Korporativ tuzilmalarda aylanma kapital Reja


Debitorlik qarzlari bо‘yicha muddatlar jadvali


Download 268.61 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana19.06.2023
Hajmi268.61 Kb.
#1615474
1   2
Bog'liq
11-MAVZU

1-jadval 
Debitorlik qarzlari bо‘yicha muddatlar jadvali 
 
Agar jadvalning pastki qismi “og‘irlashib” ketgan bо‘lsa, ya’ni jadvalning quyi qismidagi foizlar 
о‘sib borsa, tez orada kredit siyosatini qayta kо‘rib chiqishi lozim bо‘ladi. Jadval, shuningdek, 
tо‘lovlar tahlili bilan tо‘ldiriladi. Shuningdek, firma har oy oxirida jamlaydigan oylik savdolar 
ulushi tо‘g‘risidagi ma’lumot ham tahlil uchun zarur. О‘tgan davr mobaynidagi ma’lumotlarni 
о‘rganib, firma shuni anglashi mumkinki, uning savdolarining 10%, qoidaga kо‘ra, savdo oyi 
mobaynida yuz beradi, 40% savdodan keyingi oyda, 25% savdodan ikki oy о‘tgach, 20% savdodan 
uch oy о‘tgach, 5% savdodan 4 oy о‘tgach qayd etiladi. Menejment ushbu normal tо‘lovlar 
strukturasini joriy yildagi tо‘lovlar strukturasi bilan solishtirishi lozim. Tо‘lovlar strukturasini 
tushunish, shuningdek, firma aylanma kapitali talablarini oldindan bilishga yordam beradi. 
3-savol bayoni. Firma kreditorlik hisobidan foydalanib, qarz olishni tanlashiga sabab - tijorat 
kreditining boshqa moliyalashtirish manbalariga nisbatan arzonroqligi bilan izohlanadi. Tijorat 
kreditining xarajati kredit shartlariga bevosita bog‘liq. Qancha yuqori chegirma taklif qilinsa
kredit xarajati shunchalik katta bо‘ladi. Yuqorida ta’kidlangan chegirma qisqa muddatli kredit 
taklif etilganda balandroq bо‘ladi. 
Kompaniya ikkita turli xil ta’minotchining qaysi biridan tijorat krediti olishni tanlaganda, tabiiyki, 
eng arzoniga murojaat qiladi. Yana shuni qо‘shimcha qilish kerakki, firma iloji boricha qarzni 
uzish muddatining eng oxirgi kunida tо‘lovni amalga oshiradi. Misol uchun, agar chegirma tatbiq 
etiladigan muddat - 10 kun bо‘lsa va firma chegirmadan foydalansa, tо‘lov 10 kun ichida amalga 
oshirilishi lozim, 2 kun ichida emas. Agar chegirma qabul qilinmasa va “2/10, Net30” shartlariga 
muvofiq harakat qilinsa, tо‘lov 30-kuni amalga oshiriladi, 16-kuni emas. Toki ta’minotchilar bilan 
munosabatlar buzilmas va о‘rtadagi munosabatlarga putur yetmas ekan, firma о‘z pulini iloji 
boricha saqlab qolishi va ularni о‘ziga ishlashga majbur qilishi lozim. Mazkur bо‘limda biz 


firmalar о‘z kreditorlik qarzdorliklarini nazorat qilish uchun foydalaniladigan ikkita uslubni kо‘rib 
chiqamiz. 
Kreditorlik qarzlarining qaytarilish kunlarini aniqlash. Bu ham debitorlik qarzlari bilan 
muomalaga о‘xshab ketadi. Firma qarzlari yuzasidan tо‘lovlarni eng optimal vaqtda amalga 
oshirishi uchun о‘zining kreditorlik qarzdorligi holatini monitoring qilib borishi kerak. 
Bunda tо‘lov muddati kechikayotgan kreditorlik qarzlari kunlarini hisoblab chiqarish va ularni 
kredit muddatlariga solishtirish kerak. 
Tо‘lanmagan kreditorlik qarzlari muddati – bu balansdagi kreditorlik qarzi yuzaga kelgan muddat 
va tо‘lov muddati orasidagi farqdan kelib chiqib aniqlanadi. Agar kreditorlik qarzi yuzaga 
kelganiga 40 kun bо‘lgan bо‘lsa va kredit sharti “2/10, Net 30” bо‘lsa, firma umuman olganda bu 
tо‘lovni kechiktirish mumkin deb hisoblaydi va ta’minotchi bilan yuz berishi mumkin bо‘lgan 
muammolarga risk qiladi va aksincha, kreditorlik qarzi yuzaga kelgan muddat 25 kunni tashkil 
etsa, firma chegirmani olmagan hisoblanadi va qolgan 5 kunning oxirgi sanasida tо‘lovni amalga 
oshiradi. 
Muddati о‘tgan kreditorlik qarzini boshqarish ham qarzdor oldidagi murakkab masalalardan biri 
hisoblanadi. Ayrim firmalar tо‘lovlarni amalga oshirish vaqtini inobatga olmaydilar va ularni 
kechiktirib tо‘laydilar. Bu amaliyotda muddati о‘tgan kreditorlik qarzi deyiladi. Masalan, 2/10, 
Net 30 kо‘rsatkichlari berilgan taqdirda, firma 45 kun о‘tmaguncha tо‘lovni amalga oshirmaslikni 
tanlashi mumkin. Ushbu amallar natijasida tijorat kreditining xarajatlari kamayadi. Chunki firma 
tomonidan mablag‘larni ishlatish muddati uzayadi. Kredit stavkasi ushbu davr mobaynida bir xil 
bо‘lishi bilan bir qatorda $2/$98=2.04 foiz, firma hozirda $98 AQSH dollarini 35 kun mobaynida 
imtiyozli davrdan tashqari muddatda ishlatadi, vaholanki tijorat krediti shartlariga muvofiq ushbu 
muddat 20 kun etib belgilab qо‘yilgan. 
Tijorat krediti bо‘yicha muddati о‘tgan muddati о‘tgan kreditorlik qarzi qiymatini aniqlash 
bо‘yicha misol kо‘rib chiqamiz. 
Agarda firma kreditorlik qarzdorligini 60 kungacha chо‘zsa, 1/15, Net 40 shartlarda berilgan 
Kreditning eng maqbul yillik qiymati qanday bо‘ladi? 
Kredit foizi berilgan davr uchun $1/$99=1.01 foiz. Agar firma tо‘lovni 60-kungacha kechiktirsa, 
u mablag‘lardan imtiyozli davrdan tashqari 45 kun davomida foydalanadi. 365/45=8.11 45 kunlik 
davr bir yil ichida. Shunday qilib, maqbul yillik foizlar quyidagicha (1.0101)8.11 – 1 =8.49%. 
Shuningdek firmalar tо‘lovni о‘ttizinchi kuni amalga oshirib, faqat chegirmali narxni tо‘lashlari 
mumkin. Ayrimlar faqat chegirmali narx tо‘lovini amalga oshirishi mumkin va hatto о‘ttizinchi 
kundan keyin ham tо‘lashlari mumkin. Ushbu harakatlar bir tomondan tijorat kreditining yillik 
foizlari kamaytirsa, ikkinchi tomondan firma ushbu harakatlar natijasida qо‘shimcha xarajatlarga 
ham duch kelishi mumkin. Yetkazib beruvchilar naqd pulda ishlar / xizmatlar yetkazib berilganda 
tо‘lash yoki naqd pulda oldindan tо‘lash kabi shartlarni joriy qilish orqali tо‘lovlarni doimiy 
ravishda kechiktirib amalga oshiradigan firmalarga nisbatan chora kо‘rishlari mumkin. 
Tо‘lovlarni kechiktirgan firma ushbu holatda qо‘shimcha harajatlarga duch keladi hamda 
tо‘lovlarni amalga oshirish uchun yetarlicha naqd pulga ega bо‘lish uchun kredit olish masalasida 
bank bilan muzokara qilishiga tо‘g‘ri kelishi mumkin. Yetkazib beruvchi shu bilan birga 
huquqbuzar mijoz bilan biznes munosabatlarga chek qо‘yishi, mijoz esa boshqa manba izlashi, u 
esa nisbatan qimmatli yoki sifati past bо‘lishi mumkin. Firma kredit reytingining pastligi boshqa 
istalgan yetkazib beruvchi bilan yaxshi shartlarda mahsulotlarni sotib olishga qiyinchilik 
tug‘dirishi mumkin. Bundan tashqari, firma sotuvning shartlariga uzil-kesil rozi bо‘lganidan 
sо‘ng, kelishilgan shartnoma shartlarini buzish kо‘pchilik odamlar ongida biznes etikasiga tо‘g‘ri 
kelmaydigan munosabatlarni shakllantiradi. 
 
 

Download 268.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling