4-rasm. O’zbekiston tijorat banklari tomonidan ajratilgan investision
kreditlar30 (trln. so‘m)
29 www.cbu.uz sayti ma’lumotlaridan olindi.
30Markaziy bankning yillik hisobotlari
Yaratilgan qulay investisiyaviy muhit, jumladan, banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli investisiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig‘i stavkalarining joriy etilganligi tijorat banklarining investisiyaviy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda.
Jumladan, banklarning investisiya maqsadlariga ajratilgan kreditlari hajmi ham 2015 yilga nisbatan qariyb 1,2 barobar oshib, 2017 yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 12,2 trln. so‘mni tashkil qildi.
Hukumatimizning kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini shakllantirish va tadbirkorlikka yanada keng erkinlik berish borasida ilgari surilgan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida kompleks chora-tadbirlar amalga oshirildi va natijada ajratilgan kreditlar hajmi 2016 yilda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga ajratilgan kreditlar miqdori 2015 yilga nisbatan 1,3 barobardan ziyodga oshib, qariyb 15,9 trln. so‘mni, shundan mikrokreditlar hajmi 1,3 barobarga ortib, 3,3 trln. so‘mdan ortiqni tashkil etdi.
rasm. O‘zbekiston Respublikasining tijorat banklari tomonidan barcha moliyalashtirish manbalari xisobidan kichik biznes sub’ektlariga berilgan
kreditlar, shundan, mikromoliyaviy xizmatlar va “Asakabank” ATB tomonidan ko‘rsatilgan mikromoliyaviy xizmatlar31. (trln. so‘m)
31Markaziy bankning yillik hisobotlari asosida tayyorlandi.
Jumladan, mikrokreditlar hajmi 2,5 trln. so‘mdan oshib, bu ko‘rsatkich ham o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobardan ziyodga o‘sdi. Tijorat banklari tomonidan ayollarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan kreditlar hajmi o‘tgan yilga nisbatan 1,3 barobar o‘sib, shu yilning 1 yanvar holatiga ko‘ra 1,2 trln. so‘mdan oshib ketdi.
Shuningdek, banklar tomonidan yoshlarni, ayniqsa kasb-hunar kollejlari bitiruvchilarini tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb qilish, ularning biznes loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga ham jiddiy e’tibor qaratilmoqda. 2016 yili mazkur yo‘nalishga ajratilgan mikrokreditlar 362,1 mlrd. so‘mni tashkil etdi yoki 2015 yilga nisbatan qariyb 1,3 barobar o‘sishi ta’minlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |