Korrozion himoyada kimyoviy-texnologik usullarning qo`llanilishi Korroziya ingibitorlari


Download 60.74 Kb.
bet1/5
Sana20.06.2023
Hajmi60.74 Kb.
#1631223
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Korrozion himoyada kimyoviy


Korrozion himoyada kimyoviy-texnologik usullarning qo`llanilishi


1. Korroziya ingibitorlari

Respublikamiz mustaqilligidan so'ng sanoat tarmoqlarining, hususan neft va gaz sanoatining rivojlanishi natijasida ishlab chiqarish korxonalarida zamonaviy texnologik usullar, jihozlar va uskunalar keng miqyosda foydalanilmoqda.


Jihoz va uskunalardan foydalanish davrida ularning ish unumdorligini saqlash, ishonchli ishlashini ta'minlash uchun boshqa omillar qatorida biz mutaxassislar uchun korroziyaga qarshi himoya qilishning yangi usullarini ishlab chiqishni va texnologik jarayonlarda tadbiq qilishni taqazo qiladi. Ma'lumki metal sirti minerallashgan suv ta'sirida emirlishga uchraydi. Bu emirilish esa o'z navbatida korroziyalanish deb yuritiladi. Metallarni korroziyadan himoya qilish esa katta muammo hisoblanadi. Shunday ekan qatlamdagi neft va gazning tarkibini o'rgangan holda hulosalar chiqarish hamda uskunalarni korroziyadan saqlashda kerakli moddalarni tanlash zarur bo'ladi.
Neft paydo bo'lishiga ko'ra organik mahsulot bo'lib, o'simlik va hayvonot qoldiqlarining millionlab yillar davomida har xil omillar ta'sirida parchalanishi hamda murakkab kimyoviy jarayonlar natijasida o'zgarishlarning mahsulidir.
Neft hosil bo'lishida kislorod va bakteriyalar, jinslarning katalitik ta'siri, radioaktiv nurlanish, harorat va bosimning yuqoriligi muhim o'rin tutadi. Neftning kimyoviy tarkibini metandan tortib to molekulasida 50 tagacha uglerod atomi bo'lgan juda murakkab uglevodorodlar tashkil qiladi. Neftda oz miqdorda oltingugurt, azot va kislorod uchraydi. Neftni oltingugurtdan tozalash muhim ahamiyatga ega, chunki neft ishlatilayotganda undagi oltingugurt oksidlanib, kislota hosil qilishi va bu kislota metallni zanglatib ishdan chiqrishi mumkin. Qatlamdan qazib olinayotgan neft, gaz va qatlam suvlari birgalikda tayyor bo'lmagan mahsulot tarkibini tashkil etadi.
Tarkibiga qarab, neft va gaz qazib olish tizimida individual va kompozision moddalar ko'rinishida organik yoki noorganik kimyoviy reagentlar qo'llaniladi.
Hozirgi zamon neft qazib olish texnologik jarayoni asosiy zvenolarining barcha qismlarida qandaydir ahamiyatga ega bo'lgan kimyoviy reagentlar qo'shiladi.

Download 60.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling