Koronavirusning kelib chiqish tarixi. Yangi koronavirus (covid-19) haqida qarash va farazlar. Ularni davolash bo’yicha tahlillar. Boboyorov Sardor Uchqun o'g'li


Download 293.33 Kb.
Sana05.06.2020
Hajmi293.33 Kb.
#114628
Bog'liq
SARDOR BOBOYOROV Koronavirus


Koronavirusning kelib chiqish tarixi. Yangi koronavirus (COVID-19) haqida qarash va farazlar. Ularni davolash bo’yicha tahlillar.

Boboyorov Sardor Uchqun o'g'li

Toshkent Tibbiyot Akademiyasi Termiz filiali 2-bosqich" Davolash " fakulteti

"Davolash ishi" yo’nalishi 215-guruh talabasi ( sardorbekboboyorov@gmail.com) +998996749921

Annotatsiya: Ushbu maqolada hozirgi kunda global muammo va pandemiyaga aylangan koronavirus (COVID-19) ning kelib chiqishi, antigenlari, klassifikatsiyasi chidamliligi, yuqish yo’llari, dunyo mamlakatlarining davolash bo’yicha olib borayotgan tahlillari va uni oldini olishga qaratilgan

Kalit so’zlar: COVID-19, antigen, klassifikatsiya, davolash, xloroxin JSST, bezgakka qarshi preparatlar



Koronaviruslar oilasi (Corona viridae)

Koronaviruslar oilasi (lotincha corona — toj) odam va hayvonlar uchun patogen bo ‘lgan 13 tur virusdan tarkib topgan. Odamlarda kasallik keltirib chiqaruvchi respirator koronaviruslar va enteral koronaviruslar tafovut qilinadi. Koronaviruslaming OC38 va OC43 shtammlari odamlarda yengil respirator kasallikni keltirib chiqaradi, 229 shtammi esa enteritga sabab bo'ladi. Bu viruslar hayvonlarda gepatit (sichqon gepatit virusi), gastroenterit (cho‘chqa gastroenterit virusi), tovuqlarda yuqumli bronxit va ensefalitni keltirib chiqaradi. SARS, MERS va yangi koronavirus kabi kam uchraydigan shakklar o’limga olib kelishi mumkin. Bu viruslar birinchi marotaba Xitoyda 1965-1967-yillarda o ‘tkir respirator kasallikka yo'liqqan odamlardan ajratib olingan.

Undan tashqari Xitoyda 2002-2003-yillari atipik pnevmoniya (virus SARS-CoV) epidemiyasi olimlar tarqalmagunga qadarn e’tibordan chetda qoldi. Virus boshqa mamlakatlarga ham tarqalib, 8273 odam kasallangan va shundan 775 nafari o’lgan.

2012-yil Saudiya ArabistondaYaqin sharq respirator sindrom nomini olgan koronavirusning yangi turi (MERS-CoV) tarqaldi. Qisqa muddatda epidemiya 27 mamlakatni qamrab oldi.Kasallikdan o‘lganlar 30% gacha bo’lgani sababli, ko’p mamlakatlar, jumladan O’zbekiston ham vaqtinchalik Saudiya Arabistoniga reyslar to’xtatildi.

2015-yili Janubiy Koreyada koronavirus epedemiyasi qayd etilib, kasallanganlar 183 insondan 33 nafari vafot etgan.

2019-yilning dekabr oyida Xitoyda yangi 2019-nCoV koronavirus epidemiyasi turi qayd etildi. U tezda boshqa mamlakatlarga ham tarqalmoqda. Bu yangi Koronavirusga Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti (JSST) tomonidan unga COVID-19 deb nom berildi va tarqalish bo’yicha dunyoning deyarli barcha nuqtalariga yetdi (Antarktida bundan mustasno). Shu sababli JSST tomonidan pandemiya holati e’lon qilindi va barcha mamlakatlar karantin choralarini birin-ketin joriy etdi.



Klassifikatsiyasi. 1-guruh

  1. Insonning koronavirusi (HCiV) 229E

  2. Insonning koronavirusi NL63

  3. Qorin orqali yuqadigan gastro-enterit virusi (TGEV)

  4. Koronavirus (CCoV)

  5. Feline yuqumli peritonit virusi (FIPV)

  6. Cho’chqaning epidemic diareya virusi (PEDV)

  7. Batareya koronaviruslari (masalan, 1A, HKU2)

2-guruh

  1. Odam koronavirusi (HCoV) OC43

  2. Odam koronavirusi HKU1

  3. SARS koronavirusi

  4. Kalamush koronavirusi (RCoV)

  5. Kalamush Sialodakro – adenit virusi (SDAV)

  6. Cho’chqa gemagglutinatsion ensefalomielit virusi (HEV)

  7. Qoramol koronavirusi (BCoV)

  8. Sichqon gepatit virusi (MHV)

  9. Ko’rshapalak koronaviruslari (masalan, SARS – shunga o’xshash koronavirus Rp3, HKU4, 229E kabi koronavirus)

3-guruh

  1. Parranda yuqumli bronxit virusi (IBV)

  2. Turkiya koronavirusi (TCoV)

Morfologiyasi. Virion sferik ko'rinishdabo'lib, o'lchami 76-160 nm, o'zida bir ipli musbat RNK tutadi. Virion oqsil va lipoproteid qobiqlar bilan o‘ralgan. Tashqi qobig‘ida 12-14 nm uzunlikdagi tikansimon o‘simtalari bor. Ular glikoproteidlardan tashkil topgan bo‘lib, gemagglutinatsiya qilish xususiyatiga ega.

Antigenlari. Virionda bir necha antigen bor. Odam koronaviruslarining shtammlari antigen xususiyatiga ko‘ra 4 guruhga bo’linadi. Ular umumiyantigenga ega.



Ko‘payishi (reproduksiyasi). Bu viruslarni odam embrionining traxeya va bronxlaridan olingan to'qima kulturalarida o'stiriladi. Virus hujayra ichiga endositoz yo‘l bilan kiradi va uning ko‘payishi sitoplazmada kechadi. Virionlar endoplazmatik to‘r membranasida yig‘iladi va kurtaklanish yo‘li bilan hujayradan chiqadi.

Chidamliligi. Koronaviruslar efir, etanol va boshqa organic erituvchilar ta’sirida parchalanadi. 60°C haroratda, ultabinafsha nurlar, nordon va ishqorli pH muhit ta’siriga chidamsiz.

Kasallikning odamlardagi patogenezi va klinikasi. Koronaviruslar odamlarga havo-tomchi yo‘li orqali tushadi. Infeksiya manbai bemor. Кorоnavirusli infeksiyalar, asosan, kuz va qish oylarida epidemiya ko'rinishida tarqaladi. Virus dastlab burun , tomoq va halqumning shilliq qavati hujayralarida ko‘payadi. Natijada kuchli tumov, bolalarda esa ko‘pincha bronxit va zotiljam rivojlanadi. Undan tashqari bu kasallikda ko’krak qafasida og’riq nafas qisishi va yetishmovchiligi kechadi. Viruslar me’da-ichak sistemasining shilliq qavati hujayralarida gastroenteritga sabab bo‘ladi. Ular ichakka qon orqali o'tadi. Agar bu kasallikga chalingan bemorda avvaldan biror bir surunkali kasali bo’lsa bu kasal ancha og’ir kechadi.

Immuniteti. Kasallikdan so'ng organizmda hujayraviy va gumoral immunitet hosil bo‘ladi. Juda ko’pchilik holatlarda bu kasallik bilan og’rigan bemorlar qonida antitanalar hosil bo’ladi. Yangi koronavirusda esa hali qanday immunitet qilish haqidagi aniq isbotlangan haqiqatlar yoq. Eng yomoni COVID-19 dan tuzalgan bemorlar virus tashuvchisi bo’lib qolishi mumkin. bu kasal tuzalgandan keyin qancha davom etishi ham hali to’liqligicha aniqlanmagan.

Laboratoriya tashxisi. Tekshirish uchun bemoming burun va halqumidan suyuqlik olinadi. Virusni ajratib olishda hujayra kulturasidan foydalaniladi. Ammo ularni kulturalarda o‘stirish juda qiyin, shuning uchun diagnostikasida, asosan, serologik usullar qo'llaniladi. Burun vahalqumning epitelial hujayralaridagi virus antigenlni aniqlash uchun IF usulidan foydalaniladi. Serologik tashxisida, asosan, KBR, NR, GATR, BGAR yordamida bemoming qon zardobidagi virusni neytrallovchi maxsus antitelolar aniqlanadi. Virus maxsus antitelolar tekshirilgan odamlarning 80% da uchraydi, bu koronaviruslarning aholi orasida juda keng tarqalganidan dalolat beradi.



Yangi koronavirus (COVID-19) haqida qo’shimcha yangiliklar.



Ko’payishi. Mutaxassislarning fikriga ko’ra COVID-19 virusining asosan odamdan odamga yuqish orqali sodir bo’ladi. Buning bir necha yo’llari mavjud.

  1. Havo tomchilari. Virus bilan kasallangan odam yo’talganda, aksirganda yoki gaplashganda virus bilan tomchilar burun yoki og’izdan havogauchadi. O’sha odamga yaqin masofada bo’lgan har kim tomchilarni o’pkasiga nafas olish orqali yuqtirishi mumkin.

  2. Aerozollashtirilgan transmissiya. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, virus havoda 3 soatgacha yashashi mumkin. Agar inson virus bilan o’ralgan havodan nafas olsa, u o’pkasiga borib tushadi.

  3. Yuzalar orqali yuqtirish. Koronavirus yuqtirishning yana bir usuli bu virusga chalingan odam yo’talib, yoki aksirgan joylarga teginishdir. Siz zararlangan peshtaxtaga yoki eshik tutqichini ushlab,so’ngra burningizga, og’zingizga yoki ko’zingizga teginishingiz mumkin. virus plastic va zanglamaydigan po’lat kabi yuzalarda 2 kundan 3 kungacha yashashi mumkin. Buning oldini olish uchun siz va oilangiz tomonidan kuniga bir necha marta ushlanadigan barcha tutqichlarni, tugmachalarni va boshqa yuzalarni tozalash, zararsizlantirish va dizenfeksiya ishlarini olib borishingiz zarur.

Davolash. COVID-19 ni davolash uchun hozirgi kunda dunyoning barcha davlatlari, ayniqsa rivojlangan davlatlar va ularning kompaniyalari tomonidan vaksina yaratish ishlari olib borilmoqda. Bular :

  1. Favilavir Xitoyda birinchi bo’lib korinavirusga qarshi qo’llangan dori vositasi

  2. Fusogenix DNA vaksinasi grek farmasevtlari tomonidan ishlab chiqilgan

  3. AQSH oziq-ovqat va dori preparatlar administratsiyasi chloroquine va hydrochloroquine virus davosi deb tavsiya qilmoqda.

  4. ChAdOx1 NCoV-19 by University of Oxford Jenner institute

  5. NP-120 (Ifenprodil) by Algernon Pharmaceuticales

  6. APN01 by University of British Colombia and APERION Biologics

  7. Avian Coronavirus Infectious bronchitis Virus (IBV) vaccine by MIGAL Research Institute in Israil

  8. TNX-1800 by Tonix Pharmaceuticales

  9. mRNA-1273 vaksinasi italyan vaksina izlanish markazi tomonidan ishlab chiqilmoqda

  10. AQSH prezidenti Donald Trampning bezgakka qarshi vosita bo’lgan gidroksixinolonning “tibbiyot tarixidafi eng yirik kashfiyotlardan biri” bo’lishi ehtimoli haqidagi bayonoti sabab bo’ldi. Ushbubayonotdan bir necha kun o’tib Rossiya tibbiyot-biologiya agentligi rahbari Veronika Skvorsova Rossiyada hamboshqa bir bezgak dorisi – mefxolinni sinab ko’rish boshlanganligini e’lonqildi.

  11. Rossiya SSV ning birinchi muvaqqat tavsiyalari 29-yanvardayoq e’lon qilingan edi va unda quyidagi vositalar ko’rsatilgan: [x]TOPC[/x/]SARS o’tkir respirator sindromni davolashda qo’llaniladigan antivirus preparati bo’lmish – ribavirin; OIV ga qarshi ingibitorlar bo’lmish lopinavir va ritonavir hamda IFN-B1b rekombinatsiyalangam interferon bo’lmish immunomodulyator.

Ushbu hujjatning, ya’ni SSV muvaqqat tavsiyalarining so’nggi (to’rtinchi) talqini 27-mart kuni yangilandi va unda endi ribavirin ko’rsatilmadi. Lekin boshqa tavsiyalarda qo’shimcha ravishda endilikda ro’yxatda bezgakka qarshi vosita bo’lgan xlorixin va gidroksixlorixin ham ko’rsatilgan bo’lib, shuningdek, antitelalar asosidagi preparat bo’lgan tolizumab ham qayd etildi.

Jahon sog’liqni saqlash tashkiloti boshchiligidagi “Birdamlik” dasturi. 18-mart kuni JSSTning koronavirud bilan bog’liq vaziyatga oid navbatdagi majlisida tashkilot boshlig’i Tedros Gebreyesus “Birdamlik”([x]Solidarity[/x]) nomi ostidagi xalqaro keng miqyosli klinik sinovlar loyihasiga start berilganini e’lon qildi. Alohida qayd etish joizki, “Birdamlik” loyihasida faqat to’rt xil terapiya usuli inobatga olinadi:

* Remdeziver

* Xloroxin yoki gidroksixloroxin

* Lopinavir + ritonavir

* Lopinavir + ritonavir + B-interferon (IFN-B1b)

JSST aynan shularni nisbatan istiqbolli deb qaramoqda.

Xloroxin – tabiiy modda bo’lgan xiningaa o’xshash tarkibiga ega bo’lgan bezgakni davolash uchun ishlatiladigan sun’iy olingan dori moddasi. Uni 1934-yil nemis kimyogari Xans Andrsag tomonidan kashf qilingan.

Gidroksixloroxin - esa unga juda o’xshash modda bo’lib, u xloroxindan faqat ikkita atomga ([x]OH[/x] gidroksil guruhining mavjudligi bilan) farq qiladi.

Ularni qo’llash 1955-yilda ma’qullangan. Mefxolin esa xinolinlar bilan aynan bir xil struktura asosiga ega bo’lgan ftorli hosila bo’lib,lekin u xlooxindan tamoman farq qiladi; mefloxolinni 1970-yillarda AQSH harbiylari tomonida ishlab chiqilgan bo’lib, xinolinga nisbatan bezgak virusi barqarorlik hosil qilib olgach, ( dori bemorga ta’sir qilmay qo’ygach) amaliyotda qo’llana boshlanadi. Ushbu preparatlar bezgakni davolash uchun ancha eskirgan, lekin hozirda ham qo’llashga tavsiya qilinishi mumkin.

Xulosa qilibaytganda yangi koronavirusni davosi hali topilmagan. Buning ustida olimlar ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Vaksina topishda qiyinchilik tug’diradigan holat virus har bir iqlim mintaqasida har xilday moslashishi qiyinchilik tug’diradi. Bu kasallikni yuqtirmaslik uchun shaxsiy-gigeyena va archa qoidalarga amal qilishi dizenfiksiyalovchi eritmalardan muntazam foydalanish va oraliq masofani saqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Barchamizning sog’ligimiz o’z qo’limizda!!!

Foydalanilgan adabiyotlar:



  1. I. Muhammedov,E. Eshboyev, N.Zokrov, M.Zokirov “Mikrobiologiya ImmunologiyaVirusologiya” Toshkent 2006-yil 531-532-bet

  2. I. Muhammedov “Tibbiyot virusologiyasi” Toshkent 2012-yil

  3. R. Haitov “ Immunologiya” Toshkent 1996-yil

  4. www.clinicaltrialsarena.com

  5. Daryo.uz

Download 293.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling