Korporativ madaniyatning mohiyatini ta’riflashda, bizningcha, «korporativ»


Korporativ qadriyatlarni shakllantirish


Download 26.65 Kb.
bet2/3
Sana09.11.2021
Hajmi26.65 Kb.
#172389
1   2   3
Bog'liq
Korporativ madaniyatning mohiyati

Korporativ qadriyatlarni shakllantirish

Maqsadni belgilovchi fun­ktsiya xodimlarda umumiy ishga dahldorlik hissini hosil qilish va saqlab turishga yo’naltirilgan, bu ularning ishiga mazmun kiritadi, shuningdek, ularni tashkilotga sodiqlik ruhida tarbiyalashga, noxo’sh ta’sirlardan himoyalashga xizmat qiladi. Korporativ madaniyatning shakllanishi tashkilotning barqarorligiga erishishni nazarda tutadi.

Korporativ madaniyatning ushbu (tashkilot xodimlarida umumiy ishga dahldorlik hissini hosil qilish) funktsiyasi shunga xizmat qiladiki, korporativ madaniyat:

  • xodimlarning intellektual va ma’naviy energiyasi salohiyatining amalga oshirilishini kuchaytiruvchi ma’naviy-ahloqiy qadriyatlarni shakllantiradi (xodimning shaxs sifatidagi qadr-qimmati, uning o’zini namoyon etishi, birdam jamoa qadr-qimmati, umumiy foyda yo’lidagi faoliyat);

  • xodimlarning tashkilot rahbariyati bilan aloqalarini (ijtimoiy sheriklikni), mehnat jarayoni barcha ishtirokchilarining qadriyatlar, normalar, an’analar atrofidagi umumiyligi (birdamlik) hissini kuchaytiradi (bu ularning faoliyatning sifati uchun javobgarligini oshiradi).

Ushbu darajaning har bir tarkibiy qismi tashkilotning hujjatlarida mustahkamlanishi yoki an’analarda, ongli ravishda qo’llab-quvvatlanadigan qadriyatlarda qayd etilishi mumkin. Xatti-harakatning tegishli umumiy va o’ziga xos qoidalari bilan tanishtirish, ularni targ’ib-tashviq qilish va insonlar ongida mustahkamlash jarayoni g’oyat muhim ahamiyat kasb etadi. Ba’zan ushbu qadriyatlar rasmiy yoki jamoat tomonidan ma’qullanadigan hujjatlar – ustavlar, xatti-harakat kodekslari, reklama qilinadigan an’analar va hokazolarda rasmiylashtiriladi.

Korporativ madaniyat qadriyatlarining shakllanishi faqat xodimlarning oqilona ishlashi uchun sharoitlar ta’minlangan hollarda yuz beradi, bu albatta mehnatning mazmuni va sharoitlaridan, jamoadagi munosabatlardan, mehnat haqidan va ijtimoiy-ruhiy muhitdan, ijtimoiy ne’matlar bilan ta’minlanganlikdan qoniqish hosil qilinishiga olib kelishi lozim.

Korporativ madaniyat iqtisodiy jihatdan o’zini saqlab qolish uchun kurashayotgan korxonada mavjud bo’lishi mumkin emas. Faqat o’zining asosiy moddiy ehtiyojlarini qondirganidan so’nggina xodimlar korporativ madaniyat qadriyatlariga e’tibor qaratishi mumkin.

Bizning nazarimizda, ushbu holatlar:

  • xodimlarni tashkilot faoliyatida ijtimoiy-ruhiy ishtirok ettirish omilining ahamiyatini;

  • shaxsning shakllanishida kichik guruhning va guruhiy qadriyatlarning rolini;

  • qulay mehnat sharoitlari, teng huquqli boshqarish va nizolarni bahamjihat hal etishning ahamiyatini;

  • xodimlarni noiqtisodiy motivatsiyalashning muhimligini ko’rsatmoqda.

Samarali faoliyat ko’rsatishni istovchi tashkilot qadriyatlarga ega bo’lishi shart. Bunda xodimlarning ma’naviy tamoyillari tashkilotning qadriyatlariga nizolarni keltirib chiqarmaydigan darajada yaqin bo’lishi kerak. Aks holda xodimning hafsalasi pir bo’ladi va u samarali mehnat qila olmaydi.

«Ideal» korporativ madaniyatning asosida yotuvchi qadriyatlar sifatida quyidagilar taklif etiladi: ushbu korxonada ishlashning ustunligi – yaxshi jamoa, «umumiy taqdir» hissi, umumiy ishga dahldorlik; rahbariyatga ishonish, jamoada ishlashni bilish va o’zaro yordamga ishonish (kichik guruhning, ish o’rnida xodim atrofidagi kishilarning qadriyatlari); o’zini namoyon etish imkoniyati, barqarorlik, ertangi kunga ishonish, xodim manfaatlari va huquqlarining himoyalanganligi, majburiyatlarni yuqori darajada bajarish, mas’uliyatni o’z zimmasiga olish, o’z kuchiga ishonish (xodimning qadriyatlari).

«Umumiy taqdir» falsafasining asosini tashkil qiluvchi ushbu funktsiya alohida ahamiyatga ega. U xodimlar va iste’molchilarning manfaatlarini ham rahbarlarning manfaatlari kabi muhim, shaxsiy manfaatlarni ham tashkilot (korxona) manfaatlari kabi ahamiyatli, deb hisoblashga yo’naltirilgan.

«Umumiy taqdir» falsafasi doirasida tashkilot va xodimlar qadriyatlarining mehnat jarayoni chegarasida mos kelishi yuz beradi: ularning yaratuvchanlik faoliyati shaxsni rivojlantirishning muhim manbaiga aylanadi va tashkilot faoliyatining sifatini yaxshilaydi. Tashkilotning jipslashtiruvchi roli tashkilotning missi­yasi bilan ta’minlanadi. Tashkilotning missi­yasi uning jamiyatdagi asosiy burchini, uning faoliyat ko’rsatishining mazmunini belgilab beradi. Tashkilotning ijtimoiy burchi, strategik maqsadlari va ularning aholi hayotidagi roli, milliy g’oyalar bilan bog’liqlik – missiyalar turlari bo’lishi mumkin.


Download 26.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling