Ko’rish va quloqning mikromarfalogiyasi
Oval (utriculus) va yumaloq
Download 28.9 Kb.
|
Ko’rish va quloqning mikromarfalogiyasi
Oval (utriculus) va yumaloq (sacculus) xal-tachalar devorining strukturasi parda yarim doira kanallarnikiga o`xshash. Bu yerda ham sezuvchi moslamalar - statik dog`lar mavjud bo`lib, (114-rasm) ular-ning tuzilishi qirraning tuzilishiga o`xshab ketadi: tayanch hujayralar va ikki tip tukchali hujayralar bor.
Birinchi tip hujayralarning noksimon, keng va yumaloqlangan asosiga kelib tutashuvchi nerv tolalari kosachasimon apparat hosil qiladi (115 rasm).
Bu apparat ma`lum joylarda retseptor hujayra bilan sipanslar hosil qiladi. Prizmatik shakldagi ikkinchi xil hujayralarning asosiga afferent hamda efferent nerv terminallari bevosita tutashadi va xarakterli sinapslar hosil qiladi. Tukchali sensor hujayralarning uchida 60-80 harakatsiz tukchalar - stereotsiliylar va bitta harakatchan tukcha - kinotsiliy joylashadi. Dirildoq modda plastinka shakliga ega. Hujayralar yuzasidan ma`lum bir uzoqlikda dirildoq moddada kalsiyning fosfat va karbonat tuzlariga to`yingan donachalar - otolitlar (statokoniyalar) uchraydi. Oval va yumaloq xaltachalardagi otolitlar va tukchali hujayralar boshning fazodagi holati o`zgarishini qabul qiladi. Muvozanat analizatori. Nerv impulsining muvozanat organidan po`stloqqacha bosib o`tadigan yo`li uch nevrotsit: vestibulyar gangliy, vestibulyar yadro va ko`rish tepachalari nevrotsitlaridan iborat zanjirdir. “Statik qirra” va “statik dog`” tukchali hujayralarining atrofida tarmoqlanadigan nerv tolalari vestibulyar gangliyda joylashgan sezuvchi bipolyar nevrotsitlarning dendritlaridir. Bu gangliy ichki eshituv yo`lida vestibulyar nervda joylashgan. Gangliy nevrotsitlarining neyriti vestibulyar nerv tarkibida, keyin vestibulyar nerv chig`anoq nervi bilan qo`shilgach, stato-akustik nerv tarkibida uzunchoq miyaga qarab yo`naladi va vestibulyar yadro nevrotsitlarida tamom bo`ladi. Vestibulyar yadro nevrotsitlarining o`simtalari nevrotsitlari po`stloq nevrotsitlari bilan tutashuvchi ko`rish tepachalariga tomon yo`nalgandir. Download 28.9 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling