Korrektura sinovi
KONSENTRATSIYASINI O’RGANISH
Download 29.16 Kb.
|
1-lab
- Bu sahifa navigatsiya:
- B A Y O N N O M A
KONSENTRATSIYASINI O’RGANISH
Maqsad: Diqqatning barqarorligi va konsentratsiyasini aniqlash Jihoz: “Korrektura sinovi” varaqlari, sekundomer. Diqqatning barqarorligi va to’planishini o’rganish ishlab chiqarish amaliyoti ehtiyojlaridan kelib chiqqan. Ixtiyorsiz diqqat barqarorligini o’rganish uchun apparatura metodlaridan foydalaniladi, ixtiyoriy diqqatni o’rganishda esa, albatta, shaxsning faolligi hisobga olinadi. Bunda eng keng tarqalgan usul korrektura sinovidir. Korrektura sinovini Burdon tomonidan ishlab chiqilgan va Anfimov tomonidan modifikasiya qilingan variantidan keng foydalaniladi. Diqqat barqarorligining ko’rsatkichi tanlash tezligining o’zgarishidir. Bu metodda stimul 1 ta emas, bir nechta (mn), o’z navbatida vaqt oraliqlari ham bir nechta (Tn). Butun tekshirish mobaynidagi tanlash tezligining o’zgarishi quyidagicha ifodalanadi: Т1 …. Тn Diqqat konsentrasiyasining shartli ko’rsatkichi (K1 va KN) vazifani bajarish aniqligi koeffisiyentini – ta’sir bilan va ta’sirsiz koeffisiyentning o’zaro munosabati aniqlaydi (Aт-ли li Aт-сиз siz) Aniqlik koeffisiyenti ta’sir bilan va ta’sirsiz holatlar uchun ham Uippl formulasi bilan hisoblanadi. Tadqiqot o’tkazishdan oldin Burdon-Anfimovning korrektur sinovi blankasi tayyorlanadi. Kirill alifbosidagi harflar 30 qatorga 40 tadan yozib chiqiladi. Tekshiriluvchi ana shu harflar ichidan ko’rsatilgan harflarni chizib chiqadi. “Chizing” degan buyruqdan so’ng qaysi harfda to’xtagan bo’lsa, usha joyga vertikal chizib chiqadi. 30 sekundlik oraliqda Tekshiruvchi belgilab boradi, 3-7 oraliqda 15 sekund mobaynida ovoz chiqarib har xil harflarni aytib turadi. Bu tadqiqot 5 minutga mo’ljallangan. B A Y O N N O M A: Tekshiriluvchi: Tekshiruvchi: Tekshiriluvchining ruhiy holati: Sana:
Download 29.16 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling