2-mavzu: Spirtli eritmalar. Yodni 5% li spirtli eritmasini ishlab chiqarish texnologiyasi. Maqsad


Download 39.2 Kb.
Sana18.06.2023
Hajmi39.2 Kb.
#1557112
Bog'liq
II tarqatma 2


2-mavzu:Spirtli eritmalar. Yodni 5% li spirtli eritmasini ishlab chiqarish texnologiyasi.


Maqsad: Spirtli eritmalarni tayyorlash texnologiyasi va sifatini baholash bilan tanishish. Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan turli konsentratsiyadagi yod eritmalari texnologiyasi bilan tanishish va sifatini baxolash yuzasidan umumiy ko’nikmalarga ega bo’lish. Korxona sharoitida ishlab chiqariladigan dorivor qiyomlar texnologiyasi bilan tanishish va sifatini baxolash. Tarkibida xar xil turdagi efir moylarini saqlagan dorivor o’simlik xom ashyolari yoki ularning kontsentratlaridan xushbo’y suvlarni tayyorlash texnologiyasi va sifatini baxolash yuzasidan umumiy ko’nikmalarga ega bo’lish.
Mavzuning ahamiyati: Farmatsevtik korxonalarda ishlab chiqariladigan eritmalar orasida spirtli eritmalarning tutgan o’rni katta. Shunday ekan, ularni tayyorlash usullarini kengaytirish, nomenklaturasini ko’paytirish katta amaliy ahamiyatga egadir. Farmatsevtik korxonalarda ishlab chiqariladigan eritmalar orasida suvli va spirtli eritmalarning tutgan o’rni katta. Shunday ekan, ularni tayyorlash usullarini kengaytirish, nomenklaturasini ko’paytirish katta amaliy ahamiyatga egadir. Qiyomlar nafaqat TDV sifatida balki dori moddalarining noxush hidi va mazasini yo’qotish uchun korrigent sifatida ham keng ko’lamda ishlatiladi. Shu nuqtai nazaridan ularni korxona sharoitida ishlab chiqarishni tashkil qilish katta amaliy ahamiyatga egadir. Xushbo’y suvlar tayyorlash texnologiyasining oddiy va qulayligi, shuningdek ular asosan dorivor o’simlik xom ashyolaridan olinganligi uchun ham, ularni farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarish ko’lamini kengaytirish va nomenklaturasini ko’paytirish ham amaliy ham iqtisodiy ahamiyatga egadir.
Vaziyatli masalalar:

  1. Yodning 5% li spirtli eritmasi tayyorlanganda eritmada yod kristallarining borligi aniqlandi.

  2. Yodning spirtli eritmasini tayyorlash jarayonida yod to’liq erimaganligi kuzatildi.

  3. Chuchukmiya qiyomini tayyorlash jarayonida ko’pik hosil bo’lishi kuzatildi.

  4. Achchiq bodom xushbo’y suvining sifati tekshirilganda undan ammiak hidi keldi.


Talabalar bilimini tekshirish uchun savollar.

    1. Spirtli eritmalar ta'rifi, tavsifi va nomenklaturasi.

    2. Yodning spirtli eritmalarini tibbiyotda ishlatilishi.

    3. Borat kislotasining 3% li spirtli eritmasini tayyorlanishi va ishlatilishi.

    4. .Suvli eritmalar ta'rifi, tavsifi va nomenklaturasi.

    5. .Qiyomlar ta'rifi, tavsifi va tasnifi.

Amaliy mashg‘ulot mavzusini yoritishda “Bumerang” pedagogik texnologiya usulidan foydalaniladi

1-laboratoriya ishi.
Yodning 5% li spirtli eritmasi.
Solutio Iodi spirituosa 5%.
Vazifa.

  1. 10 ml yodning 5% li spirtli eritmasini tayyorlang.

  2. Tayyorlash jarayoni tasvirini chizing.

  3. Tayyor mahsulotning sifatini tekshiring.

Tarkibi.
Yod - 50 g.


Kaliy yodid - 20 g.
Suv va 95% li spirt (teng miqdorda) - 1 l gacha.
Kerakli asbob-uskunalar va yordamchi materiallar:

  1. Yod va kaliy yodid.

  2. Hajmi 50 ml bo’lgan silindr.

  3. Tozalangan suv va 95% li etil spirti.

  4. Hajmi 10 ml bo’lgan shisha idish.

Ishni bajarish tartibi:
Oldindan teng hajmda olingan 95% li etil spirti va Tozalangan suv aralashtirilib, ularning aralashmasi tayyorlanib olinadi. Hajmi 10 ml bo’lgan shisha idishga 0,2 g kaliy yodid va 0,4 ml tayyorlangan aralashmadan solinadi. Kaliy yodid to’liq erib ketgungacha yaxshilab aralashtirilib, unga 0,5 g yod solinadi va Aralashtirish yod to’liq erib ketgunga qadar davom ettiriladi. Eritmaning hajmi spirt-suv aralashmasi bilan 10 ml ga yetkaziladi. Kaliy yodid eritmasi yodni tez erishi va preparatning turg’unligini ta'minlash uchun hizmat qiladi.

Tayyorlash jarayoni tasviri.



Tayyor mahsulotning sifatini tekshirish


Quyidagi ma'lumotlar foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidagi 3 (376), 6 va (82-bet) 8 (99-bet) adabiyotlardan olindi.
Tayyor maxsulotning tavsifi. Qizil-qo’ng’ir rangli, yodga xos hidga ega suyuqlik. Tarkibida 4,9-5,2% yod va 1,9-2,1% kaliy yodid bo’ladi. Spirtning miqdori 46% dan kam bo’lmasligi kerak.
Chinligi. Preparatga kraxmal eritmasi ta'sir ettirilsa, to’q havorang eritma hosil bo’ladi (yod).
Miqdorini aniqlash. Preparat rangsizlanguncha natriy tiosulfat eritmasi bilan indikatorsiz titrlanadi. Preparatda 4,9-5,2% yod bo’lishi kerak. Titrlangan eritma suv bilan suyultiriladi va sirka kislotasi qo’shib, kumush nitrat eritmasi bilan sariq rangli cho’kma pushti rangga o’tguncha titrlanadi (indikator natriy eozinat). Sarflangan kumush nitrat va natriy tiosulfat eritmalari miqdorining farqi kaliy yodidga to’g’ri keladi va u 1,9-2,1% bo’lishi kerak. Preparat tarkibidagi etil spirtining miqdori 46% dan kam bo’lmasligi kerak.
Qadoqlash. Yaxshi berkitilgan jigar rang shisha idishlarda 15-20 kg dan va ampulalarda 1 ml dan chiqariladi.
Saqlanishi. Ehtiyotlik bilan “B” ro’yhatida, qorong’i joyda saqlanadi.
Ishlatilishi. Sirtga antiseptik dori vositasi sifatida ishlatiladi, ateroskleroz kasalligini davolashda ichish uchun buyuriladi. Bir marta ichish uchun ishlatiladigan miqdori 20 tomchidan oshmasligi kerak. Kuniga 3 marta ichiladi.
Download 39.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling