Korrupsion jinoyatlar yuzasidan tintuv va olib qo‘yish tergov harakatlarini


lozim  bo’lgan  holatlarni  izohlang!  Jinoyatni  ochish  uchun  tergovni


Download 333.28 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana02.01.2022
Hajmi333.28 Kb.
#192964
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5472357190637456162

lozim  bo’lgan  holatlarni  izohlang!  Jinoyatni  ochish  uchun  tergovni 

rejalashtiring va tipik-tergov vaziyatlari haqida mulohaza yuriting! 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 




Bizga  berilgan  ushbu  muammoli  vaziyat  jinoyat  huquqi  va  jinoyat 

protsessual  huquqi  bilan  bog`liq  bo`lib,  unda  korrupsiya  jinoyatining  tarkibiy 

elementlari  uchraydi.  Vaziyatni  kriminalistik  va  huquqiy  asoslar  bilan  yoritishga 

harakat qilamiz. 

Dastlab  poraxo`rlik  jinoyatining  yuzaga  kelish  belgilar  haqida  to`xtalamiz. 

Poraxo`rlik jinoyati davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning 

o‗zini  o‗zi  boshqarish  organi  mansabdor  shaxsining  o‗z  xizmat  mavqeyidan 

foydalangan  holda  sodir  etishi  lozim  yoki  mumkin  bo‗lgan  muayyan  harakatni 

pora  berayotgan  shaxsning  manfaatlarini  ko‗zlab  bajarishi  yoki  bajarmasligi 

evaziga  shaxsan  o‗zi  yoki  vositachi  orqali  qonunga  xilof  ekanligini  bila  turib, 

moddiy qimmatliklar olishi yoxud mulkiy manfaatdor bo‗lishida ifodalanadi

1

. Har 



qanday  moddiy  qimmatliklar:  pul,  xorijiy  valyuta,  qimmatbaho  buyumlar, 

qimmatli  qog‗ozlar,  oziq  ovqat  yoki  sanoat  mahsulotlari  va  boshqalar  pora 

predmeti  bo‗lishi  mumkin.  Yuqoridagi  kazusda  ham  aynan  poraxo`rlik  jinoyati 

alomatlari mavjudligini ko`ramiz. Masalan, ―Ulug‗bek‖ MChJ tomonidan berilgan 

ko‘p  miqdordagi  pul  pora  predmetini  bildirsa,  jinoyatni  sodir  etgan  vakolatli 

shaxslar  jinoyat  subyektidir.  Ushbu  jinoyat  jinoiy  guruh  tomonidan  o`zaro  til 

biriktirib sodir etilgani uchun jinoyat subyektlari miqdori ham ko`proq hisoblanadi 

va  ularni  qilimishi  har  bir  shaxsning  sodir  etgan  harakatlariga  qarab  baholanadi. 

Shunda  ushbu  jinoyatning  subyektlari  deb  Uychi  tuman  hokimi  va  mutassadi 

tashkilotning  xodimlarini  aytib  o`tishimiz  mumkin.  Jinoyatni  kriminalistik  tahlil 

qiladigan  bo`lsak  jinoyatda  aniqlanishi  lozim  bo`lgan  bir  necha  holat  mavjud. 

Jumladan,  tadbirkorlik  bilan  shug`ullanishni  xohlovchi  subyektlarning  aniq 

nomlari, tashkilotning joylashgan hududi va tashkilotlarda ishlovchi xodimlarning 

Uychi  tumani  hokimiyatida  ishlovchi  xodimlar  bilan  qarindosh  urug`chilik 

alomatlari,  yoinki  tanishlari  borligi  haqidagi  ma`lumotlar.  Jinoyatni  ochishda 

ushbu  ma`lumotlar  jinoyatni  sodir  etishda  gumon  qilinishi  mumkin  bo`lgan 

                                                           

1

 Kriminalistik texnika: Ma`ruzalar to`plami / T.B.Mamatqulov, A.B. Babamurodov. – T.: O`zbekiston Respublikasi 



IIB Akademiyasi,.- 200 b. 

 



shaxslarning  ro`yxati  shakllanishi  uchun  xizmat  qiladi.  Bilamizki,  bunday 

jinoyatlarda shaxslarning doimiy aloqa sxemasi quyidagicha shakillanadi: 

1) pora beruvchi – pora oluvchi, 

 2) pora beruvchi – vositachi – pora oluvchi 

Vaziyat  bo`yicha  ham  shunday  sxemani  tasvirlaymiz:  Uychi  tuman  hokimi  va 

boshqa tashkilotlar pora oluvchi - Ulug‗bek‖ MChJ esa pora beruvchi hisoblanadi. 

Bundan  ko`rinib  turibdiki  sxemamiz  yuqoridagi  sxemalarning  birinchisiga  to`g`ri 

kelmoqda,  ammo  tergov  ishini  yuritish  davomida  ushbu  sxemalarning  ikkovini 

ham  sinchiklab  tekshirish  maqsadga  muvofiqdir.  Demak,  yuqoridagi  vaziyat 

bo`yicha aniqlanishi lozim bo`lgan holatlarning birinchisi bu  vositachilar bor yoki 

yo`qligidir.  Aniqlanishi  lozim  bo`lgan  holatlarning  ikkinchisi  bu  Uychi  tumanida 

joylashgan  4  gektar  yer  maydoni  qaysi  huquqiy  asosga  ko`ra  Ulug‗bek‖  MChJ 

sotib  yuborilganidir.  O`zbekiston  Respublikasining  Prezidentining  ,,Davlat  mulki 

obyektlarini  va  yer  uchastkalariga  bo`lgan  huquqlarni  tadbirkorliksubyektlariga 

sotish  tartibini  soddalashtirish  bo`yicha  qo`shimcha  chora-tadbirlar  to`g`risidagi 

PF-5552-son‖ farmonining 1- bandiga ko`ra yer uchastkalari tadbirkorlar uchun E-

ijro  auksion  savdo  platformasi  orqali  sotiladi.  Bundan  tashqari  Vazirlar 

Mahkamasining  2018-yil  30-iyundagi  493-sonli  ,,Tadbirkorlik  va  shaharsozlik 

faoliatini  amalga  oshirish  uchun  yer  uchaskalarini  elektron  auksion  orqali  doimiy 

foydalanishga  berish  tartibi  to`g`risidagi  qarorga  90-  bandiga  muvofiq  tuman  yer 

kadastr  filiallari  elektron  paltformada  g`olib  bolgan  shaxsga  yerga  egalik  qilish 

bo`yicha davlat guvohnomasini berishi kerakligi ta`kidlab o`tilgan. Kazus bo`yicha 

esa hokim va mutasaddi tashkilotlar yerni Ulug‗bek‖ MChJga sotib yuborgan. O`z 

navbatida  ushbu  jinoyatni  pora  beruvchining  manfaatlarini  ko`zlovchi  noqonuniy 

harakatlar  orqali  sodir  etilgan.  Tergovchi  surishtiruvchi  holat  yuzasidan  yerga 

egalik  qilish  huquqini  beruvchi  shartnoma  ekanligiga  yoki  davlat  guvohnomasi 

ekanligiga etibor qaratishi zarur.  

 

Vaziyatni baholashni tergov rejasini tuzish va tergovni tashkillashtirish bilan 



davom  ettiramiz.  Poraxo‗rlik  haqidagi  jinoyat  ishi  jamoatchilik,  mansabdor 

shaxslar  vakillarining  ma‘lumotlariga  ko‗ra,  fuqarolarning  arizalari,  matbuotdagi 




xabarlar  va  IIO  organlarining  tezkor-qidiruv  tadbirlari  orqali  amalga  oshiriladi. 

Tergovchi, jinoyat ishi qo‗zg‗atish haqida qaror qabul qilarkan, yuz bergan tergov 

vaziyati  va  boshlang‗ich  ma‘lumotlarni  baholaydi  va  ularga  asosan  versiyalar 

ishlab  chiqadi  hamda  tergov  rejasini  tuzadi.  Yuqoridagi  holatda  versiya  ishlab 

chiqish  uchun  baholanadigan  ma`lumotlar  operativ  ma`lumotlar  hisoblanadi  va 

ularda  pora  oluvchi  va  beruvchi  birgalashib  ushbu  jinoyatni  sodir  etgani  qayd 

etilgan. Shunga qarab tergovning rejasini tuzamiz.  

a)  pora  beruvchi  va  pora  oluvchini  ashyoviy  dalillar  bilan  ushlash,  ularni  shaxsiy 

tintuv qilish - pora oluvchi Uychi tuman hokimi va boshqa tashkilotlar rahbarlarini

porani beruvchi Ulug‗bek‖ MChJning ma`sul xodimini yoki ikki subyekt o`rtasida 

mavjud bo`lgan vositachilarni oldi-berdi jarayonida ishlov berilgan daliliy ashyolar 

bilan qo`lga olish va ularning har birida shaxsiy tintuv o`tkazish. 

b)

 

guvohlarni  so‗roq  qilish,  mansabdor  shaxs  tomonidan  pora  beruvchining 



manfaatlarini  ko‗zlovchi  harakatlar  qilinganligini  tasdiqlovchi  hujjatlarni  olib 

qo‗yish va ko‗zdan kechirish– ishga oid barcha hujjatlarni to`planadi:yerga egalik 

qilish  huquqini  beruvchi  auksion  guvohnomasi  va  oldi-sotdi  shartnomalari. 

Quyidagilar  odatda  guvoh  sifatida  so‗roq  qilinadilar:  ularga  nisbatan  ta‘magirlik 

qilgan  shaxslar,  porani  berish  olishni  ko‗rganlar;  poraxo‗rni  jinoyat  ustida  qo‗lga 

olishda ishtirok etganlar; poraxo‗rlikda gumon qilinayotgan  mansabdor shaxsning 

xizmat  faoliyati  bilan  tanish  bo‗lganlar  yoki  uning  ko‗rsatmalarini  bajarganlar; 

poraxo‗rning shaxsi va axloqini ta‘riflab bera oluvchilar (hamkasabalar, qo‗shnilar, 

qarindoshlar). 

1

Bu  guvohlar  guruhi  poraxo‗rlik  sheriklarining  aloqalari  va  pora 



berishning  shart-sharoitlari  haqida  foydali  ma‘lumot  bera  oladilar.  Guvohlik 

olingandan  so‗ng  guvoh-xolisning  pora  berilgan  (olingan)  joyda  ko‗rsatuvlarini 

tekshirish mumkin. 

d)  gumon  qilinuvchilarni  so‗roq  qilish  –  tadbir  davomida  ushlangan  shaxslarni 

ya`ni  tadbir  ishtirokchisi  bo`lgan  gumon  qilingan  shaxs,  vositachi,  hokim  va 

MCHJning xodimini JPKning so`roq qilishning umumiy qoidalaridan kelib chiqib 

so`roq qilish.  

                                                           

1

 KriminalistikaDarslik. A.K.Zakurlaev, D.B.Bazarova va b.q. – Toshkent: TDYUU, 2015.– 315 b. 




e)  yuzlashtirish,  kriminalistik  ekspertiza  tayinlash,  kerak  bo‗lsa  hujjatlarni  sud-

dastxat  yoki  kriminalistik  texnik  o‗rganish,  tovarshunoslik  ekspertizasi  tayinlash, 

tintuv  paytida  shubhalanuvchidan  olib  qo‗yilgan  narsalarning  turi  va  sifatini 

aniqlash,  sud-buxgalteriya  ekspertizasi  tayinlab,  mablag‗  to‗lovlari  to‗g‗riligini 

hisobga olish bilan bog‗liq masalalarni hal qilish lozim

 – 


olib qo`yilgan hujjatlarni 

kriminalistik tekshiruvlardan o`tkazish. 

Xulosa  o`rnida  shuni  aytish  mumkinki,  tergovni  rejali  asosda  tashkil  etish 

tergovning samarali bo`lishida asosiy rol o`ynaydi boisi, tergovchi bajarilishi kerak 

bo`lgan  ishlar  ro`yxatini  shakllantirib  oladi  va  ana  shu  ketma  –  ketlikda  ularni 

bajaradi. Vaziyat bo`yicha tuman hokimi va boshqa tashkilotlar pora beruvchining 

manfaatlarini  ko`zlagan  holda  o`z  mansab  vakolatlaridan  foydalanib  noqonuniy 

yo`l  bilan  MCHJga  4  gektar  yer  maydonini  sotib  yuborgan.  Ushbu  holat  jinoyat 

kodeksining maxsus qismi moddasi bilan javobgarlikka tortish uchun asos bo`ladi. 

Zero, jinoyat jazosiz qolmaydi. Fikrimizni Yusuf Xos Hojibning quyidagi so`zlari 

bilan tugallasak: ,,Pora o`nglanib ketgan ishlarni buzadi, bitayotgan isharni barbod 

qiladi.‖


1

 

 



 

 

 



 

 

 



 

 

 



 

                                                           

1

 Davlat va huquq asoslari: O‗rta ta'lim muassasalarining 11-sinf va o‗rta maxsus, kasb-hunar ta'limi muassasalari 



uchun darslik / N. Ismatova, O. Karimova. - Birinchi nashr. - Toshkent.: Yangiyul Poligraph Service, 2018. - 144 b.

 




Download 333.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling