Korrozion himoyada kimyoviy-texnologik usullarning qo`llanilishi Korroziya ingibitorlari


Download 60.74 Kb.
bet2/5
Sana20.06.2023
Hajmi60.74 Kb.
#1631223
1   2   3   4   5
Bog'liq
Korrozion himoyada kimyoviy

Reagentlar – eritmalarning struktura – mexaniq xossalarini tartibga solib turuvchi moddalar.
Kimyoviy reagentlar – gilli eritmaning sifatini yaxshilashga qo'shiladigan kimyoviy moddalar. Bu reagentlar tarkibiga qarab oddiy (bir kimyoviy moddadan) va murakkab (bir necha kimyoviy moddadan) turlarga bo'linadi. Eng ko'p tarqalgan kimyoviy reagentlar quyidagilardan iborat: kaustik va kalsiylashgan sodalar, qo'ng'ir ko'mir, torf, sulfit – spirtli barda, suyuq oyna, osh tuzi, natriyli karboksimetilsellyuloza, kraxmal va boshqalar.
Neft qazib olish texnologik jarayoni ketma-ketligi bo'yicha kimyoviy reagentlarning qo'llanilish sxemasi 15.1-rasmda keltirilgan.
Deemulgatorlarni kon qatlamiga kiritish quduq ustki jihozlaridan NTQga borguncha va NTQga kirishda amalga oshiriladi. Bu holda har ikki joyda deemulgator kiritish bir vaqtda bajariladi.
Tuzlar cho'kmalarini ko'chiruvchi ingibitorlar quduqqa va 2-zaboy oldi qatlam zonasiga (Q303-2) kiritilishi tuz cho'kindilarining hosil bo'lishining dastlabki bosqichida ta'sir qiladi. Bu usul qo'shimcha ko'tarish – tushirish jarayonlarining bajarilishini talab qilgani uchun quduqlarni rejali yoki remont qilish mobaynida amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
Korroziya ingibitorlari qo'yidagi zvenolarga kiritiladi:
Q303-2; quduqqa; NTQdan chiqishda; birlashgan (kustovoy) nasos stansiyasida va haydovchi quduqlarga.
Neft qazib olish texnologik jarayoni zanjirida haydovchi quduqlardan so'nggi qism eng kuchlangan ishlab chiqarish maydoni hisoblanadi. Chunki haydovchi nasoslardan keyingi zvenolarda bosimning oshishi muhitning korrozion faolligiga va kavitasion eroziya ta'sirida metallar sirti emirilishiga olib keladi. Shuning uchun sizot suvlari va qatlam suvlarini kimyoviy reagentlar bilan ishlov berishni birlashgan nasos stansiyasida amalga oshirilishi maqsadga muvofiqdir.

15.1-rasm. Neft qazib olish tizimida kimyoviy reagentlarning kiritilish sxemasi


1-quduq mahsuldorligini oshirish uchun reagent; 2-ASPQ uchun ingibitor; 3- deemulgator; 4- tuz qoldiqlarini ko'chirish ingibitori; 5-korroziya ingibitori; 6-bakterisid.

Yеr ostki qatlamlaridan qazib olinayotgan neftgaz mahsuloti odatda o'zining tarkibida har xil qo'shimcha komponentlar bilan chiqadi. Bu komponentlarga erkin va emulsiya bilan qoplangan holdagi qatlam suvi, har xil mineral tuzlar – NaCl, CaCl2, MgCl2 va boshqalar hamda turli ko'rinishdagi mexaniq qo'shimchalarni kiritish mumkin. Shuningdek suyuq mahsulot tarkibida har xil organik – CH2, C2H6, C3H8, C4H10, C5H12 noorganik – H2S, CO2 gazlar mavjuddir. Mahsulot tarkibidagi turli tumanlilik uning har bir kon uchun alohida tavsifga ega ekanligi va mahsulotni qazib olish, tozalash, saqlash, transport qilish ishlov berish texnologik jarayonlarida muhitning tarkibiga bog'liq ravishda korrozion faolligining o'zgarishi sohada ishlatilayotgan jihoz va uskunalarning jadal korroziyasiga olib keladi.


Kon quduqlari quvurlari va quvur ustki jihozlari ichki qismi muhit ta'sirida kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyasi natijasida emirilib ish qobiliyatini yo'qotadi. Qazib olinayotgan tabiiy uglevodorodlar suyuq, gaz va boshqa turdagi og'ir uglevodorodlardan tarkib topgan. Mahsulot tarkibida H2S, CO2 minerallashgan suvlar va tuzlarning bo'lishi elektrolit muhitini yaratadi. Mahsulotni tayyor holatga keltirilgunga qadar har xil korrozion faollik ko'rsatkichlari turli ko'rinishlardagi korrozion emirilishlarga olib keladi.
Mahsulot tarkibiga bog'liq ravishda kimyoviy va elektrokimyoviy korroziyalarning sodir bo'lishi jihozlarning ichki korroziyasiga xos bo'lib, ichki korroziyadan himoyalanish uchun texnologik tadbirlar va muhitga ta'sir usullari qo'llaniladi. Texnologik tadbirlar sifatida qo'llaniladigan usullar po'lat konstruksiyalarni zavod sharoitida ishlab chiqarish mobaynida qo'llanilib buyurtmachilar tomonidan qo'yilgan talablar asosida amalga oshiriladi.
Jihoz va uskunalardan foydalanish davrida texnologik jarayonlarning ketma – ketligi va muhitning tajavvuzkorlik darajalari hisobga olingan holda ishchi muhitga korroziya ingibitorlari kiritish usuli bilan korroziyadan himoya qilinadi. Tajavvuzkor muhitni normal muhitga aylantirish uchun quyidagi texnologik usullar qo'llaniladi:
a) neytral emulsiyalar hosil qilish;
b) jihozlarni va ishchi muhitni sovutish;
v) metall sirtida sirt faol moddalari adgeziyasi qatlamlarini hosil hilish;
g) metall sirtida metallizasion lak bo'yoqli svinama (qoplama)lar olish.
Neftgazkondesat muhitida oltingugurt sulfidi (H2S) ning va uglerod ikki oksidi (CO2) kabi noorganik gazlarning bo'lishi korrozion jarayonlar faolligini oshiradi.
Qatlam suvlari tarkibidagi erigan tuzlar asosan xloridlar va gidrokarbonatlar ko'rinishida bo'lib, ularning miqdori 6,0 mg/l dan 33495 mg/l gacha o'zgaradi. Erigan tuzlar ta'sirida po'lat sirtida tekis va jarohatsimon korroziya turlari vujudga keladi.
Neftgazkondensat mahsulotlari tarkibida oltingugurtli birikmalarning bo'lishi muhit korrozion faolligini oshirib, ayniqsa SO2 ning bo'lishi, bir maromdagi tekis korroziyani donador korroziyaga aylanishiga sabab bo'ladi.
Mahsulot tarkibiy qismlarining geografik o'rnini, olinayotgan mahsulotning fizik – kimyoviy xossalarini hisobga olgan holda korroziyaga qarshi tadbirlarini ishlab chiqishni taqazo etadi. Kon sharoitida muhitning eng yuqori korrozion faolligi uning tarkibida oltingugurtli birikmalarning, asosan H2S va merkantanlarning, hamda kislorodning bo'lishi bilan keskin oshadi.
Qatlam mahsulotida vodorod sulfidining hosil bo'lishi asosan sulfattiklovchi bakteriya (STB)larning faoliyati natijasida quyidagi sxema bo'yicha yuzaga keladi:
4H2 + SO42- STB S2- + 4H2O
STBlarning faoliyati uchun maqbul sharoitlar: suvli muhit; erkin kislorodning bo'lmasligi; kam minerallashuv (10 – 100 mg/l); 20 – 400S harorat va 33mg/l organik moddalarning bo'lishi hisolanadi.
STB asosan quduqlarning zaboy oldi qatlamida 1 – 5m radiusda rivojlanib vodorod sulfidi (H2S) “generatori” bo'lib qoladi.
Neft qudug'i mahsulotida H2S ning bo'lishi korroziyani quyidagi sxema bo'yicha jadallashtiruvchi manba bo'lib qoladi:
H2S H+ + HS- 2H+ + S2-
Hosil bo'lgan vodorod ionlari po'latlarda FeS hosil bo'lishi bilan kuzatiladigan elektron reaksiyalar jarayonini va metalning vodorodlanishini kuchaytiradi, H2S esa elektrokimyoviy korroziya jadalligini oshiradi:
2H+ + 2e → Hads + Hads → N2 Fe – 2e → Fe2+ + H2S → FeS + 2H+
Korroziya jadallashuvining asosiy ikkinchi sababi kon mahsulotiga kislorodning har xil sabablarga ko'ra kirib qolishidir.
Kislorod va oltingugurtning birikmalari mahsulotning korrozion faolligini juda keskin oshiradi.
Neft quduqlaridagi korroziyaning uchinchi sababi mahsulot tarkibida CO2 ning bo'lishidir. Muhit – metal elektrokimyoviy korroziyasi CO2 ta'sirida jadallashadi.
Yuqorida keltirilgan omillar ta'siridagi korroziyadan himoyaning kon quduqlarida samarador usuli muhitga korroziya ingibitorlarining kiritilishidir.



Download 60.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling