Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va shakllanish tarixi. Korrupsiyaning salbiy oqibatlari. Korrupsiya shakllanishining sabablari


Download 130.5 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2023
Hajmi130.5 Kb.
#1509696
1   2   3   4   5
Bog'liq
Xalqaro miqyosda korrupsiyaga bo\'lgan munosabat

subyektlarning maqomiga ko‘ra:

  1. hokimiyat organlaridagi korrupsiya;

  2. xususiy sektordagi korrupsiya;

  3. siyosatdagi korrupsiya yoki siyosiy korrupsiya;

  1. darajasiga ko‘ra:

  1. quyi darajadagi korrupsiya;

  2. yuqori darajadagi korrupsiya;

  3. vertikal korrupsiya;

  1. ijtimoiy xavflilik darajasiga ko‘ra:

  1. korrupsiya-qilmish;

  2. korrupsiya-jinoyat.

Korrupsiyaning ko‘rsatilgan turlarini quyida mufassalroq ko‘rib chiqishga harakat qilarniz. Hokimiyat (ijroiya, vakillik va sud) organlaridagi korrupsiya hozirgi vaqtda jahonning deyarli barcha mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekistonda ham muhim muammolardan biri hisoblanadi. Bu turdagi korrupsiya jinoyatlarining o‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, ularni o‘zlari qonunga rioya etishlari va uni muhofaza qilishlari lozim bo‘lgan kishilar sodir etadi. Aksariyat mamlakatlarda bu jinoyatlar keng tarqalganligi, davlat apparati xodimlari kormpsiya domiga ilinganligi mazkur mamlakatlarning qonunchilarini poraxo!rlik, mansab mavqeini suiste’mol qilish va boshqa xavfli mansabdorlik jinoyatlariga qarshi qat’iv choralar ko‘rishga va, aksincha, mansabdorlarning uncha xavfli boimagan va ko‘proq darajada tarqalgan jinoyatlariga jiddiy e’tibor bermaslik (masalan, uncha qimmat turmaydigan sovg‘a olish jinoyat hisoblanmaydi) holatlari uchrab turibdi.
Hozirgi davrda nodavlat tashkilotlar yoki xususiy sektordagi korrupsiya ancha keng tarqaldi. Tashkilot (tijorat yoki jamoat tashkiloti) rahbari uning nizomda belgilangan vakolatlariga qat’iy rioya etishi lozim. Lekin u davlat mansabdori kabi o‘ziga qarashli boimagan resurslarni o‘z shaxsiy manfaatlari yoki boshqa ikkinchi tomon foydasiga o‘tkazishi yoki tasarruf etishi, tashkilot manfaatlariga zid bo‘lgan harakatlarni sodir etish imkoniyatlariga ega. Bunga kundalik hayotdan misollar keltirish mumkin: turli tijorat banklarida maqsadi bankdan rnablag1 olish va so‘ngra tezlik bilan g‘oyib boiishga asoslangan turli loyihalarga pora evaziga kreditlar ajratilishi; turli mulk shakliga mansub bo‘lgan korxonalarda davlat va korxonalarning zarar ko‘rishiga olib keladigan moddiy boyliklarni (vino-aroq yoki neft-kimyo mahsulotlari va sh.k.) pora evaziga arzon narxlarda olish imkoniyatlarining mavjudligi.
Ayrim tadqiqotchilar siyosiy korrupsiyani alohida tadqiq etib, uni korrupsiyaviy jinoyatlarning alohida turi sifatida ajratib ko‘rsatadi. Ular asosan korrupsiyaning uchta asosiy shaklini keltiradi:

  1. siyosiy: mansabdor shaxs yuzaga kelgan qarindosh-urug‘chilik munosabatlari tufayli qonunga zid harakat qiladi;

  2. jinoyat faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, mansabdor shaxslarni sotib olishga asoslangan. Ular esa mukofot puli olish evaziga g‘ayriqonuniy xizmatlar ko‘rsatadi;

  3. taraflardan biri o‘ziga eng qulay tartib vujudga keltirish uchun jinoyatga mansabdor shaxslarning tegishli toifalarini izchillik bilan jalb etishni nazarda tutadi. Korrupsiyaning bu shakli uyushgan jinoyatchilik bilan mustahkam bogiangan bo‘lib, mansabdor shaxslarga nisbatan sotib olish, provakatsiya qilish va tahdid solishni anglatadi.

Siyosiy korrupsiyaning, ayniqsa ko‘p uchraydigan shakllari - bu pora olish va pora berish hisoblanadi. Bu holat saylovlarda nomzodlar o‘z huquqini qing‘ir yoilar bilan amalga oshirish maqsadida siyosat subektlarini pora evaziga og‘dirib olishga urinadi. Faoliyat ko‘rsatish darajalariga binoan korrupsiya quyi darajadagi, yuqori darajadagi va vertikal jihatlari bilan bir-biridan farqlanadi.
Quyi darajadagi korrupsiya hokimiyat va boshqaruv organlarining o‘rta va quyi darajalarida keng tarqaladi, mansabdorlar va fuqaroiaming muntazam o‘zaro aloqalari bilan bog‘liqdir (masalan, ro‘yxatdan o‘tkazish, jarimalardan qutilish, litsenziyalar hamda turli ruxsatnomalar olish va sh.k.).
Yuqori darajadagi korrupsiya yuqori hokimiyat organlarida ishlaydigan siyosatchilar, oliy martabali mansabdorlarni o‘ziga qamrab oladi va juda katta boyliklar evaziga o‘z foydasiga qarorlar qabul qilish bilan bogiiqdir (qonunlarni ilgari surish va qabul qilish, davlat buyurtmalari, mulk shakllarini o‘zgartirish va sh.k.) Aksariyat hollarda korrupsiyaviy bitimdan manfaatdor boigan ikkaia tomon ayni bir davlat hokimiyati organida ishlashi mumkin. Masalan, quyi turuvchi davlat organining mansabdori o‘zidan yuqorida turuvchi boshliqqa o‘zining korrupsiyaviy harakatlariga homiylik qilishi yoki qo‘shimcha mablagiar, resurslar, vakolatlar ajratishi uchun pora beradi.
Korrupsiyaning pora olish va xizmat mavqeini suiste’mol qilish kabi odatdagi shakllaridan tashqari, yana uning quyidagi amalda namoyon boiishi shakllarini bir-birlaridan farqlash mumkin:

  • mansabdor shaxs!ar, davlat xizmati xodimlari, deputatlar tijorat faoliyatida shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish uchun bevosita ishtirok etishi; davlat pul mablagiarini o‘zlashtirish niyatida tijorat tuzilmalariga o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanish;

  • o‘z korporativ (siyosiy, diniy, milliy va sh.k.) guruhiga davlat resurslari hisobidan imtiyozlar berish; shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish maqsadida ommaviy axborot vositalariga tazyiq o‘tkazish uchun o‘z xizmat mavqeidan foydalanish;

  • mansabdor shaxslar va davlat xizmati xodimlari shaxsiy boyish maqsadida tijorat tuzilmalarida soxta shaxslardan va qarindoshlaridan foydalanishi; shaxsiy yoki korporativ naf ko‘rish maqsadida axborotni manipulyatsiya qilish (buzib ko‘rsatish, bermaslik, berish muddatlarini cho‘zish va sh.k.) uchun xizmat mavqeidan foydalanish;

  • tor guruhiy manfaatlarda normativ hujjatlar qabul qilish haqidagi qarorlarni ilgari surish; ayrim nomzodlarning saylov fondlariga davlat moliyaviy va moddiy resurslarini taqdim etish.

AQShda korrupsiyaning “kikbeking” degan shakli ancha keng tarqalgan. Uning sxemasi juda sodda: jinoiy til biriktirish ishtirokchilari muayyan narxlarda bitim tuzishga og‘zaki kelishadilar, rasmiy bitimni esa balandroq narxlarda imzolaydi. Tafovutning bir qismi bitimga ruxsat bergan mansabdor shaxslarga topshiriladi, ya’ni yashirin tarzda pora beriladi. Pora olishning bu kabi shakli so‘nggi yillarda O‘zbekistonda ham uchrab turibdi.
Korrupsiya jinoyati nafaqat xufyona, balki korrupsiyaga doir munosabatlarga kirishgan tomonlarning o‘zaro kelishuviga binoan ochiq tarzda ham sodir etilishi mumkin. Aksariyat hollarda u tegishli hokimiyat organlariga shikoyat berilishiga sabab boimaydi, chunki g‘ayriqonuniy kelishuvdan har ikkala tomon ham naf ko‘radi. Hattoki, jabrlanuvchilar pora so‘ragan mansabdorlar ustidan ham kamdan-kam holda shikoyat qiladi. Chunki odamlar korrupsiyaga qarshi kurash jarayonining samara berishiga unchalik ishonmaydi. Bu holatga doir milliy va xorijiy tajriba bilan bogiiq bo‘lgan muayyan obektiv va subektiv sabablar mavjuddir. Korrupsiya harakatlari odatda davlat faoliyatining mutaxassis boimagan kishilar tushunishi ancha qiyin boigan o‘ziga xos turlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham korrupsiya o‘ta moslashuvchan jinoyatdir. U vaziyatga qarab tinimsiz o‘zgarib turadi va takomillashib boradi. Shu bois bu hodisa haqida toiiq, mukammal yoki hech boimasa qandaydir uzuq-yuluq maiumotlar olish ham qiyin masalalardan biri hisoblanadi.

Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab mamlakatda huquqiy davlat va fiiqarolik jamiyati barpo etishning strategik maqsadini amalga oshirishda qonun ustuvorligini ta’minlash, fuqarolarning huquq va erkinliklarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish, korrupsiyaviy jinoyatlarga qarshi kurashish muhim ustuvor va dolzarb vazifalar sifatida qarab kelindi.


Mustaqillik davrida Birinchi Prezident I.A.Karimov tashabbusi bilan tarixan qisqa davr ichida mamlakatda qonuniylik va huquq-tartibotni ta’minlashning huquqiy asoslari shakllantirildi, korrupsiyaga qarshi kurashish tizimi yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining 2008-yili Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi konvensiyasiga (2003-yil 31-oktabr, Nyu-York), shuningdek, 2010-yili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Istanbul harakat rejasiga (2003-yil 10-sentabr, Istanbul) qo‘shilishi korrupsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini rivojlantirishda muhim rol o‘ynadi.
O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash va uning oldini olish bilan boG‘liq huquqiy asoslarni takomillashtirishga qaratilgan qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilindi. Jumladan, Byudjet, Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida”gi, “Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida”gi, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi, “Tezkor- qidiruv faoliyati to‘g‘risida”gi, “Elektron hukumat to‘g‘risida”gi, “Ichki ishlar organlari to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Korrupsiya va uni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan sabablar va omillarning oldini olish maqsadida iqtisodiyotni erkinlashtirish, mehnat jamoalarida ishchanlik va oshkoralik muhitini yaratish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar tashkil etish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda davlat organlari tomonidan litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga oid qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Lekin mamlakatimizda 2017-yilga qadar korrupsiyaga qarshi kurashni muvofiqlashtiradigan, bu kurashning qonuniyligi va shafFofligini ta’minlaydigan maxsus qonun qabul qilinmagan edi. Mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoevning tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi va u 2017-yil 4-yanvardan boshlab kuchga kirdi. Mazkur Qonundan ko‘zlangan asosiy maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat boidi. Unda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar to‘qnashuvi” kabi tushunchalarga izohlar berildi.
Qonunning 3-moddasida korrupsiyaga doir asosiy tushunchalarga doir quyidagi ta’riflar ifodalandi:

Download 130.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling