Korrupsiya tushunchasi lotin tilidagi “corruptio
Download 0.51 Mb.
|
Fuqarolik jamiyati 8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- ISLOM KARIMOV KORRUPSIYANING TAHDIDI HAQIDA
- O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEV
- O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti ISLOM KARIMOV.
- BMTning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi hujjatlari
- BMT ning Korrupsiyaga qarshi kurash Konvensiyasining asosiy maqsadi quyidagilarda iborat
- O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining “Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar”ni nazarda tutuvchi moddalari
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI MATEMATIKA TA‘LIM YO‘NALISHI 207-GURUH TALABASI IBODULLAYEVA SHAHNOZANING O‘ZBEKISTONI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI VA FUQAROLIK JAMIYATI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTIMAVZU: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH FUQAROLIK JAMIYATI RIVOJLANISHINING USTUVOR SHARTI.
KORRUPSIYA tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bo‘lib, mazmuni “buzish, sotib olish” ma‘nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma‘nosi yana “korroziya” ya‘ni “chirish” yoki “zanglash” kabi mazmunni ham beradi. Shundan kelib chiqib bu so‘zni ijtimoiy ko‘rinishi “hokimiyatni buzish, chiritish orqali sotib olish” degan ma‘noni beradi.
ISLOM KARIMOV KORRUPSIYANING TAHDIDI HAQIDA:- amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish; - davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemirish; - jamiyatning ma‘naviy-axloqiy asoslarini yemirish; - jamiyat a‘zolarining fuqarolik mavqeyini yo‘qqa chiqarish, islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantirish; - pul orqali hokimiyatni qo‘lga olishga intilish; - nopok yo‘llar bilan boylik orttirish. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEVKorrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini samarali yechish ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi. BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 2003-yil 31-oktabrda BMTning “Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi” imzolangan.
O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti ISLOM KARIMOV.Jahon miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha eng asosiy xalqaro huquqiy hujjatlar:
BMTning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi hujjatlari:
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 9-dekabr – “Korrupsiyaga qarshi kurash kuni” deb e‘lon qilingan va har yili ushbu sana keng nishonlanadi.BMT ning Korrupsiyaga qarshi kurash Konvensiyasining asosiy maqsadi quyidagilarda iborat:
BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi 2003-yil 31-oktabrda qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni 2008-yil 24-iyunda qabul qilindi va 2008-yil 27-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ma‘qullandi va 2008-yil 28-avgustdan e‘tiboran kuchga kirdiO‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi poraxo‘rlik, o‘g‘rilik va boshqa suiste‘molchiliklarga qarshi kurash boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi; 1994-yil 11-maydagi “Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko‘rinishlaridan himoya qilishning tashkiliy chora tadbirlari to‘g‘risida”gi; 1997-yil 28-maydagi “Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashni takomillashtirish ishlarini yanada ribojlantirish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi va ularning ijrosini ta‘minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining “Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar”ni nazarda tutuvchi moddalari:
Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma‘qullangan. Prezident tomonidan 2017-yil 3-yanvarda tasdiqlanib, 4-yanvardan kuchga kirdi. Qonun 34 moddadan iborat.O‘zbekiston Respublikasi Prezidantining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2752-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunni qoidalarning samarali ijrosini ta‘minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida Qaror qabul qilindi.Davlatimiz rahbari Sh. M. Mirziyoyev Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisida “Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi ma‘ruzasida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risida qonun talablarini amalda ta‘minlash bo‘yicha qat‘iy choralar ko‘rishimiz zarur”, deb bejiz ta‘kidlamadi. Download 0.51 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling