Koronavirus davosi


Download 16.32 Kb.
Sana09.12.2020
Hajmi16.32 Kb.
#162598
Bog'liq
Assalomu alaykum Azo1


Assalomu alaykum Azon.uz ijodkorlari. Bir necha kun avval kanalingizda “Koronavirus yuzasidan shayx Taqiy Usmoniy tavsiyalari’’ maqolasi chiqqan edi. Ushbu maqola yuzasidan yozgan maqolamni agar lozim topsangiz kanalingizga chiqaring. Zora, musulmon birodarlarimizga asqotsa…

Koronavirus davosi

Zamonamiz allomasi, Pokistonlik muftiy, shayx Muhammad Taqiy Usmoniy hozirgi koronavirus va boshqa barcha yomonliklardan saqlanish uchun tavsiyaqilganlar. Shayx xazratlarining aytishiga ko’ra, tushlarida tez tez Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni ko’rib turadigan tanishlari telefon qilib, tushlarida Rasuli akramni ko’rganliklarini aytibdi. Ikki olam sarvari, habibimiz, Rasululloh sollallohi alayhi vasallam hozirgi kunda hammani tashvishga solayotgan vabo va boshqa barcha yomonliklardan saqlanish uchun quyidagilarni tavsiya qilibdilar. 1. Fotixa surasini 3 marta; 2. Ixlos surasini 3 marta; 3. Hasbunalloohu va ni’mal vakiyl(Bizga Alloh taolo kifoyadir va Ul Zot eng yaxshi vakildir) duosini 313 marta.

O’sha solih kishi, boshqa birodarlarimizga ham manfaatli bo’lishini umid qilib, shayx hazratlaridan ushbu tavsiyani tarqatishni iltimos qilibdilar.

Bugungi kunda ushbu tavsiyaga ishonib, amalda o’qiyotgan birodarlarimiz ham unchalik e’tibor qilmayotganlar ham eng yomoni ishonqiramayotganlar ham bor. Ushbu ma’lumotlarimizdan so’ng bunday kishilar aql yuritib, fikrlab, mulohaza qilib ko’radi degan umiddamiz.

Payg’ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallam kimningdir tushlariga kirsalar u kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o’zlarini ko’rgan bo’ladi. U rahmoniy tush bo’ladi, shaytoniy emas. Shayton u kishining suratlariga kira olmaydi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning o’zlari bu haqda shunday marhamat qilganlar: “Kimki meni uyqisida(tushida) ko’rsa, darhaqiqat meni ko’ribdi. Chunki, shayton mening suratimda ko’rina olmaydi(menga o’zini o’xshata olmaydi). Solih tush payg’ambarlikning bir qismi! Payg’ambarimiz rasululloh sollallohu alayhi vasallam vafot etgan kuni shunday deganlar: “Mendan so’ng solih tushdan boshqa payg’ambarlik bashoratlari qolmadi’’. Ya’ni sizlarni Allohning izni ila tushlaringizga kirib, ogohlantirib turaman degani, Va Allohi a’lam. Solih tush rahmoniy bo’lib, u ilohiy hisoblanadi va u bashoratlar, tavsiyalar, qaytariqlar, belgilar, tog’ri yo’lga da’vat, buyruq yoki ALLOH bandasiga, bandalariga nimani iroda qilishiga qarab Ul Zot xohlagandek yo’sinda bo’ladi. Va Allohi a’lam! Demak, yuqorida aytilayotgan tush rahmoniy tush!

Ushbu tushni ko’rgan insonning ham nechog’lik saodatmand solih insonligini bilsak bo’ladi. Chunki, Alloh Taolo o’zining ogohlantirishini payg’ambari orqali, mana shu insonning tushiga kirgizib, bandalariga yetkazmoqda! Qolaversa, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hammaning ham tushlariga kiravermaydi, chunki u kishi ALLOHNING izni ila ummatlarining tushlariga kiradi! Demak, bu insonning ham rostgo’y, Allohning suyukli, solih bandalaridan deb bilamiz.

Shayx Muhammad Taqiy Usmoniy hazratlari bugungi kunda butun islom dunyosidagi sanoqli shayxlardan. Islom olimi, ulamo, zamonaviy iqtisodiyot, banklar faoliyati, tijoriy masalalarda islomiy hukmlarni tadbiq qilishda o’z taqvolari bilan ajralib turadigan ahli ilmlardan. U kishi dinimizga oid masalarda hozirgacha juda ko’plab kitoblarning muallifi hisoblanadi. O’zining ALLOHGA bo’lgan taqvosi, Alloh taolo o’z marhamati bilan u kishiga Islom ilmidan, nuridan bahramand qilganligi, bu insonning naqadar rostgo’y fozilu ulamo ekanligidan darak beradi. Allomalar, dinga xizmat qiluvchi olimlar, ulamoi kiromlar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning me’rosxo’rlaridir. Demak, ushbu tavsiyaga ikkilanmasdan amal qilsak bo’ladi. Aslida buni biz hushxabardek qabul qilishimiz kerak edi. Chunki, Allohga va rasuliga iymon keltirgan har bir banda bu xabarni Allohning kalomi, muxlis bandalarini ogohlantirishi deb, xursandchilikda iymon bilan, itoat bilan qabul qiladi! Endi menga ayting ey musulmonlar, biz qanday ummat bo’ldikki, mana shunday xushhabarga bee’tiborlik,ishonchsizlik bilan qarasak? Shumi bizning Allohga va rasuliga bo’lgan muhabbatimiz? m

nday



Download 16.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling