Mavzu: Korrupsiyasiz jamiyat quramiz


Download 0.67 Mb.
Sana01.04.2023
Hajmi0.67 Mb.
#1315477
Bog'liq
Karrupsiya


Sana:11.10.2019. 11-D sinf
Mavzu:“Korrupsiyasiz – jamiyat quramiz.
Kun shiori: Korrupsiya taraqqiyot kushandasi
Ta’limiy: O’quvchilarni korrupsiyaga qarshi kurashishga o’rgatish.Karrupsiya taraqqiyot kushandasi ekanligini uqtirib o’tish.
Tarbiyaviy:O’quvchilar vatanparvarlik ruhida tarbiyalash ma’naviyatni singdirish.
Rivojlantiruvchi:O’quvchilarni fikrlash qobilyatini o’stirish .Mustaqil fikrlashni o’rgatish.


Ijtimoiy faol fuqarolik kompetensiyasi — jamiyatda bo‘layotgan voqea, hodisa va jarayonlarga daxldorlikni his etish va ularda faol ishtirok etish, o‘zining fuqarolik burch va huquqlarini bilish, unga rioya qilish, mehnat va fuqarolik munosabatlarida muomala va huquqiy madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantirish.
Milliy va umummadaniy kompetensiya — vatanga sadoqatli, insonlarga mehr-oqibatli hamda umuminsoniy va milliy qadriyatlarga e’tiqodli bo‘lish, badiiy va san’at asarlarini tushunish, orasta kiyinish, madaniy qoidalarga va sog‘lom turmush tarziga amal qilish layoqatlarini shakllantirish.
Darsning turi:Yangi bilm beruvchi.
Darsning jihozi:kampyuter, ko'rgazmali mavzuga oid rasmlar,O’zbekiston Reapublikasi Konstutitsiyasi.
Darsning uslubi:Savol –javob ,klaster ,aqliy hujm.
Darsning borishi : 1.Tashkiliy qism. Salomlashish , davomatni aniqlash,kun yangiliklari .
2.O’tilgan mavzuni mustahkamlash
1.Glaballashuv jarayonida qanday tahdidlar yuzaga kelmoqda.
2.Ma’naviyatga zid bo’lgan jarayonlar haqida fikrlaringiz
Yangi mavzu bayoni:
O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekiston bojxona xizmati faxriylari uyushmasi nodavlat notijorat tashkiloti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Toshkent shahar adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbirda tashqi iqtisodiy faoliyat ishtirokchilari, bojxona rasmiylashtiruvi bo‘yicha mutaxassislar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Korrupsiya har qanday davlat va jamiyatning siyosiy-iqtisodiy rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, davlatning konstitutsiyaviy asoslarini va qonun ustuvorligini zaiflashtiradi, pirovardida inson huquq va erkinliklarining poymol bo‘lishiga olib keladi. Bu illatga qarshi kurashish – mamlakatimizda jadal sur’atlarda olib borilayotgan huquqiy islohotlar sharoitida inson va fuqarolarning huquq va erkinliklarini samarali himoya qilishning muhim vositalaridan biri ekanligi ta’kidlandi.
Mamlakatimizda mazkur illatga qarshi kurashish masalasiga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishning mustahkam huquqiy bazasi va aniq tizimi shakllangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 2-fevraldagi "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining qoidalarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori mazkur qonun qoidalarining samarali ijrosini ta’minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirishga xizmat qilmoqda.
Ushbu qaror bilan 2017-2018-yillarga mo‘ljallangan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Davlat dasturi tasdiqlangan bo‘lib, unda davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jamoat birlashmalari va boshqa tashkilotlar tomonidan amalga oshirilishi lozim bo‘lgan 50 dan ortiq muhim chora-tadbirlar o‘z ifodasini topgan.
Davra suhbatida bojxona organlarida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi. O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari shaxsiy tarkibi o‘rtasida qonunbuzarliklar sodir etilishining oldini olish, korrupsiyaga qarshi kurashish, xizmat intizomi va qonunchilikni mustahkamlash hamda bojxona organlari saflarini nopok xodimlardan tozalash borasida aniq yo‘nalishga ega bo‘lgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
“Toshkent-Aero” IBK tomonidan 2017-yilning o‘tgan davri mobaynida 80 ga yaqin profiklatik ma’ruzalar, uchrashuvlar, individual tartibda tarbiyaviy ishlar va suhbatlar o‘tkazilgan. Xodimlar xizmat davomida zimmasiga yuklangan vazifalarni qay darajada ado etayotganligi, hushyorligi va ogohligini sinovdan o‘tkazish maqsadida turli tekshiruvlar doimiy ravishda yo‘lga qo‘yilmoqda.
Davra suhbatida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.


4.Mavzuni mustahkamlsh:
1.Karrupsiyaga qarshi yurtimizda qanday qonun ,qarorlar yaratilgan.
2.Konstutitsiyamizning qaysi moddalari karrupsiyaga tegishli.
3.Karrupsiyaning kelib chiqish tarixlari
4.Karrupsiyaning oxir oqibatlari
5.O’qivchilarni baholash:
Darsda foal qatnashgan o’quvchilarni 5 ballik tizimda baholash.
6.Uyga vazifa:Ona tili –qalb ko’zgusi.
Download 0.67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling