Korporativ uzcard kartalari bilan aviachiptalar narxini to‘lash bo‘yicha yo‘riqnoma


Download 66.93 Kb.
Pdf ko'rish
Sana31.01.2023
Hajmi66.93 Kb.
#1144272
Bog'liq
corp pay uz



Korporativ UZCARD kartalari bilan aviachiptalar narxini to‘lash bo‘yicha 
YO‘RIQNOMA 
Mundarija 
Bron uchun to‘lovni amalga oshirish va ishonchnomani tuzish ..………………………………………….2 
Ishonchnoma ……………………………………………………………………………………………………………………2 
Hisob-faktura………………………………………………………………………………………………………………….. 3 
Korporativ kartalar orqali to‘lovlar bo‘yicha hisobotlar …………………………………………………….3 
Bron uchun to‘lovni amalga oshirish va ishonchnomani tuzish 
1. Xaridor "Uzbekistan Airways" AJ veb-saytida bronni rasmiylashtiradi
2. Korporativ kartadan to‘lovni amalga oshirishga o‘tish; 
3. Korporativ karta ma’lumotlarini kiritish: 
3.1. Agar SMS-xabarnoma xizmati ulangan bo‘lsa va karta egasi tashkilotining STIRi avtomatik ravishda 
aniqlansa - 4-bosqichga o‘tish; 
3.2. Agar SMS-xabarnoma xizmati ulanmagan bo‘lsa, foydalanuvchiga unga bankomat yoki 
https://edo.uzcardtrade.uz EDO UZCARDTRADE orqali ulanish taklif etiladi. SMS-xabarnoma xizmatiga 
onlayn ulanish uchun tashkilotning ERI bilan tasdiqlanish va SMS-kodning tasdiqlanishi talab qilinadi. 
3.3. Agar tashkilotning STIRi avtomatik ravishda aniqlanmasa, bu juda kam hollarda bo‘lladi 
(tashkilotlarning 3-5%), foydalanuvchidan STIRni o‘zi yozib ko‘rsatishi so‘raladi; 
4. To‘lovni amalga oshirish uchun korporativ kartadan foydalanishga ishonchnomani rasmiylashtirish: 
4.1. Ishonchnomaning ro‘yxat raqami, vakolatli shaxsning pasport ma’lumotlari va lavozimini kiritish. 
5. Elektron raqamli imzo parolini kiritish orqali harakatni tasdiqlash: 
5.1. Agar foydalanuvchi qurilmasida ERI topilmasa, tegishli xato haqida xabar ko'rsatiladi.
Foydalanuvchi buxgalter ishonchnoma berishi va to‘lovni amalga oshirishi uchun havoladan nusxa olishi
mumkin; 
5.2. ERI bilan tasdiqlanishdan so‘ng, ishonchnoma avtomatik ravishda tuziladi va imzolanadi
shuningdek, to'lov amalga oshiriladi; 
5.3. O‘tkazilgan to‘lov va sotib olingan chiptalar to‘g‘risidagi hisobot "Uzbekistan Airways" kabinetida 
EDO UZCARDTRADE tomonida tuziladi. 
6. Ishonchnoma tuzilgandan so‘ng, to‘lovlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar avtomatik tarzda "Uzbekistan 
Airways"ga yuboriladi. 
7. Hisob-faktura "Uzbekistan Airways" kabinetida EDO UZCARDTRADE tomonida tuziladi. 


Ishonchnoma 
- Ishonchnoma xaridorning kabinetida EDO UZCARDTRADE tomonida tuziladi va avtomatik ravishda 
imzolanadi; 
- Agar xaridor to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng https://edo.uzcardtrade.uz veb-saytida ro‘yxatdan 
o‘tsa, u har doim ishonchnomaga kirish huquqini olishi mumkin
- Ishonchnoma shakli - ikki tomonlama (xaridor tashkiloti va aviakompaniya tomonidan imzolanadi).
Ishonchnoma elektron hujjatlar aylanmasi operatorlari roumingiga yuborilmaydi va faqat EDO 
UZCARDTRADEda mavjud; 
- Ishonchnoma imzosi bepul - xaridordan to‘lov olinmaydi. 
Hisob-faktura 
- aviachiptalarga to‘lovni amalga oshirish uchun hisob-faktura aviakompaniyadan so‘rov olingandan 
keyin "Uzbekistan Airways" kabinetida EDO UZCARDTRADE tomonida tuziladi; 
- hisob-faktura ERI imzosisiz roumingga (boshqa EDO operatorlariga, masalan, Faktura.uz, Didox.uz) 
yuborilmaydi. 
- hisob-faktura tuzilgandan keyin 10 ish kuni davomida qabul qilinadi. 

Download 66.93 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling