Korreksion (maxsus) pedagogika asoslari. Inklyuziv ta’lim


Nutqida nuqson bo`lgan o`quvchilarni korreksion o`qitish. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari


Download 108.42 Kb.
bet7/14
Sana22.01.2023
Hajmi108.42 Kb.
#1108530
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
8-amaliy

Nutqida nuqson bo`lgan o`quvchilarni korreksion o`qitish. Nutqiy buzilishlar sabablari va ularning turlari. Nutq – faqatgina insonga xos bo`lgan muhim psixik funksiyadir. Nutqiy munosabatlar yordamida shaxs ongida borliqni aks ettiruvchi bilimlar doimiy ravishda to`ldirilib va boyitib boriladi.
Nutqiy nuqsonlarni o`rganish, oldini olish va korreksiya bilan korreksion pedagogika (defektologiya)ning muhim sohasi - logopediya (yunoncha logos – so`z va paideia - tarbiyalash) shug`ullanadi. Patogen omil ta’sirida yuzaga kelgan nutqiy buzilishlar o`z-o`zilan yo`qolmaydi va u maxsus tashkil etilgan korreksion-logopedik choralarsiz bolaning keyingi rivojiga salbiy ta’sir ko`rsatadi.
Nutqiy buzilishini keltirib chiqaruvchi sabablar orasida ekzogen (tashqi) va endogen (ichki) omillar asosiy rol o`ynaydi. Bundan tashqari (anatomik-fiziologik, morfologik), funksional (psixogen), ijtimoiy-psixologik (atrof-muhitning salbiy ta’siri), psixonevrologik (psixik funksiyalarining buzilishi (aqli zaiflik, xotira yoki diqqatning buzilishi va boshqalar) sabablarning ham ta’siri sezilarli bo`ladi.
Ekzogen-organik omillar sirasiga: bolaning markaziy nerv tizimi va uning organizmiga salbiy ta’sir etuvchi omillar (infeksiya, jarohatlar, intoksikatsiya), turli akusherlik patologiyalari (bel torligi, tug`ilishning cho`zilib ketishi yoki tez sodir bo`lishi, yo`ldoshga o`ralib qolishi, bolaning noto`g`ri joylashishi va boshqalar), malakali akusherlik yordamining ko`rsatilmasligi, chala tug`ilish kabi holatlar sabab bo`ladi.
Hozirgi kunda logopediyada nutqiy buzilishlarni ikki turi ajratiladi:

  1. tibbiy-psixologik nutqiy buzilish;

  2. psixologik-pedagogik nutqiy buzilish.

Tibbiy-psixologik turda ko`riladigan hamma nutqiy buzilishlarni quyidagi ikki yirik guruhga ajratish mumkin:

  1. og`zaki nutqning buzilishi;

  2. yozma nutqning buzilishi.

Og`zaki nutqning buzilishi o`z navbatida quyidagi ikki turga ajratiladi:

  1. nutq ifodalanishi fonatsion tuzishi (nutq talaffuzi) ning buzilishi;

  2. fikr strukturali-semantik (ichki) tuzilishi (nutqning tizimli yoki polimorf)ning buzilishi

Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalash uni pedagogik jarayonda qo`llashga yo`naltirilgan bo`lib, bolalar jamoasi bilan nutqiy nuqsonlarni tuzatishga yo`naltirilgan korreksion-rivojlantiruvchi ta’sir ko`rsatish metodlarini ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Psixologik-pedagogik (pedagogik) klassifikatsiyalashga ko`ra nutqning buzilishi quyidagi ikki guruhga ajratiladi:
1. Muomala vositalari (fonetik-fonematik va nutqning umumiy rivojlanmaganligi)ning buzilishi.
2. Muomala vositalarini qo`llashdagi buzilishlar.

Download 108.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling