Корхонанинг асосий фондлари ва ишлаб чиқариш қуввати
Download 37.45 Kb.
|
Корхонанинг асосий фондлари ва ишлаб чи ариш уввати
М = n Фmax / Mm .
Бу ерда: М -цех ёки учасканинг қабул қилинган ўлчов бирлигидаги ишлаб чиқариш қуввати; n - цех ёки участкадаги илғор ускуналар сони; Фmax – бош ускунадан фойдаланиш мумкин бўлган максимал муддат, соат; Мm –бош ускунада маҳсулот тайёрлашнинг прогрессив меҳнат сиғими, соат. Амалиётда ишлаб чиқариш қуввати ва ускуналарнинг юкланишини ҳисоблашда баъзида хатолар, улар ўртасидаги фарқни сезмаслик ҳоллари ҳам учраб туради. Корхона қуввати асосий ишлаб чиқариш фондлари, янги техника ва аниқланган заҳиралардан фойдаланган ҳолда маҳсулот ишлаб чиқариш мумкин бўлган максимал даражани тавсифлайди, ускуналарнинг юкланишни ҳисоблаш натижалари эса, ушбу қувватлардан режадаги даврда фойдаланишнинг даражасини аниқлайди. Демак, улар ўртасидаги принципиал фарқ шундаки, биринчи ҳолатда корхона ишлаб чиқариши мумкин бўлган маҳсулотларнинг максимал даражаси аниқланса, иккинчи ҳолда мазкур давр мобайнида ускуналардан қанчалик фойдаланилиши аниқланади. Ишлаб чиқариш дастурининг корхонада мавжуд бўлган қувватларга мос келишини аниқлаш учун, ўртача йиллик ишлаб чиқариш қуввати қуйидаги формуладан ҳисоблаб топилади: Мўр.йил = Мб + Мк· n1/ 12 + Мй · n2 / 12. Бу ерда: Мўр.йил – корхонанинг ўртача йиллик қуввати; Мб – корхонанинг йил бошидаги қуввати; Мк – йил мобайнида киритилувчи қуввати; Мй – йил давомида ишлаб чиқаришдан чиқарилувчи (йўқ қилинувчи) қувват; n1 , n2 – ишлаб чиқариш қувватларини ишга туширишдан ёки тугатилган ишлаб чиқариш қувватлари йўқ қилингандан то йил охиригача ўтган тўлиқ ойлар сони. Асосий ишлаб чиқариш фондларидан фойдаланишни яхшилаш билан боғлиқ бўлган мазкур чора-тадбирлар, кўпинча ишлаб чиқариш қувватлари балансини тузиш йўли билан амалга оширилиб, корхонанинг ишлаб чиқариш қувватлари ва уларни таъминлаш манбаларига бўлган эҳтиёжи аниқланади. Xulosa Moliyaviy natijalar - korxona faoliyatining yakuniy natijasini tasniflovchi ko’rsatkich bo’lib, balansning foyda va zarari haqidagi umumiy ma’lumotlarni buxgalteriya hisobida qiymat ko’rinishida ma’lum davrga aks etishidir. Shuningdek, korxonalarda hisobot davri ichida sodir bo’lgan xarajatlar va daromadlarni tan olish, dastlabki hisob ma’lumotlarni aniqlashtirish hamda ularni buxgalteriya hisobi va hisobotlarida to’g’ri hisobga olishning nazariy –uslubiy asoslarini mukammallashtirish hisob tizimini tashkil qilishda muhim ijobiy natijalarga erishiladi. Shunday qilib moliyaviy faoliyat xarajatlariga quyidagi moddalar kiradi: 1) O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan hisob stavkasi doirasida va ulardan yuqori doirada qisqa muddatli hamda uzoq muddatli kreditlar bo’yicha, shu jumladan to’lov muddati o’tgan va uzaytirilgan ssudalar bo’yicha to’lovlar. Shuni inobatga olish kerakki, xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga binoan olingan kreditlar bo’yicha har qanday foiz to’lovlari korxona tomonidan o’zining xarajatlari tarkibida hisobga oladi. 15 oktabr 2003 yilda O’z R.V.M. tomonidan tasdiqlangan xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomga asosan faqat to’lov muddati o’tgan va kechiktirilgan ssudalar bo’yicha foizlar, shuningdek bank va boshqa moliyaviy tashkilotlarning bergan uzoq muddatli kreditlari bo’yicha to’lanadigan foizlar xarajatlar tarkibi to’g’risidagi Nizomning 1-ilovasiga asosan soliqqa tortiladi. 2) Mulklarni uzoq muddatli ijaraga olish bo’yicha to’lanadigan foiz xarajatlari. 3) Kurslardagi salbiy farqlar va xorijiy valuta operatsiyalari bo’yicha zararlar. 4) Sarflangan (qimmatli qog’ozlarga, shu’ba korxonalarga va hakozalarga qo’yilgan) mablag’larni qayta baholashdan ko’rilgan zararlar. 5) O’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish va tarqatish bilan bog’liq xarajatlar: aksiyalar, obligatsiyalar, veksellar va boshqa qimmatli qog’ozlar. Bularga blankalarni xarid qilish, qimmatli qog’ozlarni tarqatgani uchun bankka to’lanadigan komissiya summasi va b. 6) Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa xarajatlar, shu jumladan salbiy diskont. Favqulodda foyda va zararlar - bu korxonaning xo’jalik faoliyatida nihoyatda kam sodir bo’ladigan, uning uchun odat bo’lmagan va korxonada boshqaruv qarorlarini qabul qilish natijasi bilan bog’liq bo’lmagan voqealardan olinadigan daromad va xarajatlardir. Shunday qilib, tegishli modda bir vaqtning o’zida odatdagidek emaslik, oldindan ko’rabilmaslik va takrorlanmaslik talablariga mos kelishi kerak. Shuni ham aytish kerakki, tegishli modda favqulodda holatga to’g’ri kelishi va kelmasligiga korxona faoliyat ko’rsatayotgan tashqi muhit ham ta’sir qiladi. Foyda va zararlar summasining hajmi favqulodda voqealarga o’tkazish va o’tkazmaslik uchun sabab bo’lolmaydi. Download 37.45 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling