Korporatsiyalar raqobatdoshlik darajasini oshirish vositalari


Download 1.09 Mb.
Sana18.06.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1571515
Bog'liq
Korporativ boshqaruv

Korporatsiyalar raqobatdoshlik darajasini oshirish vositalari

Fan : Korporativ boshqaruv

Bajardi : MN-120 guruh talabasi Tolibov Abdulloh

Tekshirdi : Ochilova X

Reja :

  • Korporativ raqobat bozor iqtisodiyotining asosi ;
  • Korporativ raqobat ko‘rinishlari va usullari ;
  • Korporativ raqobatli afzallik va kengaytirilgan raqobat konsepsiyasi.

«Raqobat (lotincha concurrere – to’qnashuv; inglizcha competition, rivalry) – bozorda ishtirok etayotgan korxonalar o’rtasidagi o’z mahsulotlarini sotishning eng qulay imkoniyatlarini ta’minlash, xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o’zaro ta’sir, o’zaro aloqa va kurash iqtisodiy jarayonidirRaqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish uchun unga turli tomondan yondoshishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvcbilar (korporatsiyalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xom ashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yollash uchun ham kurashadi. Korporativ ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir.

Resurslarni yetkazib beruvchflar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori baqolarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda namoyon bo‘ladi. Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, ular tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi.

Resurslarni yetkazib beruvchflar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori baqolarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda namoyon bo‘ladi. Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi, ular tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi.

Korporativ raqobat — bozor subyektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va naflilikku ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi. Bunda ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida sarflangan hujjatlarning har bir birligi evaziga ko'proq foyda olish uchun kurash boradi. Mana shu foyda orqasidan quvish natijasida tovarlarni sotish doiralari, ya’ni qulay bozorlar uchun, arzon xom ashyo, energiya va arzon ishchi kuchi manbalari uchun ular orasida kurash boradi.


Raqobat
Ishlab chiqarish munosabatlarini shakllanishi
Jamiyat ishlab chiqaruvchi kuchlari rivojlanishining
Tovar ishlab chiqarishning rivojlanish usuli
Ijtimoiy ishlab chiqarishni muvofiqlashtirishning murakkab tizimi
Harakatlantiruvchi kuch
Iqtisodiy subektning o’z manfaatlarini amalga oshirish

Korporativ raqobat ko’rinishlari :

  • Ishlab chiqaruvchilar (sotuvchilar) bozordagi mavqeyiga ko’ra ;
  • Sof yoki erkin ;
  • Sof monopoliya ;
  • Monopolistik raqobat :
  • Oliygapoliya.

Korporativ raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasida raqobat va narxsiz raqobat.

Korporativ raqobat kurashining ikki usuli farqlanadi: narx vositasida raqobat va narxsiz raqobat.

Narx vositasida raqobatlashuvda kurashning asosiy usuli ishlab chiqaruvchilarning o‘z tovarlari narxlarini boshqa ishlab chiqaruvchilaming shunday mahsulotlariga nisbatan pasaytirishidir.

Narxsiz raqobat shu bilan tavsiflanadiki, bunda raqobat kurashining asosiy omili tovarlarning narxi emas, balki uning sifati, servis, xizmat ko‘rsatish va ishlab chiqaruvchi firmaning obro'-c’tibori hisoblanadi.

Korporativ raqobatli afzallik — tovar yoki markaning firmaga o’zining bevosita raqobatchilariga nisbatan ma’lum bir afzallik beradigan tavsif va xususiyatlaridir. Raqobatchining nisbiy afzalligi turli omillar bilan belgilanadi. Umuman olganda, bu omillami ular vujudga keltiradigan ichki va tashqi afzalliklardan kelib chiqqan holda ikki keng toifaga ajratish mumkin

tashqi raqobatli afzallik firmaning «bozor qudratini» oshiradi, ya’ni u bozomi imtiyozli raqobatchidagiga nisbatan yuqoriroq sotish narxlarini qabul qilishga majbur qila oladi, chunki imtiyozli raqobatchi bunday ajralib turuvchi sifatlami taklif eta olmaydi. Tashqi raqobatli afzallikdan kelib chiqadigan strategiya — bu differensiatsiya strategiyasi bo’lib, bu strategiya firmaning marketing sohasidagi nou-xausiga, uning mavjud tovarlardan norozi bo’lgan xaridorlarning istaklarini aniqlash va qondirishdagi afzalligiga tayanadi.

Agar raqobatli afzallik firmaning ishlab chiqarish xarajatlari, firmani boshqarishdagi afzalligiga yoki raqobatchidan ko’ra kamroq tannarxga erishishga imkon beruvchi va «ishlab chiqaruvchi uchun qiymat» hosil 104 qiluvchi tovarga asoslangan bo’lsa, bunday afzallik «ichki afzallik* deb ataladi. Ichki raqobatli afzallikka asoslangan strategiya — bu xarajatlar bo’yicha afzallik strategiyasi bo’lib, u asosan firmaning tashkiliy va ishlab chiqarish «nou-xau»siga asoslanadi. Raqobatli afzallikning kelib chiqishi va tabiati turlicha bo‘lgan bu ikki turi ko‘pincha bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, chunki ular mutlaqo farq qiluvchi ko‘nikma va madaniyatni talab qiladi.


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling