Korporativ Boshqaruv" fakulteti "


Manfaatlarning to‘qnashuvi


Download 112.75 Kb.
bet2/4
Sana28.02.2023
Hajmi112.75 Kb.
#1237358
TuriReferat
1   2   3   4
Bog'liq
Audit. Bd-52 Xajiyeva Kamola

Manfaatlarning to‘qnashuvi


  1. UMUMIY STANDARTLAR

Mustaqillik. Ish sohasi buyicha yaxshi xabardor bo‘lishlik.
Etarli eotibor berishlik.

  1. BOSHqA UMUMIY STANDARTLAR

  2. ISHCHI STANDARTLAR

Rejalashtirish (tayyorgarlik ko‘rish)
Nazorat va tekshirish
Ichki nazorat vositalari
Maolumotlar (dalil, isbotlar)
Hujjatlar taxlili

  1. HISOBOT STANDARTLARI

Nomlanishi, sana, imzo
To‘la bayon qilinishi, taftish predmeti, qonuniy asosi, standartlarga muvofiq kelishi, vaqtida tayyorgarligi
Ushbu standartlar auditorlik taftish o‘tkazishda (jumladan avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarida ham) rioya qilinishi kerak bo‘lgan tasvir hisoblanadi.
Asosiy tamoyillar – bu auditorlik faoliyati standartlarining umumiy asosini tasavvur etuvchi sharoitlar, mantiqiy prinsiplar va qonuniyatlardir.
Ular auditorga fikr – muloxaza qilish va hisobot tuzish (xususan, muayyan standartlardan foydalanish imkoniyati bo‘lmagan vaziyatlarda) uchun yo‘nalish sifatida xizmat qiladilar.
Auditning quyidagi tamoyillari mavjud:

  • standartlarga mos kelishlik;

  • mulohazalarning xolisonaligi;

  • jamoat hisobot berishligi;

  • rahbariyat maosuliyatligi;

  • standatrlarning tushunarli va foydalanish imkoniyati mavjudligi;

  • standartlarning kelishilganligi;

  • axborotlarga ega bo‘lishlik imkoniyati;

  • faoliyat nazorati;

  • taftish texnikasini yaxshilash.

Audit sohasida, ayniqsa uning tamoyillarning amaliy ahamiyati muxim bo‘lib, ularning zarurligi to‘g‘risida mulohazalar g‘arb davlatlaridagi hamkasabalarimizda allaqachon paydo bo‘lgan. Ikki yirik tadqiqotchilar R.K.Mauts, U.A.SHaraf 1961 yilda auditning tamoyillarini izoxlashgan. 1982 yilda T.Li va D.K.Robertson ularni to‘liqlash kerakligi to‘g‘risida taklif kiritishdi. Auditiga oid g‘arb adabiyotlarida R.K.Mauts va U.A.SHaraf tamoyillari keng tarqalgan bo‘lib, uning mazmuni quyidagilardan iborat:

  1. Hisobotni tekshirish zaruriyati:

agar tekshirish uchun talab qilingan hujjatlar taqdim etilmasa yoki hisobotda jiddiy kamchiliklar aniqlangan vaziyatda auditor xulosa bera olmaydi. Tamoyilning maqsadi – auditorga taoziyq o‘tkazib mumkin qadar ko‘p talabchanlikni yuzaga keltirish, mijozlarga esa – auditor ish sharoitini yaxshiroq tushunib etishga taoziyq o‘tkazish.
2. Auditor va maomuriy manfaatlar o‘rtasida nizo chiqishini gumon qilmaslik kerak. Ushbu tamoyil tekshiriluvchilar va tekshiruvchi orasida o‘zaro ishonch va quvvatlashni yaratishi kerak.
3. Tekshirilmagan hisobot ishonchga sazovor emas. Mazkur tamoyil birinchisiga nisbatan teskari bo‘lib, quyidagilar tasdiqlanadi:
a) mijoz uchun uchinchi shaxs (audit firma) tomonidan tomonidan hisobotlarning to‘g‘ri tuzilganligi to‘g‘risida tasdiqnoma olish zarurati;
b) tekshirilgan hisobot maolumotlarining nafaqat oboektivligi va to‘g‘riligi balki auditor tomonidan berilgan xulosa ehtimol tutilgan oqibatlari uchun maonaviy va iqtisodiy javobgarligi yaoni tekshiruvchilarning kafolati.
Ushbu xolatda auditorlik firmalar aksioner jamiyati va firma mijozi qarzdorlarining ehtiyot qilib saqlab qoluvchi sifatida vujudga keldi.
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ishchi guruxi va O‘zbekiston buxgalterlar va auditorlar uyushmasi ( prof YU.M. Itkin) xamkorligida auditorltk faoliyatining qator qoidalari (standartlari) ishlab chiqilgan. Bunday rasmiylashtirishni ko‘zda tutgan audit o‘tkazishda qoida talablarining bajarilish majburiydir, bunday xulosasini ko‘zda tutmagan audit o‘tkazishda va auditga bog‘liq xizmatlarni bajarishda esa bu talablar tavsiyaviy xarakterga ega. Odatda, auditorlik tekshirishni o‘tkazishga shartnoma tuzayotganda, iqtisodiy suboektlar audit natijasida rasmiy xulosa olishga tayanadilar. Audit o‘tkazishda yuqoridagi kasb talablari bajarilishi muhimdir. SHubxasiz, auditorlik faoliyati standartlashtirishni talab qiladi, auditorlik faoliyatining ichki standartlari audit mavjud bo‘lgan barcha mamalakatlarda mavjuddir. Ularning vazifalari:
- auditorlik faoliyatining xuquqiy asoslarini taominlash;
- auditorlar va tekshirilayotgan suboektlar o‘rtasida javobgarlikning xuquqiy chegaralanishi;
- auditorlik isbotlar va natijalarning taqqoslanishini olish maqsadida tekshirish o‘tkazishda maqbul prinsiplar qo‘llash;
- mijozlar bilan javoblarni kelishini jarayonini tartibga solish va boshqalar.
Auditorlik faoliyatining qoidalari tasdiqlangandan so‘ng standartlashtirishning zaruriyati xaqidagi savol barcha auditorlik birlashmalar, yirik auditorlik tashkilotlar tomonidan ko‘tariladi. SHuningdek turli xil tashkilotlar tomonidan tavsiya etiladigan va keyingi ishlarda asos bo‘la oladigan auditorlik standartlarining loyixalar soni etarli edi. SHubxasiz, bu qoidalarning ijobiy tomoni bo‘lib, ularning mavjudlik faktidir. Bunda qoidalar ko‘rsatilagan barcha talablarni bajarish xarakatlari, afsuski, qator sabablar tufayli har doim ko‘pincha muvaffakiyatli tugamaydi.
Auditorlik faoliyati standartlari qonun tomonidan joriy etilgan me’yorlarni konkretlashtiradigan va tushuntiradigan xujjatlar bo‘lishi kerak.
Ichki firma standartlari va yo‘riqnomalarini yaratish bo‘yicha masalani echish yirik auditorlik kompaniyalari uchun xam jiddiy masala xisoblanadi bu kompaniyalarda uslubiyatli yo‘nalishlar, tashkilot va ishlarni o‘tkazish, tajribali uslubiy qoidalari va boshqalar. Bunday tuzilmalarga egalik qilish murakkab bo‘lgan kichikroq kompaniyalar ko‘pincha juda og‘ir vaziyatda qoladilar, chunki standartlarning barcha talablarini bajarishga sarflangan vaqt qator xollarda tekshirish jarayonining bevosita bajarilishiga sarflangan vaqtdan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bu holda mustaqil ishlayotgan auditor yoki auditorlik kompaniyalarida quyidagicha tanlovi mavjud:
1. Tayyor ichki xo‘jalik standartlarini uning ishlab chiqarganlarini sotadigan yirik auditorlik kompaniyalaridan olish mumkin. Bundan olingan standartlar baribir maolum darajadagi ko‘nikishni talab qiladi.
2. Uslubiy nashr yoki axborot bazalaridagi boshqa auditorlarning ishlanmalari xaqidagi maolumotlardan foydalanish.
3. O‘z kuchlari bilan shunday standartlar va uslublarni ishlash yoki aniq kompaniya boshqaruvning fikricha, ular yanada muxim ko‘rinishda bo‘lishi kerak. Bunda auditorlik ishining sifatini yomonlashuviga olib kelmaydigan boshqa talablarning shakliy sxemasini o‘ylab topish kerak.
Auditorlar faoliyatini standartlashtirish ko‘pincha auditorlik kompaniyalar xodimlari tomonidan norozilikni keltirib chiqaradi. Bu ko‘p xollarda ularni yangi odatiy bo‘lmagan ish usullariga ko‘nikishlariga to‘g‘ri kelayotganligiga bog‘liq. Auditorlik kompaniyalari raxbarlariga bu psixologik chekinmaga bardosh berish talab qilinadi, standartlashtirishni zaruriyligini o‘zlarining xodimlarini yangi ish usullariga o‘rgatishni tashkil etish.
Ichki xo‘jalik standartlarini kiritish raxbarlarga xar bir ish bosqichida auditorlik tekshirish sifatini operativ nazorat qilishni, zaruriy boshqaruv qarorlarini qabul qilish, va nixoyatda, auditorlik xulosaga o‘zlarining imzolarini qo‘yishni imkonini beradi.
Xozirgi kunda respublikada auditorlik faoliyatining 26 qoidalari (standartlari ) joriy qilingan. Bunday qoidalardan biri bo‘lib, 1997 yildan boshlab iqtisodiy suboektlarning buxgalteriya hisoboti bo‘yicha auditorlik xulosalari tayyorlashda qo‘llaniladigan «Buxgalteriya hisobotining auditorlik xulosasini tuzish tartibi» xisoblanadi. qoida buxgalteriya xisobotining auditorlik xulosasini auditorlar tomonidan tuzishning yagona tartibini joriy qiladi. Standart tomonidan auditorlik xulosalarining bir necha turlari ko‘rib chiqilgan: ijobiy auditorlik xulosa, shartli ijobiy, salbiy xulosa va auditorlik firmasining o‘z fikridan voz kechish.
Amaliyotda salbiy xulosani qaysi xollarda ishlatish kerakligi noaniq bo‘lib qolyapti. Standartlarda salbiy xulosada auditor tekshirilayotgan iqtisodiy suboektlar xisoboti aniqlangan xollar tufayli tayyorlanishi kerak.
Fikrimcha, agar tekshirishda bunday xolat yuz bersa, unda xech qanday xulosa talab qilinmaydi, tekshirish paytidagi xatoliklarni tuzatish talab qilinsa, auditor yo‘l qo‘yilgan xatoliklarni bo‘yicha tavsiyalar bilan birga hisobot tuzishlari, o‘tkazilagan tuzatishlarni tekshirish natijasi bo‘yicha salbiydan farq qiladigan xulosa berishlari zarur. Agar xatoliklar tuzatib bo‘lmaydigan bo‘lsa, tekshirilayotgan iqtisodiy suboektga auditorlik xulosasi emas, balki balansini tuzatishda yordam talab qilinadi.
Standartda oldindan «iqtisodiy suobektning buxgalteriya hisobotining to‘g‘riligi to‘g‘risidagi auditorlik firmaning fikri bu suboekt va isteomolchilarga uning tarkibi va shakli aniq ko‘rsatilishi lozim» deb ko‘rib chiqilgan, standart ilovalarida auditorlik xulosalarining shakllari misol qilingan.
Iqtisodiy suboektlar auditor va raxbarlarining bir tilda gaplashishi uchun raxbarlarga bunday turdagi tushunchalarning moxiyatini xech bo‘lmaganda umumiy xususiyatlarini ochib beradigan maxsus izoxlar talab qilinadi. Biz o‘ylaymizki, o‘z mijozlarimizga auditorlik xulosa topshirayotganda tushunarsiz fikrlarni izoxlaydigan zarur sharx (tushuntirish) ham berish darkor, lekin ko‘p xollarda auditorlik xulosani umumtarqalgan iqtisodiy tushunchalarni qo‘llash bilan tuzish zaruriyati tug‘iladi.
YUqorida aytib o‘tilgan tushunchalar moxiyatini auditorlik tekshirish xarakatini boshlashdan oldin ochish maqsadga muvofiqdir va bu imkoniyat auditorga xat majburiyatni tayyorlashda beriladi. («Auditorlik tashkilotining audit o‘tkazishga roziligi to‘g‘risidagi xat-majburiyat»). Bu qoidaning maqsadi «auditorlik tekshirishni o‘tkazish to‘g‘risida bitimni tugatish bosqichida iqtisodiy suboekt va auditorlik firmasining majburiyatlarini belgilash» dan iborat.
Audit ishlarini bajarish uchun etarli sharoit bo‘lgan eotiborga olish fakti va xat-majburiyat oferta hisoblangan ko‘p g‘arb mamlakatlaridan farkliroq bu erda shunday tajriba mavjud-ki, sharoitlarning mavjudligida xam barcha sharoitlarning batafsil ko‘rsatib beradigan shartnoma xulosasi zarur bo‘ladi. Bunday turdagi shartnoma mijozning hamda auditorning majburiyatlarini tartibga solish imkonnini beradi.
Xulosa qilib aytganda, ichki xo‘jalik nazoratini tashkil qilishdan maqsad auditorlik faoliyatini boshqaradigan me’yoriy xujjatlarga to‘laligicha mos kelishdir. Bulardan kelib chiqqan holda auditorlik standartlarini tuzuvchilar kelajakda nafaqat auditorlik faoliyatini tartibga soluvchi talablar qo‘yibgina qolmasdan, balki joriy etilgan qoidalarga qaytishadi va xech bo‘lmaganda qisman ularga o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin.


  1. Download 112.75 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling