The sectionof preschool and school education of chust district


Download 15.43 Kb.
Sana21.06.2023
Hajmi15.43 Kb.
#1637901
Bog'liq
Axborot tanlov




CHUST TUMANI
MAKTABGACHA VA MAKTAB TA’LIMI
BO‘LIMI





THE SECTIONOF PRESCHOOL AND SCHOOL EDUCATION OF
CHUST DISTRICT

161100,Namangan, Chusttumani, Charog‘onko‘chasi, 56-uy
Tel.: (+998) 69 423-39-60, faks: (+998) 69 423-39-60
e-mail: chust_tmmtb@xtv.uz






56, Charogon street, Chust district, Namangan, 161100
Phone: (+998) 69 423-39-60, fax: (+998) 69 423-39-60
e-mail: chust_tmmtb@xtv.uz


2023-y. 17-may



№ 01-01/1-52



«___»______________2023г.







Tumandagi umumiy o`rta ta`lim maktabi
direktorlariga
Tizimda korrursiyani oldini olish va unga qarshi kurashish to‘g‘risida”

Namangan viloyat maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasining 2023-yil 15-maydagi 04-04-259 sonli xatiga asosan, Mamlakatimizda korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qarattilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda


Shunga asosan, mamlakatda byukratik to‘siqlarni bartararf etish va “yashirin iqtisodiyotni” qisqartirish choralari ko‘rilmoqda hamda “Korrupsiyasiz soha” loyihalari amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, korrusiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish bo‘yicha belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta'sirchan tizimini yaratishni taqozo etmoqda.
Yuqoridagilarga asosan, Sizdan tizim xodimlarining vijdoniyligini ta’minlash va mas'uliyatini oshirish, ularning faoliyatiga korruptsiyaning kuzatilishiga yo‘l qo‘ymaslikka qaratilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar belgilash;
Birinchi navbatda, tuman bo‘limlari va umumta'lim maktablarining barcha rahbar-xodimlari tomonidan noqonuniy pul mablavg‘lari yig‘ish holatlariga yo‘l qo‘ymaslik;
Pul yig‘ish va ish haqidan asossiz ushlab qolish kabi holdatlariga mutlaqo chek qo‘yish;
O‘quvchilarning ota-onalaridan noqonuniy tarzda pul mablag‘lari to‘plash (jumladan, sinf fondi, qo‘riqlash xizmati, sinf va maktabni joriy ta’mirlash, turli ommaviy tadbirlar (tug‘ilgan kun, yangi yil kechalari va hokazo);
O‘quv qo‘llanmalari yoki boshqa adabiy nashrlarni o‘quvchilar va o‘qituvchilarga majburiy ravishda sotish;
Turli xil test sinovlarini o‘tkazib, noqonuniy mablag‘ evaziga bilim samaradorligini oshirib berish;
Moddiy qimmatliklar evaziga ishga yoki o‘qishga qabul qilish;
Noqonuniy tekshirishlar o‘tkazish orqali ta’magirlik qilish;
Moliyaviy hujjatlarni bilb yoki bilmay noto‘g‘ri rasmiylashtirish;
Bilim tajribasi yetarli bo‘lmagan xodimlarni ishga qabul qilish kabi noqonuniy harakatlarga yo‘l qo‘ymaslik;
O‘quv yili yakulanayotganligi sababli tadbirlarni, bosqichli nazorat va yakuniy davlat atestatsiyalarini o‘tkazishda, ta'lim muassasalarini yangi o‘quv yiliga tayyorlash borasida o‘quvchi va bitiruvchilar hamda ularning ota-onalaridan turli xil pul mablag‘larini yig‘ish;
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalari rahbarlari hamda o‘quvchilarga bitiruvchilar tomonidan turli xil qimmatbaho sovg‘alar taqdim etish, qo‘shimcha turli tantanali tadbirlarni (xonadonlar, restoran yoki qahvaxonalar va h.k da banket yoki boshqa marosimlar) o‘tkazish va yengil avtomashinalarda sayr tashkil etmaslik bo‘yicha qat’iy ogohlantiraman.
Chust tuman maktabgacha va maktab
ta’limi bo‘limi boshlig‘i F.Ernazarov
Download 15.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling