Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi


Download 11.9 Kb.
Sana28.03.2023
Hajmi11.9 Kb.
#1303375
Bog'liq
Korrupsiya- Nodir


Korrupsiya- taraqqiyot kushandasi.

Annotasiya: Ushbu maqolada, Hayotimizni murakkablashtiruvchi va kelajagimizni oʻldiruvchi illat korrupsiya- taraqqiyot kushandasi ekanligini koʻrib oʻtishimiz mumkin.Butun dunyo shiddat bilan rivojlanib, barcha imkoniyatlat eshigi ochilayotgan bir paytda, katta renessanz davrida yurt rivoji va xalq farovonligini barbod qiluvchi bunday kuch, taraqqiyotning rivojlanishiga va yuksalishiga eng katta toʻsiq hisoblanadi.Bu maqola orqali karrupsiyani keltirib chiqaruvchi sabablar, korrupsiyaning turli koʻrinishlari va oqibatlari, shu bilan birgalikda karrupsiyaga qarshi kurashish usullari va yoʻllari bilan tanishib chiqishingiz mumkin.


Tayanch tushunchalar: karrupsiya; davlat; jamiyat; davlat tizimi; oʻgʻirlik; fribgarlik; nepotizm; karrupsiya turlari.

Inson zoti yaralibdiki, hamisha yashash uchun kurashib keladi. Bu kurash, albatta jamiyat manfaatlarini koʻzlagan holda amalda qoʻllaniladi.


Davlat hamisha oʻz xalqi uchun xizmat qilishi kerak,jamiyat esa davlat talablari asosida shakllanadi. Jamiyat tushunchasiga toʻxtatib oʻtsak,
"Jamiyat-kishilarning tarixan qaror topgan hamkorlik faoliyati majmui.Jamiyatdagi barcha narsalar(moddiy va ma'naviy boyliklar, inson hayoti uchun zarur oʻlgan shart-sharoitlarni yaratish va boshqalar) muayyan faoliyat asosida amalga oshiriladi."[4]
Jamiyat va davlat birgalikda xalq manfaatlariga xizmat qilishi kerak boʻlib turgan bir vaqtga Jamiyatni va davlatni parokanda qiluvchi kuchlar xalq rivojlanishiga juda katta salbiy taʼsir koʻrsatmoqda.Ularning eng tub ildizi" korrupsiya " deb atalmish illatga borib taqaladi desak mubolagʻa boʻlmaydi

"Korrupsiya bu-jamiyatni turli yoʻllar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir.Mazkur illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozor faoliyatiga toʻsqinlik qiladi,hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi."[5]


Korrupsiya soʻzi lotincha "buzilish", " aynish" degan maʼnolarni anglatadi.Biror mansabdor shaxsning qonuchilikka va ahloqqa zid ravishda oʻzining boshqaruv vakolatlari va huquqlaridan shaxsiy manfaatlari maqsadida foyda olishdir.
Biz Korrupsiyaning tarixi va ildizlari haqida soʻz yurutmoqchimiz.
"Korrupsiyaning tarixiy oʻzaklari juda qadimga borib taqaladi, bu hol qabilada ma'lum mavqeyga ega boʻlish uchun qabila sardorlariga sovgʻala berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin qilinadi.Oʻsha davrlarda bu normal holat sifatida qaralgan. Biroq davlat apparatining murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta toʻsiq ekanligini koʻrsatdi. "[5]
Koʻrinib turibdiki, korrupsiya bu davlat taraqqiyoti va yurt kelajagi uchun eng katta xavf hisoblanishi bu qadimgi davlat uchun ham xos boʻlgan. Ma'lumki, kichik hajmdagi sovgʻa- salomlar bu bugungi kundagi korrupsiyaing eng dastlabki bosqichi boʻlgan. Bunday holat dstlab insonlar uchun oddiy hol sifatida tan olingan lekin vaqt oʻtgacha bu jarayon " davlat dushmani' deya yurtilgan.
"Korrupsiyaga qarshi kurash sifatida birinchi davlat Shumer davlati tan olinadi.Qadimgi davlatlarning ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxoʻrligi qattiq tashvishga solganligi bizgacha ma'lum. Chunki bu holat davlatning obroʻsiga juda katta putur yetkazadi.Dunyoning yetakchi dinlarida
ham birinchi navbatda huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxoʻrligi qattiq qoralanadi. Jumladan Injilda " Sovgʻalarni qabul qilma, chunki sovgʻa koʻrni koʻradigan qiladi va haqiqatni oʻzgartiradi" deyilgan boʻlsa Qu'roni Karimda "Boshqalarning mulkini nohaq yoʻl bilan olmangiz va boshqalarga tegishli boʻlgan narsalarni olish uchun oʻz mulkingizdan hokimlarga pora qilib uzatmangizlar" deyilgan."[5]
Har qanday davlatning ravnaq topishida shu davlatning oʻz dinining oʻrni katta. Barcha manbalarda koʻrishimiz mumkinki, qadimdan bu poraraxoʻrlikka asoslangan kuch ildiz otib rivojlangan. Har bir millat va davlat bugungi kunda ham korrupsiyaga qarshi katta kuchlar bilan kurashmoqda, lekin bu illat avlod ajdodning qon qoniga singib ketmoqda biz bunday kuchlar bilan kurashishda birgalikda harakat qilmogʻimiz darkor.
Korrupsiyaning eng keng tarqalgan turlariga: poraxo'rlik, fribgarlik, tovlamachilik,nepotizm kiradi.
"Nepotizm lotin tilidan kelib chiqqan boʻlib nepotis, yoki neposlar "jiyan" yoki "nabira" degan ma'noni anglatadi.
Nepotizm-bu qarindoshlari, doʻstlari yoki yaqin doʻstlariga jamoat ishlarida yoki egallab olinadigan lavozim uchun ularning qobiliyatlarini baholamasdan tan olinishda imtiyoz berishdir." [2]
Nepotizm ham korrupsiyaing bir turi boʻlib bu yoʻnalish dastlab papaning qarindoshlari bilan munosabatlari xususan jiyanlari bilan oʻgʻil boʻlib oʻsganliklari sababli ba'zi papalar oʻz qarindoshlarini cherkov kardinlari sifatida targʻib qilishgan.
"Fribgarlik - bu boshqa odamni yoki shaxsni pul, mol-mulk yoki qonuniy huquqlardan noqonuniy mahrum qilish uchun qasddan aldovni ishlatadigan vijdonsiz harakatlarga taalluqli keng yuridik atama.
Oʻgʻrilik jinoyatlaridan farqili oʻlaroq,zoʻrlik yoki yashirin usul bilan qimmatbaho narsalarni olishni oʻz ichiga oladi."[3]
Koʻrib turganimizdek insonlarning ishonchini suisteʼmol qilish orqali oʻz manfaatlarini taʼminlash maqsadida odamlar oʻz lavozimlaridan foydalangan holda korrupsiyani amalga oshirishmoqda.Ularning ishlari xuddi Oʻgʻirlik emasdek nazarimizda lekin bunday vaxshiy ishlar oʻgʻirlikning eng asosiy koʻrinishidir. Korrupsiyani amalga oshiruvchi insonlar nafaqat boshqa shaxslarning mol-mulkini balki "davlatning rivojini" ham oʻgʻirlashmoqdaku. Davlat oʻz kelajagini oʻylab, yoshlarning rivojlanishi uchun, aholini yaxshi shart-sharoitlar bilan taminlash uchun harakat qilayotgan bir paytda, oʻz lavozimidan foydalanib aholi talon - taroj qilayotgan shaxslar " yurt kelajagiga bolta uruvchilar" degan nom ostida targʻib qilinishi kerak.
"Bunday jinoyatlarning koʻplab sodir etilishi iqtisodiyotni zaiflashtirib, siyosiy boahqaruvni izdan chiqarishi va fuqarolarni davlat tizimi va siyosiy tizimga nisbatan ishonchsizlaigini keltirib chiqarishi mumkin.Mustaqilikka erishganimizdan keyingi davrda ushbu turdagi jinoyatchilikning oldini olishga qaratilgan qator normativ huquqiy hujjatlar qabul qilingan,unga qarshi kurashuvchi davlat idoralari, ularning tarkibiy tuzilmalari tashkil etilgan boʻlsa,unga qarshi kurashish koʻngildagidek boʻlayotgani yoʻq tom ma'noda korrupsiyaviy jinoyatchilik ildiz otib, miqdori kun sayin ortib bormoqda. Eng xatarlisi esa odamlarni bunday holga nisbatan befarqligi, unga oddiy holat sifatida musoaavatda boʻlishidir."[6]
Xalqimizda shundey bir maqol bor "Oʻzingdan chiqqan baloga, qayga borasan davoga" ha bu maqol bejizga atilmagan, davlat bunday ishlarning oldini olish uchun kurashayotganligiga qaramasdan xalq aholisi bunday holatlarning rivoji uchun oʻzlari eshik ichib berishmoqda. Bir qaraganimizda bu hol "kundalik yumush"dek boʻlib qolmoqda, "ozgina berilgan mablagʻ yoki shunga oʻxshash moddiy narsalar nimani ham oʻzgartira oladi?" deyishimiz mumkin ammo har bir aholi 1 kunda shunday ishni amalga oshirayotganligini hisobga olsak, bu davlatimizni oʻz qoʻllarimiz bilan jarlik yoqasiga yetaklash emasmi axir?
"Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish qonunining 5- moddas " Korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari" quyidagicha:
aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda Korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish;
davlat v jamiyat hayotining barcha sohalrida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
korrupsiyaga doir huquqbuzarliklarni oʻz vaqtida aniqlash,ularga chek qoʻyish, ularning oqibatlarini, ularga imkon beruvchi shart-sharoitlarni bartaraf etish, korrupsiya doir huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini ta'minlash."[7]
Korrupsiyaga qarshi kurashishni biz yoshlik davrimizdan oʻrganishimiz va bunday ishlarning oldini olishimiz darkor. Yoshlikdan haqiqat uchun kurashadigan inson boʻlib voyaga yetishimiz uchun birinchi navbatda " tarbiya" ni toʻliq olmogʻimiz va bilim, ilmni mustahkam boydavor sifatida oʻrganmogʻizmiz kerak.
" Buyuk ma'rifatparvar bobomiz Mahmudxoʻja Behbudiy oʻtgan asrning boshidayoq " Dunyoda turmoq uchun dunyoviy fan va ilm lozimdur, zamona ilmi va fanidan bebahra millat boshqalarga poymol boʻlur" degan haqqoniy firkari bilan Turkiston ahlining ongu shurini uyotishga da'vat etgani bejiz emas, albatta.Bu soʻzlarning qanchalik haqiqat ekanini bugungi yuksak tafakkur va texnologiyalar zamoni ham isbotlamoqda."[1]
Xulosa oʻrnida shuni aytish joizki, endi bunday illatlarga qonundan tashqari biz oʻzimiz ham katta kuch bilan kurashmoq uchun yuqori bilimga, yuksak tafakkurga va katta jasoratga ega boʻlib rivojlanishimiz kerak. Kelgusi avlodning tarbiyasiga katta e'tibor bergan holda oilada, maktabda va jamoatda sogʻlom muhitni yaratishimiz kerak. Shundagina Mustaqil Oʻzbekistonimizda korrupsiya, va boshqa xavfli illatlar oʻz-oʻzidan yoʻq boʻladi va kelajagi buyuk va mustahkam davlatni birgalikda bunyod eta olamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. " Yuksak maʼnaviyat- yengilmas kuch"
Toshkent " Ma'naviyat" 2008.

2.
3.
4.
5.
6.
7. "Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonuni" 2016.
Download 11.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling