Ruza. Reklama matni, ijtimoiy tarmoq matnlari tahlili va tahriri


Download 182.91 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/2
Sana06.04.2023
Hajmi182.91 Kb.
#1335317
  1   2
Bog'liq
9-MA\'RUZA



9-MA’RUZA. REKLAMA MATNI, IJTIMOIY TARMOQ MATNLARI 
TAHLILI VA TAHRIRI 
 
Reja: 
1. Reklama matnlariga qo‘yiladigan talablar. Reklama matnida 
sinonimlar va qaytariqlar.
2. Reklama matnini yozish va reklama strategiyasi. Reklama matnlarida 
atamalar. Reklama matnlarining umumiy nuqsonlari. 
3. Internet jurnalistikasi matnlari tahlili va tahriri 
4. Matnda ixchamlikka erishish. Lid yozish mahorati. Havolalardan 
foydalanish. 
Kalit so‘zlar: reklama, reklama matni, sinonim, takror, reklama strategiyasi, 
termin, internet jurnalistikasi, ixchamlil, lid yozish, havola, ijodiy strategiya, 
maqsadli auditoriya, mahsulot, axborot, murojaat, matnli asos, xaridor, iste’mol. 
Reklama matnini yozish va reklama strategiyasi. Reklama yoki ijodiy 
strategiya to‘rt unsurdan iborat: 
1) maqsadli auditoriya; 
2) mahsulot konsepsiyasi
3) axborot tarqatish vositalari; 
4) murojaat strategiyasi. 
Reklama matnini to‘g‘ri yozish uchun, avvalo, murojaat strategiyasini ishlab 
chiqish zarur. Murojaat strategiyasi uchta operatsion unsurdan iborat: 
Matnli asos – nimani va qanday qilib bayon etmoqchisiz? Badiiy qismi – 
nimani va qanday qilib ko‘rsatmoqchisiz? Texnik vositalar – texnik vositalar bilan 
nimani va qanday qilib yaratmoqchisiz? 
Ushbu unsurlarni ishlab chiqish uchun matn muallifi va rassom tadqiqot 
natijalarini va faktlarini tahlil qilib chiqishlari, bozorni, tovarni va raqobatni 
o‘rganishlari zarur. U haqidagi savollarga aniq javob berishi lozim. Bozor qanday 
bo‘g‘inlarga bo‘lingan? Tovar qanday tarzda ko‘rsatiladi? Kim eng yaxshi potensial 
xaridor bo‘ladi? Maqsadli auditoriya tarkibi maqsadli bozor tarkiblaridan farq 
qiladimi? Tovarning qaysi xususiyatlari iste’mol uchun eng muhim hisoblanadi? 
Tovar obrazi nima degani? 
Matn tuzish asoslari. Matn – asosiy reklama e’lonida yoki kampaniya 
jarayonida aks etishi lozim bo‘lgan eng muhim aspektlarni yozma ravishda 
ifodalagan bo‘lishi darkor. Ya’ni, potensial xaridor kim bo‘lishi mumkin, degan 
savolga javobni bilish zarur. Demografik, psixologik va fe’l-atvori nuqtayi nazardan 
uni qanchalik batafsil tasvirlash mumkin? Va nihoyat, potensial xaridorning shaxsi 
qanaqa? 
Ayni paytda matnda ratsionallik va emotsionallik uyg‘un bo‘lishi kerak. 
Shundan so‘ng mahsulotni xaridorning iste’mol talabini qondirishga yo‘nalgan 
xususiyatlarni aniqlab olish juda muhimdir. 
Tovarning foydali ekanligini qanday qilib tasdiqlash mumkin? Bozorda u 
qanday o‘rin tutadi? Mazkur tovar o‘zida nimani ifoda etgan yoki etishi mumkin? 


Va so‘nggi aspekt – reklama matnida qanday usulni, yondoshishni, ohangni 
qo‘llagan ma’qul? Umuman olganda, e’londa nima haqda gap boradi? 
Ushbu savollarga topilgan umumiy javoblarning aynan o‘zi reklama matnining 
asosi hisoblanadi. Matn tuzish paytida badiiy bezash, texnik ijro kabi so‘zsiz 
vositalarga e’tiborni qaratish keyingi jarayondir. 
Bu holda uning uch qismi ham muhim: matn joyi, badiiy bezatilishi va texnik 
ijrosi. Ular o‘zaro uyg‘unlikda ishlab chiqiladi. Murojaat strategiyasi 
elementlarining to‘liq bayoni reklama e’loni yoki kampaniyasining o‘zak mag‘zi 
hisoblangan ijodiy ishlanmaning eng muhim shartidir. 
Aynan strategiya reklama nima haqda aytish lozim bo‘lsa, shuni aytishni, 
kimga aytish zarur bo‘lsa, shunga aytishni, qaysi ohangda kerak bo‘lsa, shunday 
ohangda aytishni ta’minlaydi. 
Asosiy g‘oyalar ishlanmasi. G‘oyani ishlab chiqish bosqichi – ham eng jiddiy, 
ham eng mahsuldordir. Bu kerakli axborotni yetkazish uchun yagona verbal (so‘z) 
yoki vizual (tasvir) konsepsiyani tanlash va tahlil qilish muammolari bo‘yicha 
barcha zarur informatsiyani umumlashtiruvchi uzoq davom etadigan, toliqtiradigan, 
qiyin ishdir. Bu matn yozib bo‘linganiga yoxud reklamaning badiiy ko‘rinishi 
yaratilganiga qadar aqliy ko‘rgazmali g‘oyani yoki reklama e’loni, zastavkaning 
vizual tasvirini yaratishni anglatadi. 
Ushbu jarayonni vizuallashtirish yoki konseptual deb aytish mumkin va u 
reklama e’lonini reklamalashtirishda muhim bosqich hisoblanadi. Reklama 
matnlarining otasi Jon Keyri, g‘oyalar – reklama matnidagi eng muhim narsa, deb 
hisoblagan. Uning fikricha, reklama g‘oyasini topish uchun sinalgan 12 ta yo‘l bor: 
– o‘z shaxsiy tajribasidan foydalanish; 
– o‘z shaxsiy tajribasini tahlil qilish; 
– ko‘ngildan chiqarib yozish; 
– boshqalar tajribasidan saboq olish; 
– tovar ishlab chiqaruvchisi bilan muloqotda bo‘lish; 
– tovarni o‘rganish; 
– mazkur tovar haqida ilgari berilgan reklama e’lonini o‘rganish; 
– raqobatdagi tovar reklamasini o‘rganish; 
– xaridorlar xabardorligini o‘rganish; 
– istiqboldagi xaridorlar oldida turgan muammolarni hal etish; 
– ishga bor aql-zakovatni sarflash; 
– muvafaqqiyatli chiqqan reklama e’lonini juz’iy o‘zgartirishlar bilan 
qaytarish. 
Yaxshi matn tuzishning 5 ta maqsadi mavjud: 
Diqqat-e’tibor – birinchi maqsad. Bu o‘rinda asosiy unsur sarlavhadir. Vositasi: 
illyustratsiya. Muhim xususiyatlari: rangi, hajmi, nooddiy tovush, video… 
Manfaat. – Diqqat-e’tibor yetarli emas, ya’ni, ushbu diqqatni ushlab turish 
uchun qiziqtirish ham zarur. Reklamadan ko‘zlangan maqsad – iste’molchi. Ishonch. 
– Odamlar ishonishlari darkor. Ular o‘z manfaatlariga mos keluvchi narsalarnigina 
o‘qishadi. Zamonaviy odamlar shubhasiz murakkabroq bo‘lib qolishgan. Istak. Istak 
uyg‘otish uchun tovarning foydasi haqida gapirish kerak. Buning uchun esa 
xaridorni yaxshi bilish zarur. Tovarning foydasi haqida aniq bilish lozim. Harakat 


zudlik bilan yoki kelgusidagi harakat ko‘pgina e’lonlarda hamisha bir holatiga 
e’tibor qilinmaydi, ya’ni odamlarning sizning tovariningiz bilan ishi yo‘qligi, 
o‘zlarining ishlari boshlaridan oshib yotganligi fakti.
Reklama matnlarida atamalar (Matn tuzish asoslari) 
Barcha reklama matnlari ko‘plab elementlardan yoki komponentlardan iborat. 
Bu elementlarni yagona biror narsa hosil bo‘lmaguncha aralashtirish, bo‘rttirish, 
kamaytirish, joylarini almashtirish, o‘zgartirish yoki olib tashlash mumkin. 
Bosma e’lonning eng muhim elementlari; sarlavha, vizual vosita, ruknlar, 
asosiy matn, sarlavhachalar, vstavkalar (kiritmalar), ramkalar, shiorlar, logotiplar, 
faktlar, qaydlar. 
Sarlavha matbaa e’lonining eng muhim elementi hisoblanadi. U eng birinchi 
o‘rinda turadi. Shuning uchun sarlavha ko‘zga tashlanadigan, diqqatni jalb etadigan 
bo‘lishi zarur. Sarlavha yirik harflar bilan teriladi. Sarlavha 6 ta asosiy vazifani 
bajaradi: 
1) U diqqatni jalb etishi zarur; 
2) O‘z o‘quvchisini (tovar iste’molchisini) tanlay bilishi kerak; 
3) Sarlavha kishini muayyan narsaga, chunonchi o‘quvchini asosiy matnga 
yo‘naltirishi lozim; unda tijorat g‘oyasi to‘liq o‘z aksini topishi lozim; 
4) Sarlavha tovarni xarid qilishdan foyda ko‘rilishini va’da qilishi darkor; 
5) Sarlavhada tovarda o‘quvchini qiziqtiruvchi yangilik o‘z aksini topishi zarur. 
Muhim detal: mutaxassisning hisoblashicha odamlar sarlavhani reklama 
matniga nisbatan 5 baravar ko‘proq o‘qishar ekan. Shu boisdan ko‘p narsa 
sarlavhaga bog‘liq.
Sarlavhaning turlari juda ko‘p. Sarlavhalar 5 ta asosiy turga bo‘linishi mumkin: 
1) Qiziqtiruvchi – o‘quvchida qiziqish uyg‘otuvchi, u ko‘proq narsani bilishini 
istaydi va matnni o‘qishga tushadi. 
2) Informatsion turi – bu yerda yangi informatsiya ma’lum qiladi va «buni 
qanday qilib yasash» (bilish, xarid qilish va hokazo) aytiladi. 
3) So‘roqli – ko‘p qo‘llaniladi, biroq bu usulni suiste’mol qilish xavfi bor. 
Basharti o‘quvchi savolga osongina yoki salbiy javob topsa, bu holda uning reklama 
matnini o‘qish ehtimoli kamayadi. 
4) Tovarning foydali xususiyatlari haqida bu tovarning foydali xususiyatlari 
haqidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaatdir. 
5) Buyruq ohanggi – nimadir qilishni buyruq qiladi. Bu har doim ham yomon 
emas. 
Sarlavhachalar. Ular eng muhim tijorat fikrini uzaytirishga xizmat qiladi. 
O‘quvchi boshqa o‘qishni istamasligini hisobga olish zarur. Bu yerda sarlavhada 
aytilgan narsa rivojlantiriladi. Sarlavhachalarda informatsiyaning eng muhim 
mazmuni – raqamlar, faktlar aks etgan bo‘lishi mumkin. Asosiy matn u 
informatsiyani to‘liq qamrab oladi. Mazmun tijorat ruhida bo‘lishi darkor. Va mayda 
harf bilan yoziladi. 
Asosiy matnga 5 ta talab: 
Bosh g‘oyani ta’kidlash zarur; Tovar o‘rnini aniq ko‘rsatish lozim; 
iste’molchilarga uning foydali ekanligi ta’kidlash kerak; savdo markasining nomi 
ta’kidlanadi va mustahkamlanadi; matn aniq va lo‘nda yoziladi.


Reklama matnini tuzishning keng targ‘iboti, qolgan uslublari quyidagilar: 
faktlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon etish, hikoya qilish; o‘zini-o‘zi ta’riflash; 
diolog-monologlar, illyustratsiyalarni qo‘shish;original janr. 
To‘g‘ridan-to‘g‘ri bayon qilish sarlavhada va sarlavhachalarda aytilgan 
informatsiyani davom ettirish, tovar xususiyatlari ahamiyatiga qarab sanab o‘tiladi. 
Hikoya qiluvchi matnda jamiki voqealar bayon etiladi, hikoyada biror muammo 
e’tiborga olinadi va uni yechish yo‘llari aytib o‘tiladi. O‘zini-o‘zi ta’riflashda ortiq 
darajada o‘zini maqtab yuborishga yo‘l qo‘ymaslik zarur. 
Dialog-monolog uslubidagi matn ishonchsizlikni yo‘qotishga xizmat qiladi. 
Buning uchun dramaturg tajribasi zarur. Sotish g‘oyasi qatnashchilarning so‘zlari 
yoki sahna ko‘rinishi yordamida yetkaziladi. 
Illyustratsiya yordamida voqeani hikoya qilish vizual materialdan 
foydalanishni anglatadi.
Reklamada turli uslubni yoki boshqa orginal janrni qo‘llash mumkin. Matn 4 
ta asosiy elementdan iborat: kirish abzatsi; ichki abzatslar; oraliq kodi; kod.
Kirish abzatsi o‘quvchi qiziqishini tovarga bo‘lgan qiziqishga aylantiradi; 
Ichki abzatslar tovarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytiradi, buning uchun reklama 
haqqoniy bo‘lishi, ishonch uyg‘otishi lozim. Oraliq abzatslar oralig‘ida buyurtma 
berish istagini to‘ldirishni anglatadi. Yaxshi reklama matnida bunday usullar bir 
nechta bo‘ladi. Kod – reklama e’loni so‘nggida iste’molchiga murojaat bayon 
etilgan bo‘lib, uni qanday bajarish aytiladi. Reklamadagi bu joy, tom ma’noda 
olganda, tovarni sotadigan punktning o‘zginasidir. Kod to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki 
bilvosita yashirin taklif yoki buyruq tarzida bo‘lishi mumkin. 
Vstavka (kiritma) va ramkalar… Shiorlar… Muhr, logotiplar va dastxatlar. 
Xulosa shuki, reklamada matn aniq, sermazmun, qiziqarli, ishonarli, hayajonli, nafis 
va esda qoladigan qilib yozilishi kerak.
Reklama matnining umumiy nuqsonlari. Umumiy gaplar hech kimda ishonch 
hosil qilmaydi. Iste’molchiga aniq informatsiya zarur.
Asosiy nuqsonlar: Noaniqlik. Undan qochish uchun quyidagilarga amal qilish 
joiz: Tushunarli, hamma anglaydigan so‘zlarni qo‘llash; Kundalik murojaat tili; 
Qisqa so‘zlar, iboralar, jumlalar; O‘quvchilarni yangi so‘zlar bilan tanishtirish. 
Obstruksionizm, bu – uzun jumladir. Reklamada bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi. 
Informatsiya to‘liq, ayni vaqtda qisqa bayon bilan ifodalanishi lozim.
Klishe (qoliplar) siyqasi chiqqan jumlalar va obrazlar reklamaga faqat zarar 
keltiradi. 
Orttirma darajani qo‘llamaslik maqsadga muvofiqdir, chunki kishilar 
ishonishmaydi.
Abstraktlik – «Chiroyli», «Me’yoridagidek» va «Haqiqatda» kabi abstrakt 
so‘zlar aniq bo‘lmay, unda baholash ravshanligi yo‘q. Aniqlik o‘z individual 
tajribasiga suyanishni anglatadi. 
Manmanlik reklamasi. («Yakanye» – «men-men») Bunday reklama – reklama 
beruvchiga emas, auditoriyaga qaratilishi zarur. Iste’molchining talablari haqida 
gapirish kerak. 
Inkorni qo‘llash. Yaxshisi bundan qochgan ma’qul. O‘quvchi ijobiy holatlarni 
yoqtiradi. 


Evfemizmlar – qo‘pol, beadab gaplarni pardali qilib aytish. Masalan, «qayta 
sotilayotgan avtomobil» («ishlatilgan» degandan ko‘ra – o‘rniga), «noqulaylik 
tug‘diradigan namlik» (terlash) va h.k. 
Diffamatsiya – real (hayotdagi) odamlarni salbiy tomondan tasvirlashga yo‘l 
qo‘yib bo‘lmaydi. 
Shaxsiy ismlar – chunki adashlar yoki familiyadoshlar bo‘lishi mumkin. 
Jug‘rofiy nomlar – savdo belgisini himoya qilishni ta’minlash qiyin bo‘lib 
qoladi. 
Yangi nomlar – muvaffaqqiyatli chiqqan holatlar ham bo‘ladi («Kodak»). 
Bosh harflar (initsial) va raqamlar – muvaffaqiyatli holatlar uchrab turadi (Ay-
Bi-Em). Biroq, umuman olganda ularni onda-sonda alohida qo‘llash tavsiya etiladi. 
Firma nomi – muvaffaqqiyatli qo‘llanilgan misollar bor. 
Litsenziyalangan nomlar – bu atamalarni cheklangan darajada qo‘llash 
mumkin. 
Ilmiy adabiyotlarda (masalan, B.G.Matveyev kitobida) reklamaga ko‘plab 
ta’riflar berilgan. Shunday qilib turli mualliflarning fikricha
Reklama:
Biror-bir tovar yoki xizmatga xaridor topishning eng arzon yo‘lidir;
Tovar xizmat haqida tasavvur uyg‘otish va tarqatish, bu bilan iste’molchida uni 
xarid qilish istagini tug‘dirish; 
Biror narsani muvafaqqiyatli sotish yo‘li;
Iste’molchining diqqatini tovarga, xizmatga jalb etgan holda ularga bo‘lgan 
talabni oshirish; 
Tovarlar, xizmatlar yoki foyda haqida ishontiruvchi axborot vositasi, xarid 
uchun potensial xaridorlar tayyorlovchi, tovarlar, xizmatlarning iste’mol 
xususiyatlari haqidagi tijorat tashviqotidir.

Download 182.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling