Корхонани умумий харажатлари нима


Qaysi bozorda chekli daromad bozor narxiga teng bo‘ladi?


Download 0.6 Mb.
bet25/37
Sana03.02.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1152071
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37
Bog'liq
Mikro

7. Qaysi bozorda chekli daromad bozor narxiga teng bo‘ladi?
A) Raqobatlashgan monopolistik bozorda;
B) Sof monopoliyada;
V) Oligopolistik bozorda;
G)* Raqobatlashgan bozorda.
8. Sof raqobatli bozorda:
A) Tarmoqda faoliyat yurituvchi ko‘pchilik korxonalar standart tovarlar ishlab chiqaradi;
B) Tovarni bozor narxida sotib olishga tayyor ko‘p xaridorlar mavjud bo‘ladi;
V) Bozorga erkin kirib kelish va chiqib ketish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi, barcha sotuvchilar va xaridorlar bozor to‘g‘risida to‘liq axborotga ega bo‘ladi;
G)* Barcha javoblar to‘g‘ri.
9. Qisqa muddatli oraliqda raqobatlashuvchi firmaning taklif egri chizig‘i:
A) CHekli xarajatlar egri chizig‘iga teng;
B)* O‘rtacha o‘zgaruvchan xarajatlar egri chizig‘idan yuqorida joylashgan chekli xarajatlarning bir qismi;
V) O‘rtacha xarajatlar egri chizig‘ining kamayuvchi qismi;
G) Tovar narxi chizig‘iga teng.
10. Foydani maksimallashtiruvchi ishlab chiqarish hajmida chekli xarajatlar o‘rtacha xarajatlardan yuqori bo‘lsa, firma:
A) Ijobiy foyda oladi;
B) O‘rtacha xarajatlar egri chizig‘ining minimumidan o‘ngroqda joylashgan nuqtadagi ishlab chiqarish hajmini tanlaydi;
V) Ishlab chiqarishni to‘xtatmaydi;
G)* Barcha javoblar to‘g‘ri.
11. Quyidagi javoblardan qaysi biri “normal foyda” tushunchasini aniqroq ifoda etadi:
A)* SHu yo‘nalish doirasida o‘z faoliyatini saqlab qolish uchun firmaga zarur bo‘ladigan minimal foyda;
B) Tarmoqda faoliyat olib borayotgan odatdagi firma oladigan foyda;
V) O‘z ishini normal olib borganda firma oladigan foyda;
G) MC=MR holatida firma oladigan foyda.
12. Raqobatlashuvchi firma shunday ishlab chiqarish hajmida foydani maksimallashtiradi, agar:
A) Umumiy daromadlar va umumiy xarajatlar egri chizig‘i orasidagi vertikal masofa eng uzoqlashganda;
B) Umumiy daromadlar egri chizig‘ining yotiqligi umumiy xarajatlar egri chizig‘ining yotiqligiga teng bo‘lganda;
V) Mahsulotning narxi chekli xarajatga teng bo‘lganda;
G)* Barcha javoblar to‘g‘ri.

Download 0.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling