Korrupsiya tushunchasi lotin tilidagi “corruptio


Download 0.51 Mb.
Sana20.05.2020
Hajmi0.51 Mb.
#108326
Bog'liq
Fuqarolik jamiyati 8-mavzu

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI FIZIKA-MATEMATIKA FAKULTETI MATEMATIKA TA‘LIM YO‘NALISHI 207-GURUH TALABASI IBODULLAYEVA SHAHNOZANING O‘ZBEKISTONI RIVOJLANTIRISH STRATEGIYASI VA FUQAROLIK JAMIYATI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI

MAVZU: KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH FUQAROLIK JAMIYATI RIVOJLANISHINING USTUVOR SHARTI.

  • REJA:
  • 1. Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi.
  • 2. Korrupsiyaga qarshi kurash borasida xalqaro huquqiy hujjatlar.
  • 3.O‘zbekiston Respublikasini BMT ning “Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi” ga qo‘shilishi.
  • 4. Mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarning yaratilishi: “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida” gi qonun.

KORRUPSIYA tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bo‘lib, mazmuni “buzish, sotib olish” ma‘nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma‘nosi yana korroziya ya‘ni “chirish” yoki “zanglash” kabi mazmunni ham beradi. Shundan kelib chiqib bu so‘zni ijtimoiy ko‘rinishi “hokimiyatni buzish, chiritish orqali sotib olish” degan ma‘noni beradi.

  • KORRUPSIYA tushunchasi lotin tilidagi “corruptio” so‘zidan olingan bo‘lib, mazmuni “buzish, sotib olish” ma‘nosini beradi va uning grammatik bir ildizli ma‘nosi yana korroziya ya‘ni “chirish” yoki “zanglash” kabi mazmunni ham beradi. Shundan kelib chiqib bu so‘zni ijtimoiy ko‘rinishi “hokimiyatni buzish, chiritish orqali sotib olish” degan ma‘noni beradi.

ISLOM KARIMOV KORRUPSIYANING TAHDIDI HAQIDA:


- amalga oshirilayotgan islohotlarga qarshilik ko‘rsatish;

- davlatning konstitutsiyaviy asoslarini yemirish;

- jamiyatning ma‘naviy-axloqiy asoslarini yemirish;

- jamiyat a‘zolarining fuqarolik mavqeyini yo‘qqa chiqarish, islohotlar g‘oyasini obro‘sizlantirish;

- pul orqali hokimiyatni qo‘lga olishga intilish;

- nopok yo‘llar bilan boylik orttirish.


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTI SHAVKAT MIRZIYOYEV


Korrupsiya va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurashish, shuningdek, huquqbuzarliklarning oldini olish masalalarini samarali yechish ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘lib qoladi.

BMTning Bosh Assambleyasi tomonidan 2003-yil 31-oktabrda BMTning “Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi” imzolangan.

  • Ushbu Konvensiyada korrupsiyaga shunday ta‘rif berilgan: “Korrupsiya-bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan daxshatli illatdir. U demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur yetkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini yomonlashtiradi va odamlar havfsizligiga tahdid qiladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm va boshqa hodisalar ildiz otib, gullashi uchun sharoit yaratib beradi. Ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al bo‘lishidan qat‘iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Korrupsiya past iqtisodiy ko‘rsatkichlarning asosiy sabablaridan biri bo‘lib, kambag‘allik darajasini kamaytirish va rivojlanishni ta‘minlash uchun eng katta to‘siq hisoblanadi”.

O‘zbekistonning Birinchi Prezidenti ISLOM KARIMOV.

Jahon miqyosida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha eng asosiy xalqaro huquqiy hujjatlar:

  • 1) BMTning “Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi”;
  • 2) Yevropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risidagi Konvensiyasi”;
  • 3) Yevropa Ittifoqining “Korrupsiya uchun fuqaroviy javobgarlik to‘g‘risida”gi Konvensiyasi;
  • 4) Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi doirasida “Korrupsiyaga qarshi siyosatning qonunchilik asoslari to‘g‘risida”gi model qonuni;
  • 5) “Osiyo Taraqqiyot Banki va Yevropa Tiklanish va Taraqqiyot Banki Osiyo va Tinch okeani korrupsiyaga qarshi harakat dasturi”.

BMTning korrupsiyaga qarshi kurash borasidagi hujjatlari:

  • 1) “Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksi”;
  • 2) Huquqiy tartibotni saqlash bo‘yicha mansabdor shaxslarning xulq-atvor Kodeksini samarali amalga oshirilishi uchun rahbariy prinsiplar;
  • 3) Davlat mansabdor shaxslarining Xalqaro xulq-atvor kodeksi;
  • 4) BMTning Xalqaro tijorat operatsiyalarida korrupsiya va poraxo‘rlikka qarshi kurash to‘g‘risdagi Deklaratsiya;
  • 5) Terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurash to‘g‘risidagi xalqaro konvensiya;
  • 6) BMTning Transmilliy uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi;
  • 7) BMT Forumining ofshorlar bo‘yicha Kommyunikesi;
  • 8) BMT Bosh kotibining korrupsiyaga oid ma‘ruzasi;
  • 9) Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘plami;
  • 10) Korrupsiyaga qarshi kurash choralari. Pulni tozalashga qarshi kurash choralari. Jinoyatchilik va odil sudlov: XXI asr chorloviga javoblar to‘g‘risidagi Vena deklaratsiyasini amalga oshirish harakat Rejasi;
  • 11) BMTning Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiyasi.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyasi tomonidan 9-dekabr – “Korrupsiyaga qarshi kurash kuni” deb e‘lon qilingan va har yili ushbu sana keng nishonlanadi.

BMT ning Korrupsiyaga qarshi kurash Konvensiyasining asosiy maqsadi quyidagilarda iborat:

  • Korrupsiyaga qarshi qaratilgan yuqoti samarali chora tadbirlarni qabul qilish va ularni mustahkamlash;
  • Korrupsiyaga qarshi kurashda xalqaro hamkorlikni kengaytirish, yengillashtirish va qo‘llab quvvatlash.

BMTning Korrupsiyaga qarshi kurashish konvensiyasi 2003-yil 31-oktabrda qabul qilingan. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi tomonidan “BMTning Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga O‘zbekiston Respublikasining qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni 2008-yil 24-iyunda qabul qilindi va 2008-yil 27-iyunda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan ma‘qullandi va 2008-yil 28-avgustdan e‘tiboran kuchga kirdi

O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash ishlarini tashkillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 1992-yil 3-martdagi “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi tuzilmasida tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi poraxo‘rlik, o‘g‘rilik va boshqa suiste‘molchiliklarga qarshi kurash boshqarmasini tashkil etish to‘g‘risida”gi; 1994-yil 11-maydagi “Xususiy mulkchilik va tadbirkorlikni korrupsiya, reket va uyushgan jinoyatchilikning boshqa ko‘rinishlaridan himoya qilishning tashkiliy chora tadbirlari to‘g‘risida”gi; 1997-yil 28-maydagi “Korrupsiya, reket va terrorizmga qarshi kurashni takomillashtirish ishlarini yanada ribojlantirish to‘g‘risida”gi qarorlari qabul qilindi va ularning ijrosini ta‘minlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining “Korrupsiya bilan bog‘liq jinoyatlar”ni nazarda tutuvchi moddalari:

  • 1. O‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-taroj qilish (167-modda);
  • 2. Soxta tadbirkorlik (179-modda);
  • 3. Soxta bankrotlik (180-modda);
  • 4. Bojxona to‘g‘risdagi qonun hujjatlarini buzish (182-modda);
  • 5. Soliqlar yoki boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlash (184-modda);
  • 6. Hokimiyat yoki mansab vakolatini suiste‘mol qilish (205-modda);
  • 7. Hokimiyat yoki mansab vakolatidan chetga chiqish (206-modda);
  • 8. Mansab soxtakorligi (209-modda);
  • 9. Pora olish (210-modda);
  • 10. Pora berish (211-modda);
  • 11. Pora olish-berishda vositachilik qilish (212-modda);
  • 12. Tovlamachilik yo‘li bilan haq berishni talab qilish (214-modda);
  • 13. Jinoiy faoliyatidan olingnan daromadlarni legallashtirish (243-modda);
  • 14. Kontrabanda (246-modda).

Mamlakatimizda “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni qonunchilik palatasi tomonidan 2016-yil 24-noyabrda qabul qilinib, Senat tomonidan 2016-yil 13-dekabrda ma‘qullangan. Prezident tomonidan 2017-yil 3-yanvarda tasdiqlanib, 4-yanvardan kuchga kirdi. Qonun 34 moddadan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidantining 2017-yil 2-fevraldagi PQ-2752-sonli “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunni qoidalarning samarali ijrosini ta‘minlash, jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida Qaror qabul qilindi.


Davlatimiz rahbari Sh. M. Mirziyoyev

Oliy Majlis palatalarining qo‘shma



majlisida “Erkin va farovon, demokratik

O‘zbekiston davlatini mard va oliyjanob

xalqimiz bilan birga quramiz” mavzusidagi

ma‘ruzasida “Jamiyatimizda korrupsiya, turli jinoyatlarni sodir etish va boshqa huquqbuzarlik holatlariga qarshi kurashish, ularga yo‘l qo‘ymaslik, jinoyatga jazo, albatta, muqarrar ekani to‘g‘risida qonun talablarini amalda ta‘minlash bo‘yicha qat‘iy choralar ko‘rishimiz zarur”, deb bejiz ta‘kidlamadi.
Download 0.51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling