliyaviy resurslarni yo’naltirganda, kelib chiqishi mumkin bo’lgan yo’qotishlarni qoplash maqsadida sug’urta (rezerv) fondlarini shakllantirishda qo’llaniladi.
Risk darajasini pasaytirishning eng muhim va keng tarqalgan usuli – sug’urtalash usulidir. Odatda risklar sug’urtalanadigan hamda sug’urtalanmaydigan risklarga bo’linadi. Sug’urtalanadigan risklar sug’urta kompaniyalari tomonidan belgilanadi. Sug’urtalanmaydigan risklarga sug’urta bozorida sug’urtalash mavjud bo’lmagan risklar kiradi. Risklarni sug’urtalash orqali moliyaviy yo’qotshlar xavfsizligi ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |