Aktiv hisоbvaraqlarning qоldig‘i uning «debet» qismida bo‘lib
mablag‘larning ko‘payishi ham debetda aks ettiriladi, mablag‘larning kamayishi esa hisоbvaraqning kreditida ko‘rsatiladi.
Aktiv hisоbvaraqlar bo‘yicha buxgalteriya yozuvlari sxemasini
quyidagicha ifоdalash mumkin.
Aholi pul daromadlari darajasi davlat yordam dasturlari bo‘yicha to‘lovlar sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Bu manbalar hisobiga pensiya ta’minoti amalga oshiriladi va turli xil nafaqalar to‘lanadi.
Aholining moliya-kredit tizimi orqali olinadigan pul daromadlari quyidagilardan iborat: davlat sug‘urtasi bo‘yicha to‘lovlar; shaxsiy uy qurilishiga va matlubot jamiyati a’zolariga bank ssudalari; jamg‘arma bankiga qo‘yilmalar bo‘yicha foizlar; aksiya, obligatsiya bahosining ko‘payishidan olinadigan daromad va zayom bo‘yicha to‘lovlar; lotereya bo‘yicha yutuqlar; tovarlarni kreditga sotib olish natijasida tashkil topadigan, vaqtincha bo‘sh mablag‘lar; har xil turdagi kompensatsiya to‘lovlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |