Korroziya ingibitorlarining himoyalash samaradorligi
Korroziya ingibitorlarining samaradorligi ularning himoyalash darajasi Z (%) va to'xtatish koeffisienti Y (ingibitorlik effekti) orqali ifodalanadi va quydagi formula orqali topiladi:
Z = K1 - K2/K1·100 = i1 - i2/i1·100
bu erda: K1 va K2 – mos ravishda ingibitorsiz va ingibitorli muhitlarda metallning erish tezligi, [g/(m2·s)];
i1 va i2 - mos ravishda ingibitorsiz va ingibitorli muhitlarda metall korroziya toki zichligi.
Agar ingibitorning himoyalash koeffisienti Z=100% bo'lsa, u shu berilgan muhitda metallni to'liq korroziyadan himoya qiladi. To'xtatish koeffisienti Y (ingibitorlik effekti) muhitdagi ingibitorning ta'siri natijasida korroziya tezligining necha marta kamayganligini ko'rsatadi.
γ= K1/K2= i1/i2
Z va Y bir – biri bilan o'zaro quyidagi munosabatlar orqali bog'langan:
Z = (1 –1/γ)·100; γ= 1/(1- Z/100)
Do'stlaringiz bilan baham: |