Hozirgi kunda davlat, jismoniy va yuridik shaxslar aksiyador bo‘lishlari mumkin. - Hozirgi kunda davlat, jismoniy va yuridik shaxslar aksiyador bo‘lishlari mumkin.
- Ular mulkdor sifatida o‘z kapitallarini aksiyadorlik jamiyatlariga kiritadilar va albatta bundan manfaat (foyda, samara) kutadi.
- Bundan tashqari eng asosiy jihat bu aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqarish huquqini o‘z zimmalarida qoldirishidir.
- Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqargan holda maxsus boshqaruvni, joriymoliyaviy-xo‘jalik faoliyatini boshqarishni menejerlarga shartnoma asosida yuklaydi.
- Natijada menejerlar ham korporativ munosabatlarga kirishadi hamda faoliyatni samarali tashkil etish maqsadida xodimlar faoliyatini o‘zaro muvofiqlashtirib boradi.
Yana bir eng asosiy jihat bu korporativ tuzilmaning o‘z asosiy faoliyatini oshirishi uchun hamkor - Yana bir eng asosiy jihat bu korporativ tuzilmaning o‘z asosiy faoliyatini oshirishi uchun hamkor
- Ular ham korporativ tuzilma faoliyatidagi ishtirokidan kelib chiqqan holda manfaatdor tomonga aylanadi va bilvosita bo‘lsada korporativ boshqaruv jarayonida ma’lum holatlarda ishtirok etadi.
- Korporativ boshqaruvda davlat bilan munosabatlar ham jiddiy e’tibor talab qiladigan masalalardan biri hisoblanadi.
Bunda davlat tomonidan qo‘yilayotgan atrof-muhit muhofazasi, bandlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni hal qilish kabi masalalar korporativ tuzilma mulkdorlari tomonidan strategik qarorlar qabul qilishda hisobga olinishi talab etiladi. - Bunda davlat tomonidan qo‘yilayotgan atrof-muhit muhofazasi, bandlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni hal qilish kabi masalalar korporativ tuzilma mulkdorlari tomonidan strategik qarorlar qabul qilishda hisobga olinishi talab etiladi.
- Davlat bilan munosabatlarda soliq munosabatlari qamrovi kengligi va majburiy va davomli ekanligi bilan ham xarakterli hisoblanadi. Yuqoridagilardan tashqari davlatning aksiyador sifatidagi faoliyati korporativ boshqaruvda davlatning ishtirokini kafolatlaydi va bu amaliyot dunyo miqyosida keng qo‘llanilishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
- Korporativ tuzilma faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar hamda korporativ munosabatlar ishtirokchilari affillangan shaxslar deb ataladi.
- Bunda ma’lum bir qarorlar affillangan shaxslar roziligi asosida qabul qilinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |