Korrupsiya tushunchasi, kelib chiqish sabablari va huquqiy tabiati
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan
Download 267.47 Kb.
|
1.1. Маъруза матн (3)
Etimologik jihatdan “korrupsiya” atamasi “buzish, pora evaziga og‘dirish” degan ma’noni anglatadigan lotincha “corruptio” so‘zidan kelib chiqqan. Yuridik ensiklopediya mualliflarining ta’kidlashicha, ―korrupsiya – mansabdor shaxslar tomonidan ularga berilgan huquqlar va hokimiyat imkoniyatlaridan shaxsiy boylik orttirish uchun foydalanishda ifodalanuvchi siyosat yoki davlat boshqaruvi sohasidagi jinoiy faoliyat.
―Yuridik atamalar qomusiy lug‘ati‖da korrupsiya tushunchasiga ―davlat funksiyalarini bajarish vakolatiga ega bo‘lgan (yoki ularga tenglashtirilgan) shaxslarning noqonuniy tarzda moddiy va boshqa boyliklar, imtiyozlarni olishda o‘z maqomi va u bilan bog‘liq imkoniyatlardan foydalanishi, shuningdek, bu boylik va imtiyozlarni jismoniy yoki yuridik shaxslar qonunga xilof ravishda egallashiga imkon berishi, deb ta’rif berilgan.
Korrupsiya tushunchasiga berilgan shunga o‘xshash ta’rifga Jahon bankining hozirgi dunyoda davlatning roliga bag‘ishlangan hisobotida ham duch kelish mumkin: korrupsiya – bu ―shaxsiy naf ko‘rish yo‘lida davlat hokimiyatini suiiste’mol qilish‖. Fuqarolarning qonun va sud oldida tengligi prinsipi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining barcha fuqarolarning teng xuquqligini kafolatlagan 18-moddasi mazmunidan kelib chiqadi. Ya’ni, jinoyat sodir etgan shaxs, oddiy fuqaro yoki mansabdor shaxs ekanligidan qat’iy nazar jinoyat sodir etganida qonun oldida bir xilda javobgar bo‘ladilar. Demokratizm prinsipi jinoyat sodir qilgan shaxslarni javobgarlikka tortish va jazo tayinlash, ularni axloqan tuzatishda jamoatchilik, fuqarolarning o‘zini-o‘zi boshqarish organlari, jamoat tashkilotlarining ishtirokini ko‘zda tutadi. Insonparvarlik prinsipi. Jinoyat kodeksida ko‘zda tutilgan jazo va boshqa xuquqiy ta’sir choralari jinoyat sodir qilgan shaxslarga jismoniy azob berish yoki uning qadr-qimmatini kamsitish maqsadini ko‘zlamaydi xamda jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan u axloqan tuzalishi va yangi jinoyat sodir etishining oldini olish uchun zarur, yetarli bo‘ladigan jazo tayinlanishini yoki boshqa xuquqiy ta’sir chorasi qo‘llanilishini ifodalaydi. Shaxsga nisbatan jazo qo‘llashdan ko‘zlangan maqsadga Jinoyat kodeksi maxsus qismi moddalarida ko‘zda tutilgan yengilroq choralarni qo‘llash orqali erishib bo‘lmagandagina ogirroq jazo choralari tayinlanishi mumkin. Masalan, Jinoyat kodeksining o‘g‘rilik uchun javobgarlik belgilangan 169-moddasi birinchi qismida jazo turlari sifatida eng kam oylik ish xaqining ellik baravarigacha miqdorda jarima, ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari, olti oygacha qamoq yoki uch yilgacha ozodlikdan maxrum qilish ko‘rsatilgan. Bu yerda o‘g‘rilik sodir qilgan shaxsni jarima to‘lattirish bilan axloqan tuzatish mumkin emas deb topilgan taqdirdagina unga nisbatan qamoq yoki ozodlikdan maxrum qilish kabi og‘irroq jazo qo‘llanishi mumkin. Odillik prinsipi. Ushbu prinsip jinoyat sodir etgan shaxsga nisbatan odil, adolatli va asosli jazo chorasi tayinlanishini ko‘zda tutadi. Jinoyat sodir etishda aybi isbotlangan shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan jazo yoki boshqa xuquqiy ta’sir chorasi sodir etilgan jinoyatning og‘ir-yengilligiga, aybning va shaxsning ijtimoiy xavflilik darajasiga muvofiq bo‘lishi kerak. Ushbu prinsip jinoyatga yarasha jazo qo‘llashni ta’minlashga xizmat qiladi. Ayb uchun javobgarlik prinsipi shaxsning aybi qonunda belgilangan tartibda isbotlangandan keyingina javobgar bo‘lishini ko‘zda tutib, aybdorligi qonunda belgilanmagan tartibda isbotlanmagan shaxslarga nisbatan jazo choralari tayinlashni istisno qiladi. Ilmiy adabiyotlarda quyidagi sabablar korrupsiyani vujudga keltiruvchi umumiy sabablar qatoriga kiradi. 1. Demokratik an’analar chuqur anglanilmaganligi. 2. Fuqarolik jamiyati institutlarining korrupsiyaga qarshi kurashishga yetarli darajada jalb qilinmagan. 3. Hokimiyat institutlari tizimining nuqsonlari mavjuligi. 4. Qonunchilik texnakasi yetarli darajada metodik ta’minlanmaganlii va asosiy holatlari hayotga to‘g‘ri tadbiq qilinmaganligi. Korrupsiyani belgilovchi maxsus omillar qatoriga aksariyat mutaxassislar ayrim faoliyat sohalari huquqiy jihatdan lozim darajada tartibga solinmaganini va amaldagi qonun hujjatlarida mavjud kamchiliklarni kiritadilar. Lekin bular ichida normativ-huquqiy bazaning nuqsonlari korrupsiyani vujudga keltiruvchi eng muhim omillardandir. Uning quyidagi ko‘rinishlari mavjud: Huquq kolliziyalari; Qaytarilishlar; Protsessual mexanizmlarning noaniqligi va samarasizligi. Yuqoridagilardan ko‘rinib turibdiki, har qanday xolatda ham korrupsiyadan bevosita aziyat chekadigan bu jamiyat va insonlar. Xulosa shundaki, korrupsiyani keltirib chiqaruvchi omillar ana shu hodisa yashab turgan jamiyat yaratgan tizimning nosog‘lom yashashida namoyon bo‘ladi. Download 267.47 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling