Ko`rish sezgisi va idroki va uni o`rganish metodlari
Download 81 Kb.
|
Ko`rish sezgisi va idroki va uni o`rganish metodlari
Idrok sharoiti o`zgarsa ham tashqi muhitdagi predmet va hodisalarni o`zgarmasdan idrok qilinishi idrokning konstantligi deb aytiladi. Bu muammoning qiziqarli tomoni shundaki, tashqi olamdagi predmet va hodisalarni ko`z pardasidagi tasviri doimo o`zgarib turadi ammo idrok obrazi o`zgarmasdan turaveradi.
Adaptatsiya - sezgi organlarini ularga ta’sir etuvchi stimullarga moslashishi, bunda ularning aks etilishini yaxshilashni yoki ortiqcha og`irlikdan xolos etilishi nazarda tutiladi (Qorang`ulik, yorug`likka moslashish). Ko`zning optik xususiyatiga ko`ra uch o`lchamli jismlar ko`z to`r pardasida ikki o`lchamli qilib aks ettiriladi. SHunga ko`ra teng bo`lgan, lekin turlicha uzoqlikda bo`lgan jismlar ko`z to`r pardasida turlicha hajmda aks ettiriladi.
Sezgi jarayoni ob’ektiv olamni to`g`ri aks etishini ta’minlovchi tashqi qo`zg`atuvchilarni tanlash va energiyani qayta ishlovchi sensor harakatlar tizimidan iboratdir. Idrokda esa doimo idrok etuvchi shaxsning hislatlari uning idrok etayotgan narsalariga munosabati, kishining extiyojlari, qiziqishlari, intilishlari, istaklari va his – tuyg`ulari u yoki bu tarzda aks etadi.
Download 81 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling