Korrektsion pedagogika asoslari. Inklyuziv ta’lim


Download 480.23 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/2
Sana07.05.2023
Hajmi480.23 Kb.
#1439239
1   2
Bog'liq
Korrektsion pedagogika asoslari. Inklyuziv ta’lim

oligofrenopedagogika (yunoncha oligos — kam, 
fren — aql), so‘zlaridan olingan, — aqliy tomondan zaif 
bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; 
Defektologiya fanining rivojlanishi natijasida undan quyidagi tarmoqlar mustaqil fan 
sifatida ajralib chiqdi: 
surdopedagogika (lotincha surdus —
kar, gung so‘zidan olingan) — eshitishida 
nuqsoni bo‘lgan bolalarning ta’lim 
tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; 
tiflopedagogika (yunoncha tiflos — ko‘r, so‘qir so‘zidan olingan) —ko‘zi ojiz 
bolalarning ta’lim-tarbiyasi bilan shug‘ullanadigan fan; 
logopediya (yunoncha logos — so‘z, padeo — tarbiya so‘zlaridan olingan) — og‘ir 
nutq nuqsonlarini o‘rganish, oldini olish, bartaraf etish yo‘llari, usullarini urganadigan 
fan.


Eksperimental defektologiya instituti 1943 yilda Russiya 
Pedagogika fanlari akademiyasining Defektologiya ilmiy-tekshirish 
institutiga aylantirildi. Hozirgi zamon korreksion pedagogika 
fanining rivojlanishida mazkur institut xodimlarining roli nihoyatda 
katta buldi.
L.S. Vigotskiy anomal bolalar rivojlanishidagi 
xususiyatlarni o‘rganib, nuqsonning murakkab tuzilishi 
haqidagi ta’limotni ishlab chiqdi. U “Korreksion 
pedagogikaning asosiy muammolari” kitobida anomal 
bolalar bilan rivojlantiruvchi ta’limni olib borish 
kerakligini, korreksiya, kompensatsiya usullari va 
bularni amalga oshirish yo‘llarini ko‘rsatib 
berdi.L.S.Vigotskiy anomal bolada nafaqat "salbiy" balki 
"ijobiy" tomonlarini ham o‘rganib, aniqlab, shularga 
tayangan holda va potensial qobiliyatni inobatga olib 
turib, ta’lim-tarbiya ishlarini tashkil etish zarurligiga 
dikkatni jalb etdi. U defektologiya sohasida katta 
nazariy meros qoldirdi va haqli ravishda defektologiya 
fanining asoschisi sanaladi.
Atoqli psixolog L. V. Zankov 1935 yildan L. S. Vigotskiy 
bilan hamkorlikda ishlay boshladi. Bu olimlarning sobiq 
sovet psixologiyasi va defektologiyaning nazariy jihatdan 
shakllanishida katta ahamiyatga ega bo‘ldilar. Ular aqliy
jihatdan qoloq bolalar psixikasi taraqqiyoti qonuniyatlarini 
o‘rganib, "rivojlanishning tuxtash nazariyasi", "chegara" 
degeneratsiya nazariyasi", "ma’naviy defektli" kabi g‘ayri 
ilmiy va reaksion nazariyalarni fosh etdilar.
Eksperimental psixologiya laboratoriyasida anomal 
bolalarning rivojlanishi maxsus ta’lim ta’siri ostida qanday 
o‘zgarib borishini o‘rganish, ulardagi mavjud nuqsonlarni 
ham,ijobiy ham salbiy tomonlarni aniqlash yuzasidan 
qiyosiy eksperimental tadqiqotlar o‘tkazildi.
Sog‘lom va anomal bolalarda bilish faoliyatining 
rivojlanishini I. M. Solovyev ham har tomonlama o‘rgandi. 
“Normal va anomal bolalarda bilish faoliyatining 
psixologiyasi" nomli kitob shu ishning natijasi bo‘ldi. I. M. 
Solovyev bir guruh xodimlari bilan qiyoslashning 
murakkab shakllarini eksperimental tadqiqotlar 
yordamida o‘rganishda chinakam novatorlik ko‘rsatdi.


Download 480.23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling