Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi. Demokratik institutlar tushunchadi va ularni òziga xosligi


Download 11.5 Kb.
Sana23.09.2023
Hajmi11.5 Kb.
#1686050
Bog'liq
Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi. Demokratik institu-fayllar.org


Korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi. Demokratik institutlar tushunchadi va ularni òziga xosligi

13- bilet


  1. korrupsiya va unga qarshi kurash tushunchasi.


  2. Demokratik institutlar tushunchadi va ularni òziga xosligi.


  3. Òzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish istiqbollari.


1. Korrupsiya tushunchasi anchayin keng boʻlib,quyi tabaqadan tortib to yuqori tabaqagacha boʻlgan aholining deyarli barcha ijtimoiy qatlamlari, nafaqat davlat, balki xususiy sohalarni ham qamrab oladi.


Mazkur tushunchaga aynan nima kiradi? 2003 yilda qabul qilingan va 2008 yilda Oʻzbekiston qoʻshilgan Korrupsiyaga qarshi BMT konvensiyasida keltirilgan taʼrifga koʻra, korrupsiya davlat amaldoriga shaxsan yoki boshqa shaxslar orqali lavozim majburiyatlari doirasida qandaydir harakat yoki harakatsizlikni amalga oshirishi uchun mansabdor va boshqa shaxs uchun gʻayriqonuniy boʻlgan imtiyoz vaʼda berish, taklif qilish yoki taqdim qilish hisoblanadi. Bunday taʼrif maʼlum bir lavozim majburiyatlariga ega xususiy shaxslarga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Korrupsiya harakatlariga: (1) amaldor, huquqni muhofaza qilish, sud, soliq, bojxona, taʼlim, tibbiyot yoki maʼmuriy muassasalar, shuningdek, har qanday xususiy korxonaning mansabdor shaxsiga pora berish, (2) mahalliy yoki chet el amaldori va xalqaro tashkilot amaldorini pora berish orqali sotib olish, (3) davlat mansabdor shaxsi tomonidan mulkni talon-taroj qilish, gʻayriqonuniy oʻzlashtirish yoki undan maqsaddan tashqari foydalanish, (4) shaxs tomonidan shaxsiy boylik orttirish yoki uchinchi shaxsning boyishi maqsadida oʻz obroʻsi yoki xizmat mavqeidan foydalanish, (5) korrupsiya harakatlaridan daromad olish, (6) oshna-ogʻaynigarchilik yoki urugʻ-aymoqchilik misol boʻla oladi.
So‘nggi yillarda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan bir qator muhim normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Byudjet va Bojxona kodekslari (yangi tahrirda), «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi, «Ijtimoiy sheriklik to‘g‘risida»gi, «Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida»gi, «Tezkor-qidiruv faoliyati to‘g‘risida»gi, «Elektron hukumat to‘g‘risida»gi, «Ichki ishlar organlari to‘g‘risida»gi qonunlar qabul qilindi.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish, ishchanlik muhitini yaxshilash, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik uchun qulay sharoitlar yaratish, ma’muriy to‘siqlarni bartaraf etish hamda elitsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarini soddalashtirish, davlat xaridlari mexanizmlarini takomillashtirish, davlat xizmatchilarining odob-axloq qoidalarini tasdiqlashga doir bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017-yil 3-yanvar kuni “Korrupsiyaga qarshi kurash to‘g‘risida"gi qonun imzolandi. E’lon qilingan kundan boshlab kuchga kiruvchi qonun 4-yanvar kuni “Xalq so‘zi” va “Narodnoye slovo” gazetalarida chop etildi.
Qonundan ko‘zlangan maqsad korrupsiyaga qarsha kurash sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat. Hujjatda “korrupsiya”, “korrupsion huquqbuzarlik” va “manfaatlar mojarosi” kabi tushunchalarga izoh berilgan.
Hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashning asosiy tamoyillari sifatida qonuniylik; fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari ustuvorligi; ochiqlik, shaffoflik va tizimlilik; davlat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro hamkorligi; korrupsiyadan ogohlantirish va javobgarlikning muqarrarligi bo‘yicha choralar ustuvorligi keltirib o‘tilgan.
Qonun korrupsiyaga qarshi kurash sohasida davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini keltirib o‘tadi:

  • aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan toqatsizlikni shakllantirish;


  • davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyadan ogohlantirish bo‘yicha choralarni amalga oshirish;


  • korrupsion huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ular oqibatlari, sabablari va keltirib chiqargan sharoitlarni bartaraf etish hamda korrupsion huquqbuzarliklar sodir etilgani uchun muqarrar jazolash tamoyilini tadbiq etish.


2. Oʻzbekistonda jamiyat hayotini demokratlashtirish hamda fuqarolik jamiyatini barpo


etishda fuqarolik jamiyati institutlarining oʻrni va roli beqiyos darajada kattadir. Bu institutlar -koʻngilli ravishda tuzilgan, jamiyat hayotining barcha sohalarida amal qiladigan nodavlat tipidagi tuzilmalar (birlashmalar, tashkilotlar, assotsiatsiyalar, uyushmalar, markazlar, klublar,jamgʻarmalar va b.)ning faoliyatini oʻzida mujassamlashtiradi. Mazkur tuzilmalar jamiyat hayotining barcha sohalarida faoliyat koʻrsatadi. Ular faoliyatining kuchayishi, oʻz navbatida,fuqarolik jamiyatining qay darajada amal qilishini bildiradi.
Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlari sifatida faoliyat koʻrsatuvchi nodavlat notijorat tashkilotlari, jamoat birlashmalari, turli sohalar boʻyicha markazlar, jamgʻarmalar,assotsiatsiyalar, siyosiy partiyalar, harakatlar, diniy tashkilotlar boʻlib, ular, mamlakatimizda fuqarolik jamiyati shakllanishi va rivojlanishining muhim shartidir. Ular, fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirishda, hamda ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini taʼminlashda muhim rol oʻynaydi

Fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining asl mohiyati: unga aʼzo boʻlgan kishilar,shaxs, ijtimoiy guruhlar, kasb–kor egalarining tub manfaatlarini, hayotiy ehtiyojlarini, amal qilish mazmuniga mos holda qondirib borishdan iboratdir. NNTlarning har qanday faoliyati,oʻtkazadigan ommaviy tadbirlari ana shu maqsadga qaratiladi.


Hozirda, Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarining shakllanishi va rivojlanishi uchun qulay ijtimoiy-siyosiy, huquqiy, iqtisodiy-moliyaviy shart-sharoitlar yaratilmoqda.
Fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirishdan asosiy maqsad jamiyat aʼzolarining manfaatlari oʻrtasidagi muvozanatni taʼminlash va himoya qilishdan iborat. Fuqarolik jamiyati institutlari oʻz mohiyatiga koʻra, fuqarolarning oʻzligini anglashga, ijtimoiy munosabatlarda oʻzini oʻzi boshqarishga qaratilgan, ixtiyoriy tarzda birlashgan, muayyan bir maqsadga erishishni nazarda tutgan nodavlat tipidagi tashkilotlardir
3. Kuchli va adolatli fuqarolik jamiyatini qurish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarni kompleks oʻrganish, tahlil qilish va baholashning yaxlit va mustaqil tizimini shakllantirish, ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazorati mexanizmlari samaradorligini oshirish, ularni yanada rivojlantirishga oid takliflarni ishlab chiqish uchun ilmiy-amaliy maydon yaratish, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish boʻyicha maslahat kengashining samarali faoliyatini taʼminlash maqsadida:
1. Fuqarolik jamiyati shakllanishini monitoring qilish mustaqil instituti Taʼsischilar kengashining institutni Fuqarolik jamiyatini rivojlantirish markazi (keyingi oʻrinlarda – Markaz) etib qayta tashkil etish haqidagi taklifiga rozilik berilsin.
2. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki, quyidagilar Markazning asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari hisoblanadi:
xalq bilan muloqot holati va rivojlanishini oʻrganish, davlat organlari faoliyati ochiqligini tizimli tahlil qilish;
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish sohasida ilmiy va ekspert doiralar ishtirokida fundamental va amaliy tadqiqotlar tashkil etish
va oʻtkazishga koʻmaklashish, ularning natijalarini umumlashtirish asosida oʻrta va uzoq istiqbolda fuqarolik jamiyatini rivojlantirishning milliy modelini yanada takomillashtirish va strategik yoʻnalishlarini belgilash boʻyicha takliflar ishlab chiqish;
fuqarolik jamiyati rivojlanishining normativ-huquqiy tartibga solinishi holatini va ushbu sohada huquqni qoʻllash amaliyotini tizimli oʻrganish va tahlil qilishni tashkil etish, fuqarolik jamiyati institutlari faoliyatining tashkiliy-huquqiy va iqtisodiy asoslarini takomillashtirish, jamoatchilik boshqaruvida ularning ishtirokini kengaytirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish boʻyicha takliflar tayyorlash;
ijtimoiy sheriklik va jamoatchilik nazoratini amalga oshirishni oʻrganish va tahlil qilishni tashkil etish, davlat organlarining fuqarolik jamiyati institutlari bilan samarali hamkorligi, ularning faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish choralarining zamonaviy mexanizmlarini joriy etish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
fuqarolik jamiyati rivojlanishini, uning institutlarining davlat organlari bilan hamkorlik darajasini, shuningdek, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qoʻshgan hissasini baholash indikatorlarini ishlab chiqish va joriy etishni tashkillashtirish, ular asosida Oʻzbekistonda fuqarolik jamiyati holati va rivojlanish tendensiyalari haqida davriy va maxsus ilmiy-tahliliy maʼruzalar hamda boshqa materiallar tayyorlash;
demokratik islohotlarni chuqurlashtirish jarayonlarini, aholining ijtimoiy kayfiyatiga taʼsir koʻrsatishi mumkin boʻlgan ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy va boshqa vazifalarni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini, ular tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning huquq va qonuniy manfaatlari himoya qilinishini oʻrganish va tizimli tahlil qilish;
raqobatdosh koʻppartiyali tizimning rivojlanish darajasini tizimli tahlil qilish, siyosiy partiyalar tomonidan oʻz elektorati manfaatlari yoʻlida oʻtkaziladigan tadbirlarning samaradorligini oshirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish;

fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, fuqarolar faolligini oshirish, shuningdek, mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokining muammolarini tizimli oʻrganish;



fuqarolik jamiyatini tashvishga solayotgan dolzarb masalalar boʻyicha ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va jamoatchilik eshituvlarini oʻtkazishni tashkil etish, ularning yakunlarini tahlil qilish va umumlashtirish, shu asosida sotsial-iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy vazifalarni hal etishda fuqarolik jamiyati institutlari ishtirokini kengaytirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
http://fayllar.org
Download 11.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling