Korporativ moliyaning mohiyati va tashkil etish
Download 16.63 Kb.
|
1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-Topshiriq
- 2-Topshiriq
“KORPORATIV MOLIYANING MOHIYATI VA TASHKIL ETISH” (2 SOAT) MAVZUSI BO’YICHA AMALIY MASHG’ULOT ISHLANMASI Amaliy mashg’ulotning maqsadi: Talabalarga korporativ moliyaning mohiyati o’rgatish va tashkil etish bo’yicha tegishli ko’nikmalarni shakllantirisqh 1-Topshiriq: Quyidagi nazorat savollariga javob bering. NAZORAT SAVOLLARI Korporativ moliyaning mohiyati va uning tashkil etilishi mavzusini puxta o’rganishda va bilimlarni mustahkamlashda quyidagi savollardan foydalanish maqsadga muvofiqdir: . Korporativ moliyaning iqtisodiy mohiyatini bilasizmi? Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan moliyaviy munosabatlarni iqtisodiy mazmuniga koʻra tasniflab va tavsiflab bera olasizmi? Korxona pul mablagʻlaridan samarali foydalanish maqsadida tashkil etiladigan pul fondlarini sanab oʻting va ularning iqtisodiy ahamiyatini izohlang. Korporativ moliyani tashkil etish prinsiplari oʻrtasida o ʻzaro bogʻliqlik mavjudmi? Oʻz xarajatlarini oʻzi qoplash prinsipi nimaga yoʻnaltirilgan? Aylanma mablagʻlarni shakllantirish manbalarini oʻz va qarz manbalariga ajratish prinsipining moliyaviy barqarorlikni ta’minlashga qanday ta’siri bor? Moliyaviy zaxiralar tashkil etishning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi ahamiyatini izohlang. Biznesni tashkil etishning korporativ shakllarini sanab oʻting. Mas’uliyati cheklangan jamiyatlarning tashkiliy xususiyatlarini izohlab bering. Aksiyadorlik jamiyatining tashkiliy xususiyatlarini tavsiflab bering. Shoʻ’ba va qaram xoʻjalik jamiyatlari faoliyatining oʻzaro farqli xususiyatlarini keltiring. Unitar korxonalar faoliyatining oʻziga xos xususiyatlarini ajratib koʻrsating. Korporativ moliyaviy siyosatning asosiy yoʻnalishlarini sanab oʻting. 2-Topshiriq: Berilgan masalalarni yechimini toping. 1. Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali 1000 birlik miqdorda. Ustav kapitali miqdorining 15% miqdorida rezerv kapitalini shakllantirish belgilab qo’yilgan. Rezerv kapitalini har yili sof foydaning 5% miqdoridan moliyalashtrish belgilangan. Agarda aksiyadorlik jamiyati kelgusida har yili 500 birlikda sof foydaga erishsa, qancha muddatda rezerv kapitalini to’liq shakllantirish mumkin. 2. Korxona bilan bank о‘rtasidagi kelishuviga kо‘ra korxona olgan kreditiga dastlabki yil yillik 20% stavkada tо‘laydi. Keyingi xar yarim yilda foizlar 1%dan о‘sib boradi. Bitimning muddati 2,5 yil, kredit summasi esa 5 mln. sо‘m bо‘lsa, 2,5 yildan sо‘ng jami qarz summasini aniqlang. (Oddiy foizda) 3. Dastlabki 14200 ming sо‘m mablag‘ 8 yil muddatga depozitga joylashtirildi. Foizlar quyidagicha: birinchi 3 yilda 10 foiz, keyingi 3 yilda 9 foiz va sо‘nggi 2 yilda 14 foiz stavka asosida joylashtirildi. Kelgusidagi oshgan summani aniqlang (murakkab foizda). Download 16.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling