Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz


Download 18.73 Kb.
Sana13.02.2023
Hajmi18.73 Kb.
#1193898
Bog'liq
Ma\'ruza matni


Biz korrupsiyaga qarshimiz!

Korrupsiya bilan hech qachon maqsadimizga erisha olmaymiz”


Shavkat Mirziyoyev

Adolat bor joyda jamiyat yuksalishi tan olingan haqiqat. Zotan, adolat asosiga qurilgan davlatning poydevori mustahkam bo’ladi. Bu bizga tarixdan ma’lum, buyuk saltanat hisoblanmish Temuriylar davri tarixdan ma’lum. Biroq jamiyatdagi nohaqliklar, adolatsizliklar, aytish joiz bo’lsa “turli o’yinlar” taraqqiyotining har qanday bosqichidagi davlatni ortga tortadi. Rivojlanishiga to’siq bo’ladi.


Korrupsiya jamiyat hayoti uchun tahdid soluvchi salbiy omil ekanini bilamiz. Shu sababli, davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga jiddiy choralar koʻrilmoqda.
Korrupsiya jamiyat hayoti uchun tahdid soluvchi salbiy omil ekanini bilamiz. Shu sababli, davlatimiz tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olishga jiddiy choralar koʻrilmoqda.
Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” tadbirlarining tashkil etilishi shunday ishlar davomidir.
Korruptsiya har qanday davlat va jamiyatning barcha sohalari rivojlanishiga jiddiy putur yetkazadi, tarqqiyotni sekinlashtiradi, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi, huquq va manfaatlar buzilishiga sabab bo'ladi. Bugungi kunda butun jahon miqyosida ushbu jinoyatga qarshi kurashish eng dolzarb masalalardan biriga aylangan.
Ayni paytda mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashishning barcha huquqiy asoslari yaratilgan. Bu borada har birimizdan hushyorlik va mas'uliyatlilik talab etiladi.
Majburiy ijro byurosining Qumqo'rg'on tuman bo'limi binosida “Biz korruptsiyaga qarshimiz” mavzusida Byuro organlarida xizmat qilayotgan xodimlar, diniy idora va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida davra suhbati bo'lib o'tdi.
Byuroning Surxondaryo viloyat boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari Hamid Tog'aev mamlakatimizda korruptsiyaga qarshi kurashish va bu borada amalga oshiralyotgan ishlar haqida atroflicha to'xtalib, barchani ogohlikka chaqirdi.
Bo'lib o'tgan tadbirda Qumqo'rg'on tuman diniy idora vakili o'z fikr va mulohazalarini bildirib, muqaddas islom dinimizda korruptsion holatlarning qattiq qoralanib kelganligini ta’kidladi.
Shu o'rinda ta'kidlash lozimki, fuqarolarimizning faolligi kuzatilmasa, korruptsiya huqubuzarliklari, tamagirlik kabi holatlar haqida tegishli davlat idoralarini ogohlantirmasa, xabar bermasa ushbu illatdan butunlay qutilishning iloji yo'q. Korruptsiyaga qo'l urish natijasida ayrim g'arazli maqsadga ega shaxslarning bu kabi illati sababli halol va o'z mehnat faoliyatiga sodiqlik bilan sidqidildan xizmat qilib kelayotgan xodimlarning ham nomiga dog' tushishi achinarli holatlardan yana biridir.
Har qanday ko'rinishdagi korruptsiyaning sodir etilishida, ularning ko'payishida va o'z vaqtida barham berilmasligiga o'zimizning befarqligimiz, loqaydligimiz sabab bo'lib kelmoqda. Har bir fuqaro korruptsiya jinoyatlariga guvoh bo'lganida bunday holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga qo'rqmasdan xabar berishi lozim. Korruptsiyaga oid huquqbuzarliklar to'g'risida axborot berayotgan shaxslarning davlat himoyasida bo'lishi kafolatlangan hamda bu to'g'risida axborot berayotgan shaxslarni ta'qib etish qonunga muvofiq javobgarlikka sabab bo'lishi belgilangan.
Download 18.73 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling