Korrupsiya kelajakka bo‘lgan ishonchga zarba beradi 9 dekabr Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni
Download 24.24 Kb. Pdf ko'rish
|
KORRUPSIYA KELAJAKKA BO‘LGAN ISHONCHGA ZARBA BERADI
/ KORRUPSIYA KELAJAKKA BO‘LGAN ISHONCHGA ZARBA BERADI 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni Korrupsiya murakkab ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hodisa bo‘lib, u ma’lum darajada barcha mamlakatlarga ta’sir qiladi. Aynan korrupsiya demokratik institutlarni yo‘q qilishga sabab bo‘ladi, iqtisodiy rivojlanishni sekinlashtiradi va ko‘pincha davlat poydevoriga putur yetkazadi. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda yillik pora miqdori 1 trillion dollarni tashkil qiladi. Korrupsiya natijasida jahon iqtisodiyoti har yili 2,6 trillion dollar yo‘qotadi – bu jahon yalpi ichki mahsulotining 5 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi. Shu bilan birga, mamlakatlar korrupsiyaga qarshi kurashar ekan, davlat daromadlari uzoq muddatli istiqbolda to‘rt barobarga ortadi. 9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni sifatida 2004 yildan beri har yili nishonlab kelinmoqda. 2003 yilning shu kuni Meksikaning Merida shahrida yuqori darajadagi siyosiy konferensiyada BMT Bosh Assambleyasi tomonidan 2003 yil 1 noyabrda qabul qilingan Korrupsiyaga qarshi konvensiya davlatlar tomonidan imzolash uchun ochiq deb e’lon qilindi. Ushbu kunni nishonlashdan maqsad korrupsiya muammosini tubdan tushunish va Konvensiyaning korrupsiya bilan kurashish va uning oldini olish borasidagi ahamiyatini anglab yetishdan iboratdir. Korrupsiyaga qarshi kurash BMTning17 ta maqsad va 169 ta vazifadan iborat 2030 yilgacha mo‘ljallangan Barqaror rivojlanish maqsadlariga kiritilgan. Korrupsiya va poraxo‘rlikning barcha ko‘rinishlarini sezilarli darajada kamaytirish masalasi “Tinchlik, adolat va samarali institutlar” deb nomlangan 16-maqsadning asosiy vazifalaridan biridir. Korrupsiya jamoat tartibini buzadi va aholining davlatga va kelajakka ishonchini yo‘qotadi. Shu orqali uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va inson xavfsizligiga tahdid soladigan boshqa tahdidlarning rivojlanishiga imkoniyat yaratadi. Korrupsiya mamlakat boyligining pasayishiga va turmush darajasining pasayishiga olib keladi. Korrupsiya natijasida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini, yalpi milliy mahsulot tarkibi va sifatini belgilaydigan kichik biznes egalari ko‘pincha “oldindan bo‘ladigan xarajatlar”ga duch keladilar. Oqibatda mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishi sekinlashadi, xalqning turmush darajasi yomonlashadi. O‘zbekiston o‘z mustaqilligining dastlabki kunlaridanoq korrupsiyaga qarshi murosasiz kurash olib bormoqda va korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha barcha davlatlar va tegishli xalqaro tashkilotlar bilan konstruktiv hamkorlik qilishga tayyor. So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda. Sohaga oid bir qator konseptual normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”, “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi qonunlar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 27 maydagi va 2021 yil 6 iyuldagi farmonlari hamda 2021 yil 6 iyuldagi Maslahat telefoni Izlash O'zbekcha Qarori, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha davlat dasturi shular jumlasidandir. O‘zbekistonda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi murosasiz kurashishning ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan tizimini joriy etish bo‘yicha izchil choralar ko‘rilmoqda. Jumladan, davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatida ochiqlik, oshkoralik va shaffo ikni ta’minlash hamda mansabdor shaxslarning aholi oldidagi hisobdorligini yo‘lga qo‘yish orqali davlat boshqaruvida samarali va ta’sirchan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish uchun zarur sharoitlar yaratildi. Davlat organlari faoliyati samaradorligini baholash – jamiyat davlat organlari faoliyati va ular erishgan natijalarni ochiq muhokama qilish imkoniyatiga ega. Ilk bor Prezidentimizning “O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga asosan korrupsiyaviy xav arni aniqlash va tizimli tahlil qilish, ularni keltirib chiqaruvchi omillarni bartaraf qilish uchun mas’ul bo‘lgan alohida organ — Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Davlat hokimiyati organlari va yirik xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalari faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashning eng samarali vositalaridan biri davlat xizmatchisi va fuqaro o‘rtasidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatni istisno qiluvchi raqamlashtirishdir. Bu borada ham mamlakatimizda bir qator muhim ishlar amalga oshirildi. Aholiga davlat xizmatlari ko‘rsatish tizimi tubdan isloh qilinib, 150 dan ortiq turdagi davlat xizmati aholiga qulay va zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari orqali amalga oshirilmoqda. Yer uchastkalari va davlat aktivlarini, shuningdek, avtotransport vositalari uchun davlat raqam belgilarini onlayn auksionda sotish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Davlat xaridlari to‘g‘risida ma’lumotlar d.xarid.uz saytiga joylashtirib borilmoqda. Mazkur choralar korrupsiya holatlarining oldini oluvchi ochiqlik va shaffo ik hamda jamoatchilik nazorati prinsipini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Yaqin istiqbolda korrupsiyaga qarshi kurashning yanada samarali choralari ishlab chiqilmoqda. Korrupsiyaga oid jinoyatlarni sodir etishda aybdor deb topilgan shaxslarning ochiq elektron reestrini shakllantirish, korrupsiyaga oid jinoyatlar sodir etilishining oldini olish, ushbu jarayonda jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, ochiqlik va shaffo ikni ta’minlash hamda korrupsiyaga oid jinoyatlar bo‘yicha huquqiy statistikani yuritishga qaratilgan qonun loyihasi ishlab chiqildi. Mazkur loyihaga binoan, ushbu reestrga kiritilgan shaxslarga: davlat xizmatiga kirish va davlat mukofotlari bilan taqdirlanish; saylanadigan va alohida tartibda tayinlanadigan lavozimlarga nomzodlarini ko‘rsatish; davlat organlari huzuridagi jamoatchilik kengashlari hamda idoralararo kollegial organlarning a’zosi bo‘lish; davlat ulushi 50 foizdan yuqori bo‘lgan tashkilotlar hamda davlat ta’lim muassasalarida rahbarlik lavozimlarida faoliyat yuritish taqiqlanadi. Shuningdek, Jinoyat kodeksi loyihasida “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasiga aniq ta’rif berilmoqda va 15 turdagi jinoyat bu toifaga kiritilmoqda. Korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirilmoqda. Shuningdek, bunday jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmasligi va jazo yengilrog‘i bilan almashtirilmasligi va boshqa qator dolzarb o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda. Mazkur kurashda har bir fuqaroning o‘ziga xos mas’uliyati mavjud. Binobarin, korrupsiyaga barham berish nafaqat davlatning, balki butun jamiyatning manfaati va vazifasidir. Bu muammo har bir fuqaroni tashvishga solishi, ushbu illatga qarshi kurashda hech kim chetda turmasligi kerak. Jamiyat va davlat taraqqiyoti, tinchlik va xavfsizlik yo‘lida korrupsiyaga qarshi kurashda birlashish davr taqozosidir. Rustam Atovulloev, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi bosh yuriskonsulti © 2023 – Inson huquqlari bo'yicha O'zbekiston Respublikasi milliy markazi. Materiallardan foydalanishda saytga havola qilish talab qilinadi. Ushbu sayt BMTTDning O'zbekistondagi vakolatxonasi ko'magida ishlab chiqilgan. Sayt yaratuvchisi: Download 24.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling