Ko’rinishga ega bo’ladi?


Download 409.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana02.01.2022
Hajmi409.63 Kb.
#191050
1   2
Bog'liq
iqtisoddan oraliq nazorat

yuqori sur’atlari: 

 



Xitoy; 

 



Tojikiston; 

 



Armaniston; 

 



O‘zbekistonda. 

past sur’atlari: 

 

AQSh; 


Buyuk Britaniya

Rossiya Federatsiyasida kuzatilgan. 

 

Jahon iqtisodiyotining yalpi daromadi 2019 yilda 84,5 trillion AQSh dollarni, shu jumladan: 



 

AQSh 20,6 trillion dollar (ulushi 24,4 foiz); 

Xitoy Xalq Respublikasi 13,1 trillion dollar (ulushi 15,6%); 

Germaniya 3,9 trillion dollar (4,6%); 

Buyuk Britaniya 2,8 trillion dollar (3,3%); 

Rossiya va Janubiy Koreya 1,5 trillion dollari (1,9%)ni tashkil etadi. 

2019 yilgi tadqiqotlar natijasida yana shuni aytish mumkinki bu yil, ya’ni 2020 yilda pandemiya 

sabab  jahon iqtisodiyoti 3 foizga qisqarishi kutilgan edi. Bunda, AQShda pasayish -5,9%, 

Yevropa Ittifoqida esa -7,5 %ga pasayishi, Rossiyada esa bu ko’rsatkich -5,5%ni tashkil etishi 

kutilgan edi va bu prognozlar qaysidir ma’noda o’z so’zini oqladi ham.  

 

2.  b) Ishlab chiqarishni qaytadan jonlantirish uchun davlat qanday choralar ko’rishi lozim? Bu 



ko’rilgan chora-tadbirlarning natijasi qanday bo’ladi 

 

Inqiroz davom etayotgan davrida  iqtisodiyotning birinchi galdagi vazifalari bozor ishonchini 



tiklash, nobozor sektorini, birinchi navbatda renta munosabatlari ta’sir hududini qisqartirish va 

raqobatchilikni rivojlantirishdan iborat. Milliy iqtisodiyotni energiya-xom ashyo yo‘lidan 

innovatsion yo‘nalishga o‘tkazish samaradorligi aholining turli ijtimoiy guruhlari, hokimiyat va 

biznes o‘rtasidagi aloqalarning ishonch darajasi bilan belgilash kerak. 

 

Shuningdek, korxonalarning raqobatbardoshligi va ularning iqtisodiy holatiga koronavirus 



pandemiyasining ta’sirini yumshatish maqsadida ishlab chiqarish xarajatlarini pasaytirish, 

mahsulot tannarxini arzonlashtirish, transaksion sarflarni tejash chora - tadbirlari amalga 

oshirilishi lozim.Moliyaviy nochor korxonalarga imtiyozli kredit berish, bankdan olgan 

kreditlarini so‘ndirishga imtiyoz yaratish, mahsulotlarning energiya va boshqa xom ashyo 




sig‘imini pasaytirishni rag‘batlantirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarini imtiyozlarini yanada 

kengaytirish, ularning mahsulotiga bo‘lgan ichki talabni oshirish tadbirlari belgilangan. Ishlab 

chiqarishni yangi mahsulotlar va faoliyatlar bilan kengaytirish hisobiga diversifikatsiyalashni 

amalga oshirish, mahsulotlar va xizmatlar assortimenti va sifatini oshirish, ulardagi qo‘shimcha 

qiymat sig‘imini oshirish, sotish kanallari va bozorlarini kengaytirish, bandlikni, o‘z – o‘zining 

bandligini ta’minlash chora –tadbirlari keng amalga oshirish kerak.

 

Vaziyatning keskin 



o‘zgaruvchan bo‘lishini inobatga olib bugungi kunda kutilayotgan makroiqtisodiy vaziyat 

bo‘yicha nisbatan aniq prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish murakkab bo‘lib qolishi mumkin. 

 

3.  Mamlakatimizga Covid -19 kirib kelishi milliy  iqtisodiyotimizga anchagina salbiy ta’sir ko’rsatdi. 



O’zbekiston Respublikasi  Prezidentining 2020 yil 29 yanvardagi “O’zbekiston Respublikasiga 

koronavirusning yangi turi kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar 

dasturini tayyorlash bo’yicha respublika maxsus komissiyasini tashkil etish to’risida”gi F-5537-

son farmoyish qabul qilindi. Mamlakatimizda karantin e’lon qilindi va ko’p davlatlar qatorida 

bizni mamlakatimiz  uchun ham sinovli kunlar boshlandi. Fuqarolar mehnat faoliyatini 

masofadan turip bajarishlariga to’g’ri keldi. Bu esa juda ko’p sohalarni salmog’ini pasayishiga 

olib keldi. Cheet mamlakatlar bilan savdo ayirboshlash pasaydi. O’tgan davrga nazar tashlasak, 

xususan, O’zbekistonning Xitoy bilan umumiy savdo hajmi 2019 yil yakunlariga ko’ra $7’6 

milliardni tashkil etgan. Koronavirus karantini tufayli O’zbekistonning Xitoy bilan boshqa 

davlatlar kabi savdo ko’lami susaydi. Xususan, Xitoyga gaz yetkazib berish 20% ga pasaydi. Ayni 

paytda Xitoydan iste’mol uchun import qilinadigan mahsulotlarning kamayishi ichki bozorda 

ularning narxlarini ko’tarilishiga olib keldi. Buni oldini olish uchun esa ichki ishlab chiqarishni 

rivojlantirish va boshqa mamlakatlarning Xitoy tovarlarini o’rnini bosuvchi qismini import 

qilishni talab qiladi. Albatta bu o’z o’zidan inflatsiyani kuchaytiradi, narx-navo o’sib ketishiga 

olib keladi. 

4.   d) Ushbu holatda tovarlar bozoridagi bozor muvozanati, talab va taklif egri chiziqlari qanday 

ko’rinishga ega bo’ladi? 

Bu holatda albatta bozor muvozanati o’zgaradi. Jumladan , o’tgan davr mobaynida voqealar 

salmog’i shuni ko’rsatdiki, farmasevtika, oziq-ovqat va boshqa bir qator sanoat mahsulotlariga 

talab ortdi. Koronavirus infeksiyasi kuchaygan sayin dori-darmonlarga, shuningdek tibbiyot 

niqoblari va antiseptik vositalarga talab kuchaydi. Bu esa narxlarning ko’tarilishiga olib keldi. 

Ammo narxlar ko’tarilsa ham bun mahsulotlarga talab ko’tarilsa ko’taridiki aslo pasaymadi.  

Talab ko’tarildi, ammo taklif chiziqlari ham talab chiziqlari kabi ko’tarildi.  Koronavirus tufayli bir 

muddat o’ta yuqori bo’lgan narxlar hozirgi vaziyatga kelib biroz pasaydi.  

 

                                                 Xulosa  



Xulosa qilib aytganda  o’tgan bir yil davr mobaynida jahon iqtisodiyotida juda katta inqiroz 

kuzatildi. Bu kabi inqiroz o’tgan asrning 30-yillardan buyon hali sodir bo’lmagan edi. Global 

iqtisodiy inqiroz tufayli juda ko’p mamlakatlar qatori bizning davlat ham bir muddat 

qiyinchiliklarga duch keldi. Bozor muvozanati o’zgardi. Talab oshgani sayin inflatsiya ko’tarildi va 



bu vaziyat yil oxirigacha ham ta’sirini ko’rsatib kelmoqda. 

Download 409.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling