10-MAVZU: FIRMA VA ULARNING TASHKILIY-IQTISODIY ASOSLARI
8. Huquqiy maqomiga ko‘ra korxonalarni qanday guruhlash mumkin:
A) To‘liq shirkat va kommandit shirkat;
B) Mikrofirma va kichik korxona;
V)* Jismoniy shaxs va yuridik shaxs;
G) YAkka tartibdagi tadbirkor va xususiy korxona.
9. Band bo‘lgan xodimlar soniga ko‘ra korxonalarning qanday guruhlash qabul qilingan?
A) Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar, to‘liq shirkat, kommandit shirkat;
B)* YAkka tartibdagi tadbirkor, mikrofirma, kichik korxona, yirik korxona;
V) Ochiq va yopiq tipdagi aksiyadorlik jamiyatlari, dehqon xo‘jaligi, fermer xo‘jaligi;
G) YAkka tartibdagi tadbirkor va xususiy korxona.
10. Ishlab chiqarish tarmoqlarida band bo‘lgan xodimlarning o‘rtacha yillik soni 20 kishidan, xizmat ko‘rsatish sohasi va boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo‘lmagan tarmoqlarda 10 kishidan, ulgurji, chakana savdo va umumiy ovo‘qatlanish sohasida 5 kishidan oshmagan korxonalar:
A) Xususiya korxona toifasiga kiradi;
B)* Mikrofirma toifasiga kiradi;
V) Kichik korxona toifasiga kiradi;
G) Yirik korxona toifasiga kiradi.
11. Engil va oziq-ovqat sanoati, metallga ishlov berish va asbobsozlik, yog‘ochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati tarmoqlaridagi kichik korxonalarning o‘rtacha yillik xodimlar soni nechtadan oshmasligi lozim:
A) 25 tadan;
B) 125 tadan;
V) 50 tadan;
G)* 100 tadan.
12. Mashinasozlik, metallurgiya, yoqilg‘i-energetika va kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari etishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat ishlab chiqarish sohalaridagi kichik korxonalarning o‘rtacha yillik xodimlar soni nechtadan oshmasligi lozim:
A)* 50 tadan;
B) 120 tadan;
V) 25 tadan;
G) 100 tadan.
13. Fan, ilmiy xizmat ko‘rsatish, transport, aloqa, xizmat ko‘rsatish sohasi, savdo va umumiy ovqatlanish sohalaridagi kichik korxonalarning o‘rtacha yillik xodimlar soni nechtadan oshmasligi lozim:
A) 50 tadan;
B) 120 tadan;
V)* 25 tadan;
G) 100 tadan.
Do'stlaringiz bilan baham: |