Korporativ moliya


Download 23.61 Kb.
Sana15.05.2020
Hajmi23.61 Kb.
#106289
Bog'liq
1-2 тест саволларига жавоблар


KORPORATIV MOLIYa




Test topshirig’i

A

B

C

D



Korporativ tuzilma deganda nimani tushunasiz?

tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxs

nodavlat ta’lim muassasalari va ularning korporativ filiallari

davlat notijorat yuridik shaxslari


xorijiy vakolatxonalar, konsullik idoralari.



Har qanday moliyaviy munosabatning moddiy asosi nima hisoblanadi?

pul

foiz undirish

hukmronlik o’tkazish

moddiy jihatdan nufuzini oshirib borish



Moliyaviy munosabatning yuzaga kelish asosiy shartini qanday izohlaysiz?

pul mablag’larining sub’ektlar o’rtasidagi maqsadli harakati

foydani taqsimlashda pul munosabatlaridan foydalanish


takror ishlab chiqarishda moliyaviy ta’minot uzluksizligiga erishish

moliyaviy barqarorlikni oshirib borish



O’z mulkida, xo’jalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida mol-mulkka ega bo’lgan hamda o’z majburiyatlari yuzasidan ushbu mol-mulk bilan javob beradigan, o’z nomidan mulkiy yoki shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega bo’la oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara oladigan, sudda da’vogar va javobgar bo’la oladigan tashkilot nima deb ataladi?

yuridik shaxs


aktsiyadorlik jamiyati


mas’uliyati cheklangan jamiyat


xorijiy investitsiya ishtirokidagi qo’shma korxona



O’z xarajatlarini o’zi qoplash printsipi nimani nazarda tutadi?


korxonani rivojlantirish uchun yo’naltirilgan mablag’lar sof foyda va amortizatsiya ajratmalari hisobiga qamrab olinishini

xarajatlarni minimallashtirish orqali foydani maksimallashtirishni


moliyaviy ta’minotni samarali tashkil etishni



moliyaviy risklarni kamaytirish maqsadida kam daromad bilan cheklanishni



Aktsiyadorlari o’zlariga tegishli aktsiyalarni o’zga aktsiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin bo’lgan aktsiyadorlik jamiyati qanday aktsiyadorlik jamiyati hisoblanadi?

ochiq aktsiyadorlik jamiyati


yopiq aktsiyadorlik jamiyati


unitar jamiyat


o’z aktsiyalarini boshqa shaxsga o’tkazish uchun boshqa aktsiyadorlar roziligi talab etiladi



O’zbekistonda yopiq aktsiyadorlik jamiyatlarida aktsiyadorlar soni bo’yicha chegarani bilasizmi?

3 ta shaxsdan kam, 50 ta shaxsdan ko’p bo’lishi mumkin emas. (“Aksiyadorlik jamiyatlari to’g’risida”gi Qonun 5- va 7-moddalar)

aktsiyadorlik jamiyatlarida aktsiyadorlar soni bo’yicha hech qanday chegara belgilanmaydi

50 ta shaxsdan kam bo’lishi mumkin emas


jamiyat ta’sis yig’ilishi qarori bilan ustavda belgilab qo’yiladi



Aktsiyadorlik jamiyatining ta’sis hujjatini bilasizmi?

Ustav (“Aksiyadorlik jamiyatlari to’g’risida”gi Qonun 14-modda)

jamiyat ta’sis yig’ilishi bayonnomasi

Vazirlar mahkamasi qarori

tadbirkorlik sub’ektlarini ro’yxatga olish inspektsiyasi tomonidan berilgan guvohnoma



MChJ ishtirokchilarining soni bo’yicha aniq chegara belgilab qo’yilganmi?

ellik kishidan oshmasligi lozim (“Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida” Qonun 7- modda)


3 ta shaxsdan kam, 50 ta shaxsdan ko’p bo’lishi mumkin emas

50 ta shaxsdan kam bo’lishi mumkin emas



alohida talab belgilanmagan



Korporativ moliya tushunchasi nimani anglatadi?

korporativ tuzilmalar moliyaviy-xo’jalik faoliyatini yuritish jarayonida yuzaga keladigan barcha pulli moliyaviy munosabatlar tizimini

davlat va korxonalar o’rtasida yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni

aktsiyador va kompaniya o’rtasidagi munosabatlarni

korxonalar faoliyatini boshlash bilan bog’liq jarayonlarni



Biznesning tashkiliy shakli sifatida korporatsiyalarning asosiy afzalligini belgilang.

mulk huquqini o’tkazish va yangi aktsiyalar paketini emissiya qilish yordamida qo’shimcha moliyaviy resurslar jalb qilishning nisbatan osonligi

korporatsiyalarning tarqatib yuborilishishi osonligi


korporatsiyalarning birlashishi, qo’shib olinishi, ajralib chiqishiga xalqaro darajada yo’l qo’yilmasligi

korporativ qimmatli qog’ozlarni muomalaga chiqarish uchun har doim ham davlat organi ruxsati talab etilmasligi



Moliyaviy instrumentlar yordamida pul mablag’lari oqimlarini investorlardan foydalanuvchilarga (qarz oluvchilarga) yo’naltirishga xizmat qiluvchi barcha bozor institutlari majmui o’zida qaysi tuzilmani ifodalaydi?

moliya bozorini


tovar xom ashyo bozorini

mehnat vositalari bozorini

sug’urta bozorini



Moliya bozori amal qilishining ob’ektiv zarurligini qanday izohlash mumkin?

xo’jalik sub’ektlarining pul mablag’lariga bo’lgan talab va bu talabni qoplash uchun manbalarning har doim ham mos tushavermasligi

davlat tomonidan majburiy tartibda tashkil etilishi va bu orqali moliyaviy resurslar harakatining maqsadli yo’naltirilishi

uy xo’jaligidagi jamg’armalarning doimiy aylanishda bo’lishini ta’minlash maqsadida vositachilikni tashkil etish

moliya bozorining amal qilishi bozor iqtisodiyoti sharoitida ob’ektiv zarurat hisoblanmaydi



Moliya bozorining funktsional vazifasi to’g’ri keltirilgan javobni belgilang.

pul mablag’larini egasidan (investordan) foydalanuvchiga tomon harakatlantirishda vositachi sifatida ishtirok etish

davlat byudjeti defitsitini inflyatsiyasiz yo’llar bilan qoplashni tashkil etish

investorlarni bir joyga jamlash orqali pul mablag’lari harakatini samarali tashkil etish

real sektor va moliyaviy sektorning o’zaro bog’liq faoliyatini samarali yo’lga qo’yish



Qaysi tushuncha aniq bir turdagi qimmatli qog’ozlar bo’yicha ularga bo’lgan talab va taklifdan kelib chiqqan holda mumkin bo’lgan yillik (oylik) savdo ko’lamini anglatadi?

moliya bozori sig’imi


moliya bozori ko’lami

moliya bozori rivojlanish darajasi

kredit sig’imi



Korporativ qimmatli qog’ozlar bozori, davlat qarz majburiyatlari bozori, hosilaviy fond instrumentlari (hosilaviy qimmatli qog’ozlar yoki derivativlar) bozori va boshqalar ....... hisoblanadi.

moliya bozori mustaqil segmentlari


qimmatli qog’ozlarning alohida sohalari

qimmatli qog’ozlarning tasniflanishi


korporativ va davlat qimmatli qog’ozlarning o’zaro farqli jihatlari



Amaliyotda investorlar tomonidan qimmatli qog’ozlarga talab quyidagi omillar ta’siri ostida shakllanadi:

daromadlilik, risk darajasi va likvidlilik


qimmatli qog’ozlarning faoliyat doirasi, kompaniyaning xalqaror harakati

davlatning iqtisodiyotga aralashuvi, foyda solig’i stavkasi


moliya bozorining rivojlanish darajasi, qayta moliyalash stavkasi



Korxonalarda moliyaviy ta’minot uzluksizligini ta’minlashning ob’ektiv zarurligini qanday tushunish mumkin?

takror ishlab chiqarish jarayonining davomiyligiga xizmat qiladi


moliyalashtirishning tashqi manbalariga murojaat qilishga zarurat tug’iladi

xarajatlarning kechiktirish orqali aylanma mablag’ning korxona ixtiyorida bo’lishiga erishiladi

moliyalashtirishning ichki manbalariga murojaat qilishga zarurat tug’iladi



Korxona o’z moliyaviy talablarini to’liq yoki zaruriy darajada qoplay olishi qo’shimcha kapitalni jalb qilish bo’yicha talabning kamayishi va mablag’lar jalb qilish bilan bog’liq risklarni pasaytirish hisobiga nimaga erishish mumkin?

iqtisodiy o’sish uchun qulay imkoniyatlar va sezilarli darajada raqobatdagi ustunlikka ega bo’ladi


xorijiy kapitalni jalb qilish imkoniga ega bo’ladi

soliq imtiyozlaridan foydalanish imkoniyati paydo bo’ladi

kapital bahosini aniqlash orqali tannarx kamaytiriladi



Mas’uliyati cheklangan jamiyat ustav kapitali qanday yo’llari orqali oshirilishi mumkin?

jamiyatning mol-mulki, ta’sischi yoki mulkdorlarning qo’shimcha hissalari va jamiyatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari hisobiga (“Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida” Qonun 16- modda)

soliq imtiyozlari va davlat subsidiyalari hisobiga

taqsimlanmagan foyda, olinadigan dividendlar va dotatsiyalar hisobiga


xorijiy kapital va bank kreditlari hisobiga

Download 23.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling